Surxondaryo - tojik tilidan olingan bo’lib, «surx» - qizil, ya’ni Qizil daryo demakdir. Surxondaryo bosh oladigan tog’ tizmalari, daralar, tog’ jinslarida qizil ranglar mavjud. Suv bu jinslarni o’zi bilan oqizib kelganligi sababli qizil tusli tuyuladi. Shuning uchun yerli xalq - qizil daryoni tojik tilida «Surxondaryo» deb atashgan.
Sariosiyo - bunday deb atalishiga sabab, kishilarning aytishlariga qaraganda, bir vaqtlar shu yerda bir kishi tegirmon qurgan (o’rniga) va uning atrofiga kelib, uy-joy qurib o’rnasha boshlaganlar. Asta-sekin bu yer qishloqqa aylangan, aholisining ko’pchiligi tojiklardan iborat bo’lganligi sababli ular o’z qishloqlarini «tegirmon boshi», ya’ni tojikcha «Sariosiyo» deb atalganlar. Sariosiyo keyingi davrda o’sib rivojlandi. Qishloq shaharga - rayon markaziga aylanib qoldi. Hozir ham Sariosiyo rayon markazidir. Qarsagan - Sho’rchi rayonidagi qishloq nomi. Aslida Qarsakgan yoki Qarsaknon bo’lishi kerak. Mahalliy xalq tulkining bir turini Qarsak deb atashgan. Qadimgi tilda Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarida qarsak tulkilar jinsidan bo’lgan bir hayvon uning o’siq terisidan po’stin qilinadi, deb aytilgan. Agar bu so’zni «Qarasagan» tarzida oladigan bo’lsak, «Qarsak» tulkiningn bir turi, «Gan» tojikcha ko’plik affiksidir.
Samarqand. Jom qishlog’i - Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi qishloqning nomi. Bu so’z fors tilidan olingan bo’lib, qadah metalldan yoki sopoldan yasalgan idish demakdir. Chunki qishloqning hamma tomoni tog’ bilan o’ralgan bo’lib, huddi jomga, ya’ni kosaga o’xshaydi. Jom deyildashining boisi ham ana shu o’xshashliklar kelib chiqqan.
Hilboshi - Samarqand viloyati Xatirchi tumanidagi qishloq nomi «Xil» so’zining bir necha ma’nosi bor: nav, tur, zot va hokazo. Bu so’z avlod, toifa, urug’, irsiyat ma’nolarida ham qo’llaniladi. Masalan, qabristonda bir ajdoddan tarqalgan kishilar dafn qilinadi. Joy xilxona deyiladi. Tojik, fors, pushtu tillaridan xil so’zi xil shaklida talaffuz qilinadi. Xilboshi yoki xeylboshi ham bo’lishi mumkin. Chunki Nizomulmulkning «Siyosatnoma» asarida ham bu so’z Heylboshi sifatida yozilgan bo’lib, avlodning boshi, urug’ boshlig’i demakdir. Qishloq nomi shu so’zdan kelib chiqqan.
Qoraguzar - Samarqand viloyatidagi dovon. Suvdan o’tiladigan joy - kichik, guzar deyiladi, tog’dan oshib o’tiladigan joy-dovon ham ba’zi joylarda guzar deb ataladi. Aniqrog’i tog’dan oshib o’tiladigan joy dovon deyiladi. Qorong’i joydan tog’ darasidan o’tilgan joyni Qoraguzar deb ataganlar.