Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo`nalishi trx-gu-20 guruhi talabasi Jonibekov Ziyodbekning Tarixiy o`lkashunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu : Respublika viloyatlari joylarining toponomikasi Reja



Yüklə 17,19 Kb.
səhifə4/4
tarix08.06.2022
ölçüsü17,19 Kb.
#60978
1   2   3   4
mustaqil ishi 10

Farg’ona. Chuvalachi - Farg’ona viloyati Bog’dod rayonidagi qishloq. Toshkent shahridagi ko’cha nomi. Tojikcha «Katta qon» ma’nosidagi juvol so’zidan kelib chiqqan degan fikr bor.
Qaqir - Andijon viloyati Xunsaobod rayonidagi hamda Farg’ona viloyati Quva rayonidagi qishloqlar nomi. Qaqir suv yetib bormaydigan, qahrab yotgan yer degan ma’noni bildiradi.
Qo’sh ko’pir - rayoni Xorazm viloyatining yirik rayonlaridan biri. Hozirgi kunda rayonda 9ta qishloq bo’lib, bu qishloqlar nomlarining kelib chiqishi juda qiziq. Quyida biz bu haqda fikr yuritamiz.
Kenagas - bu qishloq mahalliy xalq orasida Kanayas deb yuritiladi, chunki hududdan Kanayas arig’i oqib o’tadi. Qishloqning markaziy qismiga Karaman qal’asi deyishadi. Karaman Xorazmda o’suvchi ulkan daraxt. Qariyalarning so’zlariga qaraganda, bu yerda Xiva xonligi davrida mudofaa vazifasini bajaruvchi kichik, o’ziga xos qal’acha bo’lgan. Kenagas degan qabila ham bo’lgan.
Xadra - Qo’sh ko’pir tumanidagi ikkinchi qishloqning nomi. Xadra so’zining ma’nosi qal’a yoki shaharning cheti demakdir. Xadra qishlog’i Xiva qal’asining shimol tomonida joylashgani uchun ham Xadra nomini olgan bo’lishi mumkin.
Do’rmon - Do’rmon, Do’rmoncha, Yuqori Do’rmon degan nomlar Toshkent vohasida juda ko’p uchraydi. Bu so’z mug’ul urug’laridan birining nomi bo’lib, ma’nosi mug’ul tilida «to’rt» demakdir. Bu so’zni ba’zi kishilarning, olimlarning afsonaviy qahramon Do’rmon Bahodir nomidan olingan deyishlari to’g’ri emasdir.
Birchimulla - Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumanidagi qishloq. Ba’zi birovlar Ko’ksuv bilan Chotqol suvlari qo’shilgan burchakda bir mulla o’tirgan ekan, shuning uchun ham Burchimulla, ya’ni mullaning burchi deb atalgan, deyishadi. Aslida bu nomning «mulla» so’ziga hech qanday aloqasi yo’q. Ikkala so’z - mulla, burch so’zlari ham minora degan ma’noni anglatadi.
Iskandar - bu Chirchiqdan birinchi suv oluvchi kanalning nomi, 1889 yilda bu kanal o’rnida kichik bir «sart» arig’i bo’lgan. Bu ariqni podshoh Aleksandrning qarindoshi Konstantin Romanov qayta qurdirib, unga «Oq podsho» Aleksandr nomini qo’ydiradi. U joy obodonlashtirilib, aholi yashaydigan joyga aylantiriladi va yarim xalq odatiga ko’ra Aleksandrni Iskandar deb yurita boshlaydilar. Hozirgi kunga qadar ham shu nom bilan yuritilib kelinmoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Xudoyorov N. Tarixiy o`lkashunoslik. Ma`ruzalar matni. – Andijon.: 2013. – 132 b.

  2. Artsixovskiy A. B. Arxeologiya asoslari. – T.: 1970.

  3. Nabiyev A. Tarixiy o`lkashunoslik. – T.: O`qituvchi, 1996.

  4. Ochildiyev F. B. Tarixiy o`lkashunosik. O`quv qo`llanma. – T.: Donishmand ziyosi MCHJ, 2020. – 200 b.

  5. Jabborov I. M. O`zbek xalqi etnografiyasi. – T.: 1994.

  6. Kabirov A., Sagdullayev A. S. O`rta Osiyo arxeologiyasi. – T.: 1990.

  7. Jalilov S. Tarixiy o`lkashunoslik ocherki. – T.: 1989.

Yüklə 17,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin