Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyevna tarix fanida innovatsiyalar: texnologiyalar, modellar



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə40/51
tarix12.12.2022
ölçüsü1,16 Mb.
#74175
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Namangan davlat universiteti dadamirzayeva gulchehra abdunabiyev

Birlamchi. Bu shaklda kunduzgi bulimda bevosita mashg‘ulot o‘tkazish shart emas, barcha o‘qitish ma’lum masofada tashkil etiladi. Lekin ta’lim oluvchilar unga biriktirilgan o‘qituvchilar bilan doimiy aloqada bo‘ladilar.
Ikkilamchi. Ta’lim muassasasida o‘qish ham kunduzgi ta’limda, ham qisman kunduzgi va qisman masofali ta’limda olib boriladi. Xar ikkalasida dars jadvali va o‘qitish dasturi bir xil.
Aralashgan. Bu model masofali o‘qitishning turli shakllarini qamrab oladi, tug‘rirog‘i, turli masalalar integratsiyasi, masalan, ta’lim oluvchilar o‘quv materialining ma’lum bir qismini masofali o‘qitish bilan ketma-ket, boshqa qismini parallel ravishda kunduzgi bevosita o‘qitish orqali oladi.
Konsorsium. Ushbu model ikkita ta’lim muassasasining uzaro aloqasida olib boriladi, ya’ni o‘quv materiallarini ishlab chiqarish va ularni masofali o‘qitishda ayrim funksiyalarni o‘zaro bo‘lib olishga asoslanadi.
Franchayzing. Franchayzing tamoyiliga asoslangan bu modelda muloqotdagi ta’lim muassasalari o‘zaro o‘zlari yaratgan masofaviy kurslarni almashadi.
Validatsiya. Muloqotda bo‘lgan barcha ta’lim muassasalari o‘zaro teng darajada masofali o‘qitish bo‘yicha bitim tuzadilar.
Yiroqlashgan auditoriya. Ma’lum bir ta’lim muassasasida tashkil etilgan o‘quv kurslari, ma’ruza va seminarlar sinxron teleko‘rsatuv, videokonferensiya, radioaloqa tarzida telekommunikatsiya kanallari orqali talabalar yig‘ilgan yiroqdagi auditoriyalarga namoyish qilinadi.
Loyihalar. Ushbu modeldan davlat ahamiyatiga molik yirik masshtabli loyihalarni joriy qilishda foydalaniladi. Ushbu modelda asosiy rol o‘quv materiallarini yaratgan malakali kadrlar, o‘qituvchilar, olimlar yig‘ilgan ilmiy-metodik markazga beriladi.
Eksternat turida o‘qitish. Qandaydir sabablarga ko‘ra statsionar ta’lim muassasasiga bora olmagan o‘quvchi va talabalar uchun mo‘ljallangan.
Bir universitet negizida o‘qitish. Masofadan turib, sirtdan yoki masofali va kompyuterli telekommunikatsiyani o‘z ichiga olgan yangi axborot texnologiyalari asosida (off-campus) o‘qiyotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin