Davlat siri bu – davlat tomonidan himoya qilinadigan harbiy, tashqi siyosat, razvedka, kontrazvedka, operativ qidiruvga oid ma’lumotlar bo‘lib, ularni tarqatish davlat xavfsizligiga zarar yetkazadi. Bunday hujjatlarni maxfiylashtirish muddati hujjat yaratilgan vaqtdan 30 yil hisoblanadi. Bu muddat ayrim hollarda qisqatirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Agar hujjat boshqaruvchi organlarini arxivida saqlanayotgan bo‘lsa, hujjatdan foydalanishga tashkilot qoidalari bilan “O‘zarxiv” Agentligi bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi.
Har qanday holatda arxiv hujjatlarini berishdan bosh tortganda, buning uchun jiddiy sababni ko‘rsatishi kerak. Arxivshunos foydalanuvchiga qisman maxfiy va maxfiy
ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat olish tartibini tushuntirishi
zarur. Foydalanuvchining so‘rovnomasiga arxiv tomonidan
noqonuniy rad javobi berilganda, foydalanuvchi sudga murojaat qilishi mumkin. Shu bilan birga arxivlar foydalanuvchi maxfiymateriallardan foydalanganda undan davlat sirini oshkora qilmaslik to‘g‘risida ogohlantirishi va bu haqida tilxat olishi kerak. Maxfiy hujjatlar bilan tanishish maxsus o‘quv zalida, maxfiy hujjatlar bilan ishlashga ruxsat berilgan arxiv xodimi nazorati ostida amalga oshiriladi.
Quyida foydalanishi cheklangan hujjatlar toifasi bilan t anishamiz:.
Agar hujjat boshqaruvchi organlarini arxivida saqlanayotgan
bo‘lsa, hujjatdan foydalanishga tashkilot qoidalari bilan “O‘zarxiv”
Agentligi bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi.
K onfedensial m a’lumotlardan foydalanishga c heklov. Bunday
ma’lumotlar fuqaroni shaxsiy hayotiga bog‘liq bo‘lgan, tergov
va sud sirini saqlovchi ma’lumotlar.
Xizmatga doir ma’lumotlar.
Kasbga doir ma’lumotlar (vrachlik, notarial, advokatlik siri,
yozishma siri, telefon so‘zlashuvi, pochta jo‘natmalari va hokazolar).
Tijorat faoliyatiga tegishli sirlar.
Kashfiyotchilik siri.
Maxfiy ma’lumotlar yana quyidagilarni o‘z ichiga oladi: