Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   462
LUG\'AT

BOZOR SIYOSAT MADANIYATI
— ayni bir paytda siyosatni biznesning bir 
turi shaklida, ya'ni fuqarolar faoliyatini erkin o‗rin almashishi mumkinligini ifodalovchi 
tushuncha. 
BRIFING
(ing.
briefing
) — davlat yoki nodavlat tashkilotlar tomonidan o‗tkazilgan 
konferensiya, anjuman, yig‗ilish, shunga o‗xshash tadbirlar haqida qisqacha matbuot 
anjumani o‗tkazish tushuniladi. B.da tashkilot rahbarlaridan OAV vakillari intervyu, yoki 
suhbat o‗tkazib, o‗tkazilgan tadbirdan ko‗zlangan maqsadni, ko‗zlangan natija va 
vazifalar haqida aniq tushunchalar yozib olinadi. 
BUDDIZM 
(Budda nomidan olingan), buddaviylik — jahonda keng tarqalgan 
dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga e'tiqod qiluvchilar taxminan 
700 mln.dan ortiq. Mil. av. VI-V a.larda Hindistonda paydo bo‗lgan. Markaziy Osiyo, 
Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda B. 
Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vetnam, Tibet, Butan va 
Yaponiya kabi davlatlarning asosiy dinidir. B. muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, 
Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, ya'ni jahonning salkam 
2/3 kismi aholisi ma'naviy qadriyatlariga juda katta ta'sir ko‗rsatgan. Rivoyatlarga ko‗ra, 
B.ga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. B.da 2 asosiy yo‗nalish mavjud: xinayana 
va maxayana. Keyingisi juda ko‗p sekta va mazhablarga bo‗linadi. Boshqa dinlardan 
farkli ravishda B.da hech bir o‗zgarmas narsa yo‗q, hatto xudo ham o‗zgaruvchan, deb 
uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud bo‗lib, ularning har biri yo‗qolib, 
keyingisiga o‗rin beradi. B. zaminida 3 narsa – Budda, Dxarma va Sangxaga e'tiqod 
yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dxarma 
– Gautama qoldirgan ta'limot. Bu ta'limotning eng qisqa bayoni «to‗rt oliy haqiqat»dan 
iborat: 1) azobuqubat mavjud; 2) azob-uqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azob-
uqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azob-uqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz 
bosqichli yo‗l mavjud. Sangxa - Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat ko‗rsatib 
kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor ma'noda bu – o‗tgan a.larda «oliy haqiqat»ga etishgan 


45 
ko‗plab avliyolardir. Sangxa jamoasiga qabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado 
etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) 
yolg‗on so‗zlamaslik; 3) o‗g‗rilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi 
ichimlik ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul 
qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8) ommaviy 
ko‗ngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va 
yumshoq o‗rinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. 
BUFER
(ing) — katta davlatlar hududlari orasida joylashgan kichkina, harbiy va 
siyosiy jihatdan zaif bo‗lgan oraliq hudud yoki o‗rtaliq davlat. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin