Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo`nalishi trx-gu-20 guruhi talabasi Jonibekov Ziyodbekning Tarixiy o`lkashunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu : Respublika viloyatlari joylarining toponomikasi Reja



Yüklə 17,19 Kb.
səhifə1/4
tarix08.06.2022
ölçüsü17,19 Kb.
#60978
  1   2   3   4
mustaqil ishi 10


Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo`nalishi TRX-GU-20 guruhi talabasi Jonibekov Ziyodbekning Tarixiy o`lkashunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

MAVZU : Respublika viloyatlari joylarining toponomikasi
Reja:
1. Toponimika tushunchasi va uning maqsadi. Geografik joy nomlarini o’rganishda toponimikaning o’rni.
2.O’zbekiston toponimikasiga oid atamalarning yozma manbalarda qayd etilishi. O’zbekistonda toponimik tadqiqotlar tarixi.

1. Toponimika tushunchasi va uning maqsadi. Geografik joy nomlarini o’rganishda toponimikaning o’rni.
1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o’rganilmay, uning vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi. Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o’rganadigan fan sifatida maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya’ni yer tili deb atashadi. Toponimika atamsi lotin tilidan olingan bo’lib, «topos» - joy, «onom» - nom, umuman joy nomini o’rganadigan fan degan ma’noni bildiradi. Geografiy nomlar va zamin qarida o’rganilayotgan nomlar insonlarga qo’yiladigan ismlar toponimikaning manbai hisoblanadi. Toponimika ikki ob’yektdan: mikro va makro toponimlaridan iborat bo’lib, makrotoponimika - grammatik jihatda mayda ob’yektlarni - turdosh otlarni, mikrotoponimika esa atoqli otlar, ya’ni yirik ob’yektlarning nomlarini tadbiq qiladi.
Joy nomlari insoniyat tarixi va taqdirida alohida o’ringa ega. Ularsiz kishilar qayerga borishini ham, qanday borishini ham, qayerdan qanday kelishini ham bilmasdilar. Shuning uchun qadimgi joy nomlariga maxsus, alohida to’xtalish hollari bo’lmasa hamki yozilgan ilmiy-amaliy qiymatga ega bo’lgan asarlarda u yoki bu darajada to’xtalganligini tarixiy va geografik asarlardan bilishimiz mumkin.
Atrofimizdagi turli-tuman joylarni ularga berilgan nomlar asosidagina tushunamiz, anglaymiz va eslab qolamiz, chunki toponimlar (joy nomlari) o’ziga xos tarix, o’ziga xos xotira hamda o’ziga xos madaniy-ma’naviy yodgorliklardan biri sanaladi. Shuning uchun ham joy nomlari davlat ahamiyatiga molik masala ekanligi qator rasmiy hujjatlarda qayd qilingan. O’zbekiston toponimikasi fani asrimizning 30-yillaridan boshlab rivojlangan. Uning rivojlanishiga toponimist olim H. Hasanovning xizmatlari katta.
Vatanimiz joy nomlariga oid toponimik ma’lumotlar esa tarixiy ilmiy kitoblardan qadim-qadimdan beri naql qilinib kelmoqda. Shu sababli joy nomlari bo’yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida ancha qadimiy bo’lgan qo’lyozma manbalardagi materiallar ham e’tiborga olinmoqda. Bu holni hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan ilmay tadqiqot ishlarida aniq ko’rish mumkin.
O’zbekiston toponimikasi fani Ona Vatanimiz hududidagi joy nomlarini yig’ish, to’plash, ma’lum bir ilmiy-nazariy tizimga solish bilan birga, ularga har tomonlama izohlashga ham harakat qiladi.
Mamlakatimiz hududida Toshkent shahar, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Namangan, Andijon, Farg’ona viloyatlari va Qoraqalpog’iston respublikasi joylashgan. Yuqorida sanab o’tilgan shahar, viloyatlar, respublikasiga ma’lumotlarni bu fan yig’ib to’plash jamlab beradi.
Har bir hudud uchun toponimik qonuniyatlar takrorlanmas ko’rinishli holatga egaligini V.A.Juchkevich ham o’z monografiyasida alohida qayd qilib o’tganligini e’tiborga oladigan bo’lsak, har bir viloyat, har bir shahar, har bir voha, har bir tuman o’ziga xos toponimlar (majmui) jamiga - toponimiyasiga ega. Ularni o’rganish va ular to’g’risida maxsus maqola, monografiyalar va hatto, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish zarur. Chunki vaqt o’tishi bilan joy nomlari unutilib borishlari yohud ba’zi zamonasoz rahbarlarning sayi-harakatlari bilan zamonaviylashtirilishi ham mumkin. Mana bunday holatlarning oldini olish uchun esa joy nomlarini xoh u makrotoponim bo’lsin, xoh u mikrotoponim bo’lsin, farqi yo’q. Ularni har tomonlama tadqiq etish vaqti, payti keldi.
Mamlakatimizdagi viloyatlar hamda Qoraqalpog’iston respublikasidagi tumanlarni birma-bir hisoblamasak, hali ham ko’p tumanlarimiz hududlaridagi joy nomlari o’rganilmagan. O’zbekiston toponimikasidagi bunday ketma-ketlikni tugatish vaqti keldi.
O’zbekiston toponimikasida quyidagilar toponimik ob’yektlarga bo’linadi:
1) gidronimlar; 2) oykonimlar; 3) agroonimlar; 4) muqaddaslashtirilgan joy nomlari; 5) oronimlar; 6) drononimlar; 7) tarixiy yodgorliklarning nomlari; 8) paragonimlar (tashkilot, idora, muassasalarning nomlari); 9) g’orlarning hamda yerosti ko’llarning nomlari.
T. Nafasovning «Janubiy O’zbekiston toponimiyasining etnolingvistik analizi» (Toshkent, 1985, 84-bet) nomli monografiyasida mamlakatimiz janubidagi joy nomlari etnolingvistik jihatidan tahlili berilgan. Z.Do’simov «Xorazm toponimlari» (Toshkent, «Fan», 1985, 104-bet) deb nomlangan monografiyasida alohida voha hisoblangan Xorazm hududi joy nomlariga xos eng xarakterli xususiyatlar birma-bir bayon qilingan.
N. Oxunovning «Til va joy nomlari» (Toshkent, «O’zbekiston», 1988), «Antrotoponimlar nima?» (Toshkent, «Fan», 1989) nomli kichik-kichik kitoblarida toponimikaga oid nazariy masalalar bo’lgan joy nomlari, antroponimlar va toponimlarning nomlanish xususiyatlari kabilari atroflicha yoritilgan. L.Karimovning «O’zbek tilida toponimlarning o’rganilishi» nomli monografiyasida joy nomlarini o’rganish metodlari, ularning lingvistik xususiyatlari, semaktik tasnifi, etimologik taxlili kabi ilmiy ahamiyat muammolar shimoliy o’zbek shevalaridagi toponimlar misolida bayon qilingan. S.Qorayevning «Toponomiya Uzbekistana» monografik tadqiqotida yurtimizdagi joy nomlariga oid bo’lgan xususiyatlarga e’tibor qaratilgan (bu monografiyalar adabiyotlar ro’yxatida to’liq berilgandir).
O’zbekiston toponomikasining kelajagi yangi davri o’tmish va hozirdan boshlanadi. Chunki erta, albatta, bundan boshlanganligi kabi mamlakatimiz toponimlariga oid yangi-yangi ilmiy tadqiqot ishlariga zamin so’zsiz bugundan qo’yilgan bo’lishi darkor. Shuning uchun toponimlar tadqiqiga oid har bir tadqiqot ishlariga oldingilaridan farqlanadigan xususiyatga ega bo’lishi kerak. Shundagina bunday tadqiqotlar ilmiy ishlar sifatida ilmiy jamoatchilik tomonidan tan olinadi. Joy nomlari to’g’risida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarni ko’zdan kechirgan holda O’zbekiston toponomikasining kelajagi oldiga quyidagi eng muhim masalalarni qo’yish mumkin.
1. O’zbekiston Respublikasi joy nomlarining toponomik kartotekasini tuzishga tayyorgarlik ko’rish hamda uni tuzishni boshlab yuborish.
2. Ona Vatanimiz toponimlarini faqat izohlabgina qolmasdan, endi ularning etimologik taxlilini ham boshlash onlari keldi.
3. Mavjud tarixiy tadrijilikni buzmagan holda yangi shakllanayotgan joylarga ham qo’yishning ilmiy-nazariy prinsip hamda me’yorlarini ishlab chiqish va amalda qo’llash.
Buxoro - qadimiy, tarixiy yodgorliklarga boy shahar. Narshahiy Buxoroning Numijkat, Bumiskat, Madikat us-sufriya, «Mis shahar», Madinat ut-tujjor, ya’ni «Savdogarlar shahri» degan nomlari borligini aytadi. Xalqda Buxoro-Bog’ora degan rivoyat ham bor. Buxoro so’zining etimologiyasi aniq emas. Buxoro - sanksritcha «vixara» so’zidan olingan bo’lib, «ibodatxona» ma’nosini bildiradi, degan fikr bor.

Yüklə 17,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin