– arxiv hujjatlaridan ommaviy axborot vositalarida foydalanish;
– jamoatchilik bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
– arxivlarga ekskursiyalar uyushtirish;
– prezentatsiyalar, ochiq eshiklar kuni o‘tkazish;
– ma’ruzalar;
– o‘quv konferensiyalari.
Arxiv hujjatlari bilan tanishish. Tanishishni cheklanishi Arxiv hujjatlari bilan tanishishni ta’minlash.
Arxivlarni xalqaro ittifoqi “Arxivlardan foydalanish bo‘yicha Yevropa siyosati standartlari bo‘yicha yo‘riqnoma” loyihasini tayyorladi. Ushbu hujjatdan ko‘chirmada shunday deyiladi: “Davlat Arxivlariga kirish fuqarolar huquqining bir qismi hisoblanadi, keng ma’noda demokratik qadriyatlarni hurmat qiladigan fuqarolar, shuningdek chet elliklar, universitet tadqiqotchilari va oddiy foydalanuvchilarga bir xil huquq berilishi kerak. Qonun ular o‘rtasida hech qanday farqlarni bo‘linishga yo‘l qo‘ymasligi kerak”.
Xuquqiy asosda O’zbekiston Respublikasining “Arxivlar to’grisida”gi Qonunining 17-moddasida belgilab qo’yilgan. Unga asosan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar davlat arxiv fondining xujjatlaridan qonun xujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga xaqlidir Arxivdagi hujjatlardan to‘laqonli foydalanish faqat arxivlarni
ochiqligi, fuqarolarni arxiv hujjatlari va ilmiy ma’lumotnoma apparatidan erkin foydalana olishidadir. Agar fondlar saqlovxonalarda,maxsus saqlash joylarida yopiq bo‘lsa, arxiv manbalarini izlash, yaratish, arxiv ma’lumotnomalarini takomillashtirish ma’nosiz ishga aylanadi, hujjatlar tadqiqotchilar tomonidan talab qilinmaydi.
.
O‘zbekiston Respublikasi “Arxivlar to‘g‘risidagi qonuni”da arxivlarni ommaviyligi, ularni ixtiyoriy jismoniy va yuridik shaxs uchun ochiqligi
e’lon qilingan. Bu esa jinsi, kasbi, ma’lumoti, diniy e’tiqodi, partiyaviyligi, qarashlari va fuqaroligidan qat’i nazar jismoniy va yuridik shaxslarni arxiv materiallaridan erkin foydalanish imkoniyatini, arxivdagi ilmiy ma’lumotnoma apparatidan foydalana olish imkoniyati, arxivdagi turli hujjatlardan foydalanish va tadqiqot natijalari e’lon qilinganda hujjatlar foydalangan arxiv haqida ma’lumot berish, hozirgi kunda ommavy arxivlar qa toriga O‘zbekiston Respublikasining barcha arxivlarini kiritish mumkinligini qonuniy jihatdan tasdiqlaydi. Arxivlarda “O‘zarxiv” Agentligini vaqti-vaqti bilan to‘ldirilib turiladigan ko‘rsatma
va yo‘riqnomalari hamda yagona qoidalari asosida ish yuritiladi.
.
Arxivlarning yopiq tiplari vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarga tegishli bo‘ladi. Bunday arxivlarning hujjatlari ular
ommaviy, ommaviy-cheklangan arxivlarga topshirilgandan so‘ng tadqiqotchilar tomonidan o‘rganishga imkoniyat tug‘iladi.