Namangan davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika kafedrasi


DSА ERI standarti. ГОСТ Р 34.10-94 elektron raqamli imzosi



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə24/28
tarix18.05.2022
ölçüsü1,12 Mb.
#58497
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
kriptografik masalalarni yechishda bir tomonl

5.1.1 DSА ERI standarti. ГОСТ Р 34.10-94 elektron raqamli imzosi


1991 yilda NIST (National Institute of Standard and Technology) tomonidan DSA (Digital Signature Algorithm) algoritmiga asoslangan DSS (Digital Signature Standard) ERI standartining loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Ushbu algoritm bardoshliligi yetarli katta tub xarakteristikaga ega bo‘lgan chekli maydonda diskret logarifmlash masalasining murakkabligiga asoslangan [5, 17, 23]. Quyida algoritm qadamlari ketma-ketligi keltirilgan.
Imzoni shakllantirish
1. Ma’lumot jo‘natuvchi M -ma’lumotni va quyidagi parametrlarni keng doiradagi tizim foydalanuvchilariga ochiq e’lon qiladi:
p – tub son, 2512 < p < 21024 , bit uzunligi 64 ga karrali;
q - tub son, 2159 < q < 2160 , p-1 ning bo‘luvchisi;
g = h(p-1)/q mod p, bu yerda h ushbu 0 < h < p va h(p-1)/q mod p >1 shartlarni qanoatlantiruvchi butun son;
y – ochiq kalit bo‘lib, y = qx mod p formula orqali aniqlanadi. Bu yerda x – maxfiy kalit bo‘lib, 0 oraliqdan olingan va faqat imozolovchining o‘zigagina ma’lum;
H(M) – М ma’lumotdan [1;q] oraliqdagi butun sonni generatsiya qiluvchi xesh-funksiya.
2. Ma’lumot jo‘natuvchi 0oraliqdan tasodifiy k sonni tanlaydi, uni maxfiy tutadi va imzo generatsiyasidan keyin darhol yo‘qotadi.
3. Ma’lumot jo‘natuvchi r va s qiymatlarni quyidagi qonuniyat orqali hisoblaydi:
r = gk mod p mod q,
s = k-1(xr + H(M)) mod q.
M - ma’lumotga qo‘yilgan imzo (r, s) sonlar juftligidan iborat.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin