Namangan davlat universiteti fiziologiya kafedrasi



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix02.01.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#47654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
gistologiya



1

O'zbekiston Respublikasi

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIOLOGIYA KAFEDRASI

«Gistologiya» fanidan laboratoriya mashg'ulotlari

(

1- QISM

)

Namangan shahri – 2008 yil




2

Gistologiya fanidan laboratoriya mashg'ulotlar ishlanmasi O'zbekiston

Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi

«Namunaviy dastur» asosida tuzilgan ishchi dasturga mos ravishda yozilgan.

Qo'llanmada «TSitologiya», «Embriologiya asoslari», bo'limlaridan qisqacha

hamda «Umumiy gistologiya»ning barcha bo'limlari hamda Internet manbalaridan

yetarlicha ma'lumotlar berilgan bo'lib, ushbu laboratoriya mashg'ulotlar to'plami

Universitet tabiiy fanlar fakultetining biologiya bo'limi va pedagogika institutlarining

biologiya fakulteti talabalari uchun foydalanishga mo'ljallangan.

Tuzuvchilar:

B.f.n. dots: A. N. Aripov

                                                   o'qituvchi: S. A. Mavlonova

Taqrizchilar:                          B.f.n. dots: E. Ikramov.

                                               namangan tibbiyot kolleji

                                                oliy toifali o'qituvchi S. Nabiev.

Ushbu qo'llanma Namangan Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti

fiziologiya kafedrasi ilmiy Kengashining 2008 yil «__» _____ dagi __-sonli

yig'ilishida muhokama qilinib, ma'qullandi.




3

SO'Z BOSHI.

Biologiya fanlari majmuasining nazariy asosini tashkil etuvchi

sohalaridan biri bo'lgan gistologiya fani Universitet va pedagogika

institutlarining tabiiy fanlar fakultetining biologiya bo'limi talabalari uchun

muhim ahamiyatga egadir.

Gistologiyani chuqur o'rganish bo'lg'usi biologning har tomonlama

yetuk mutaxassis bo'lib ta'minlovchi eng muhim omillardan biridir.

Gistologiya fanidan qoniqarli bilim olish uchun ma'ruza vaqtida

olgan bilimlami amaliyotda mustahkamlab, chuqurlashtirib borish lozim

bo'ladi.


Hozirgi vaqtda gistologiya fanidan amaliy mashg'ulot o'tish uchun

qo'llanmalar yetarli emas. Shu maqsadda Universitetning biologiya

fakulteti talabalari uchun gistologiya fanidan

laboratoriya mashg'ulotlar

ishlanmalari

to'plamini tayyorlashga harakat qilindi.

Ishlanmada

 gistologiya laboratoriyasida foydalaniladigan idishlar,

asboblar va jihozlar bilan tanishtiriladi hamda ulardan foydalanish yo'llari

ko'rsatiladi. Bundan tashqari tekshirilishi lozim bo'lgan to'qima

elementlarining tuzilishi va ularning o'taydigan vazifalari haqida ham

ma'lumot beriladi.

Ishlanmani

 tuzishda Q. Yu. Usmonovning «Umumiy gistologiya

praktikumi» kitobidan va Internet tarmog'idagi manbalardan foydalanildi.

Mazkur


ishlanmadan

 foydalanuvchilar tomonidan ko'rsatilgan

kitobdagi mavjud kamchiliklar haqidagi fikrlarni va ularning istaklarini

minnatdorchilik bilan qabul qilamiz. Kelgusida shu fandan

tayyorlanadigan qo'llanmalar yana ham ilmiy tomondan yangi ma'lumotlar

bilan boyitib boriladi deb umid qilamiz.





Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin