44
an‘anaviy natural xo‗jalik-mayda tovar xo‗jaligiga, bu esa o‗z navbatida asov bozor
iqtisodiyotiga aylangan. B.i.o‗.ga xos bo‗lgan qonuniyatlar
Yevropa mamlakatlarida
dastlabki sinovdan o‗tgan. Osiyo va Afrika mamlakatlari modelini amalga oshirish
to‗plangan tarixiy tajribaga tayandi: an‘anaviy xo‗jalikni bozor xo‗jaligiga aylantirish
mustamlakachilik zulmi sharoitida metropoliyalar ta'sirida boshlandi va ular manfaatiga
xizmat qildi, bu jarayon sun‘iy ravishda to‗xtatilmay, aksincha
mamlakatlar ozodlikka
erishgan sharoitlarda ham davom etdi, bozor munosabatlari o‗z tabiatiga moc tushadigan
iqtisodiy zamindan - xususiy mulkchilikdan o‗sib chikdi, chet elning moddiy va
moliyaviy yordamiga tayandi. B.i.o‗. jarayoni tarixiy sakrash shaklida, ya'ni Yevropa
uchun muqarrar bo‗lgan tarixiy bosqichlarni o‗tamay, ularni chetlagan holda an‘anaviy
iqtisodiyot yoxud rivojlanmagan bozor xo‗jaligidan uning rivojlangan shakliga o‗tish sari
bormoqda. B.i.o‗.ning eng so‗nggi modeli sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli bo‗lib,
o‗tish bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik iqtisodiyotini
qayta qurish asosida
bormoqda. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda B.i.o‗.ning dastlabki shar-tsharoiti har xil,
shunga ko‗ra aholi orasida bozor ko‗nikmalari ham turlicha darajada saqlangan. Bu
mamlakatlarda rejali buyruqbozlik xo‗jaligidan bozor iqtisodiyotining zamonaviy
taraqqiy etgan shakliga o‗tiladi.
Dostları ilə paylaş: