Mavzu: Qon elementlarini bo'yash va tekshirish.
Reja:
1. Qon elementlarini tekshirish.
2. Qon elementlarini bo'yash.
Qon elementlarini tekshirish uchun qonni hayvon yoki odamlardan olinadi. Odamlardan
odatda chap qo'lning 4-barmoq uchidan olinadi. Qonni olish uchun Frank ignasidan
foydalaniladi. Qon olishdan ilgari barmoqni va Frank ignasini spirt shimdirilgan paxta yoki marli
bilan yaxshilab artiladi. Qonni Frank ignasi yordamida olinganda chiqqan qonning bir tomchisini
16-rasm. Buyum
shishaga o'tqazilgan kesmani yopqich
16
buyum shishaga tomiziladi va cheti silliq shishaning qirrasini qon tomchisiga tekkizib oldingi
tomonga suriladi, natijada qon tomchisi buyum shishaga yupqa bo'lib surtiladi, keyin uni havoda
quritiladi. Qon shisha ustida qurigach, uni May-Gryunvald bo'yog'ida 3 minut bo'yaladi (bunda
bo'yoqqa teng miqdorda distillangan suv qo'shiladi). So'ngra bo'yoqni to'kib, uning ustiga suv
qo'shilgan gimza bo'yog'ini quyiladi va 12-15 minut qoldiriladi. Shundan so'ng preparat
yaxshilab yuvilgach, undagi qolgan suvni filtr qog'oziga shimdiriladi. Natijada qon
elementlarning o'zaklari qizg'ish-binafsha, limfoid elementlarning protoplazmalari och ko'k
rangda, neytrofil donachalari ko'kish-pushti, eozinofil donachalari qizg'ish, bazofil donachalari
ko'k, eritrotsitlarning tanasi pushti ranga bo'yaladi.
Yuqorida aytib o'tilgan usul Papengoym usulidan iboratdir. qonni boshqa usullarda ham
bo'yash
18
mumkin.
17 rasm. Bo'yalgan qon hujayralari (odam qoni).
ER-eritrotsitlar, M -bazofilli leykotsitlar, Bp-trombotsitlar, L, L'-neytrofilli
leykotsitlar, E-eozinofilli leykotsit, KL-KL'-kichik limfotsitlar, CL-katta limfotsit,
ÜF, ÜF'-monotsit (1350 marta kattalashtirilgan holda ko'rinishi)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Q. Yu. Usmonovning «Umumiy gistologiya praktikumi»
2.Internet tarmog'idagi manbalardan
3. K. T. Almatov, Sh. I. Allamuratov. Odam va hayvonlar fiziologiyasi.
T., 2004.
4. U. Z. Qodirov Odam fiziologiyasi Ibin Sino nashriyoti. T., 1997 yil.
19
MUNDARIJA
№
Mavzular
bet
1.
Gistologiya laboratoriyasida foydalaniladigan asbob-uskunalar bilan
tanishish……...
4
2.
Mikroskopning tuzilishi va undan foydalanish.
………………………………………
7
3.
To'qimalarni konservlash. Konservlovchi suyuqliklar.
………………………………
10
4.
Ob’yektlarni yuvish va suvsizlantirish.
………………………………………………
12
5.
Gistologik kesmalarni tayyorlash.
……………………………………………………
13
6.
Kesmalarnl bo'yash
usullari…………………………………………………………..
14
7.
Qon elementlarini bo'yash va
tekshirish………………………………………………
15