7-modda. Voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan reklamaga oid cheklashlar.
Quyidagi reklama taqiqlanadi:
faqat voyaga yetganlarga mo‘ljallangan yoki voyaga yetmaganlarning olishi
yoxud iste'mol qilishi taqiqlangan mahsulotni voyaga yetmaganlar iste'mol
qilayotgan yoki undan foydalanayotgan tasvir tushirilgan reklama;
voyaga yetmaganlarni mahsulot olishga yoki reklama qilinayotgan mahsulotni
olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga da'vat qiluvchi reklama;
haqiqiy yoki o‘yinchoq quroldan foydalanilgan reklama.
8-modda. Reklama beruvchining huquq va majburiyatlari. Reklama beruvchi
quyidagi huquqlarga ega:
reklama xususida shartnoma tuzish to‘g‘risida oshkora taklif (ommaviy
oferta) kiritish;
reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi shartnomani asossiz ravishda bekor
qilgan hollarda, yetkazilgan zararning o‘rnini va ma'naviy zararni qoplash
to‘g‘risida da'vo bilan sudga murojaat qilish.
Reklama beruvchi:
reklama tayyorlovchi va (yoki) tarqatuvchining talabiga binoan reklama
axborotining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
agar reklama beruvchining faoliyati litsenziyalanishi zarur bo‘lsa, mahsulotni
yoki reklama beruvchining o‘zini reklama qilayotganda tegishli litsenziyani taqdim
etishi shart.
Reklama beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi
va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
9-modda. Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchining huquq hamda
majburiyatlari. Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi quyidagi huquqlarga ega:
ommaviy oferta yo‘llangan shaxsdan belgilangan tartibda aksept olganidan
so‘ng reklama beruvchi shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda, bu shaxsni
shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi hamda reklama beruvchining
shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etganligi tufayli yetkazilgan zararning
o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda reklama beruvchidan tegishli
litsenziyani talab qilish.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi:
ushbu Qonunda belgilangan reklama faoliyati va homiylik qoidalarini
bajarishi;
axborot yoki boshqa materiallarni bergan shaxs to‘g‘risidagi ma'lumotlarni
uning roziligisiz oshkor qilmasligi;
reklama beruvchi qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin
bo‘lgan axborot bergan taqdirda reklama beruvchini bu haqda vaqtida xabardor
etishi shart.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
10-modda. Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi. Reklamaga bo‘lgan mualliflik
huquqi va turdosh huquqlarni tartibga solish qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
11-modda. Reklamani aynanlashtirish. Reklama, uni tarqatish shakllari yoki
vositalaridan qat'i nazar, boshqa axborotdan reklama deb hisoblash mumkin
bo‘ladigan darajada ajratilgan bo‘lishi kerak.
Televidenie va radiodagi reklama boshqa dasturlardan uning boshlanishi va
oxirida audio-, video-, aralash vositalar yoki boshlovchilarning sharhlari
yordamida ajratib qo‘yilishi lozim.
Mahsulotga
qiziqishni
shakllantirish
va
mahsulot
realizatsiyasiga
ko‘maklashish uchun mahsulotning muayyan markasiga (modeliga, artikuliga)
yoki uning ishlab chiqaruvchisiga iste'molchining e'tiborini atayin jalb etuvchi,
shuningdek mazkur mahsulotni ishlab chiqaruvchi yoki tarqatuvchi shaxsga
taalluqli ma'lumotlardan (rekvizitlardan) iborat axborot materiali, muallif va
tahririyat materiali - reklama hisoblanadi hamda u "Reklama" yoki "Reklama
o‘rnida" rukni ostida joylashtirilmog‘i lozim.
12-modda. Homiylik. Teleradiodasturlarni yaratishda, boshqa ommaviy axborot
vositalari uchun materiallar tayyorlashda, teatr-konsert, sport tadbirlari va boshqa
tadbirlarni uyushtirishda homiylar qatnashishi mumkin.
Reklama televidenie va radio, audiovizual mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan va
homiylik xizmatlaridan foydalanilayotgan taqdirda, homiylar to‘g‘risidagi axborot
dasturning boshlanishida va oxirida qisqa va aniq qayd etilishi kerak. Homiyning
nomi (nomlanishi) yonida yoki homiyning o‘rniga uning tovar belgisi (xizmat
ko‘rsatish belgisi) ko‘rsatilishi mumkin.
Yangiliklar to‘g‘risidagi teleradiodasturlarda homiylarning xizmatlaridan
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Homiylik ko‘rsatilayotgan shaxsning faoliyatiga homiy aralashishga haqli
emas.
13-modda. Noto‘g‘ri reklama. Noaniqligi, ikki xil ma'noni anglatishi, bo‘rttirib
yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga
nisbatan qo‘yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki
chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma'naviy
zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib yolg‘on)
reklama hisoblanadi.
Noto‘g‘ri reklama taqiqlanadi.
Reklamani noto‘g‘ri deb topish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston
Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
yoki uning hududiy organlari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb
yuritiladi) qabul qiladi. (O‘zR 06.10.2010 y. O‘RQ-264-son Qonuni tahriridagi
qism) (Oldingi tahririga qarang)
14-modda. Yashirin reklama . Yashirin reklama iste'molchining idrokiga uning
o‘zi anglamagan holda ta'sir o‘tkazadigan, shu jumladan, maxsus videoilovalardan
(qo‘sh ovozli yozuvdan) foydalanish yo‘li bilan hamda boshqa usullar bilan ta'sir
o‘tkazadigan reklamadir.
Yashirin reklamadan radio-, tele-, video-, audio- va kino mahsulotida,
shuningdek boshqa mahsulotda foydalanishga va uni o‘zga usullar bilan
tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Reklamani yashirin deb topish to‘g‘risidagi qarorni vakolatli davlat organi
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qiladi. (O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-
259-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
15-modda. Qiyosiy reklama. Qiyosiy reklama - raqobatchiga yoki uning
tomonidan taqdim etilayotgan muayyan bir turdagi mahsulotga bevosita yoki
bilvosita aynanlashtiriladigan reklamadir.
Agar reklamada mahsulotning moddiy, muhim, ishonchli xossalari xolisona
va insofli taqqoslansa, agar bunda reklama undan foydalanuvchini chalg‘itib
qo‘ymasa va chalg‘itib qo‘yishi ham mumkin bo‘lmasa, reklama beruvchi bilan
raqobatchining shaxsi yoki reklama beruvchining va raqobatchining tovar belgilari
(xizmat ko‘rsatish belgilari), firma nomi, mahsuloti aralashib ketmasa hamda
raqobatchining ishchanlik obro‘sini yoki uning tovar belgisini (xizmat ko‘rsatish
belgisini), firma nomini, mahsuloti yoki faoliyatini badnom etmasa, qiyosiy
reklamaga yo‘l qo‘yiladi.
16-modda. Ijtimoiy reklamali axborot. Ijtimoiy reklamali axborot sog‘liqni
saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya resurslarini saqlab qolish,
huquqbuzarliklarning oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish va xavfsizligini
ta'minlash, ma'naviyat va ma'rifat masalalariga doir axborot, shuningdek notijorat
yo‘sindagi boshqa axborotdir.
Shaxslarning ijtimoiy reklamali axborotni tekinga tayyorlash va tarqatishga
doir faoliyati, o‘z mol-mulkini (shu jumladan, pul mablag‘larini) ijtimoiy reklamali
axborot tayyorlash va tarqatish uchun boshqa shaxslarga berishi hayriya faoliyati
deb e'tirof etiladi. Bunday shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
imtiyozlardan foydalanadilar.
Reklama tarqatuvchilar reklama uchun ajratilgan efir vaqti, nashr yoki
reklama maydoni umumiy yillik hajmining 5 foizidan kam bo‘lmagan hajmda
ijtimoiy reklamali axborotni joylashtirishi shart. Bunda faoliyati O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan
reklama tarqatuvchilar ijtimoiy reklamali axborotni bepul joylashtiradi. (O‘zR
10.04.2008 y. O‘RQ-150-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang)
17-modda. Televidenie va radiodagi reklama. Teleradiotashkilotlar uchun
reklamaga ajratilgan ko‘rsatuv (eshittirish) vaqti ko‘rsatuvning (eshittirishning) har
bir soatiga 10 foizdan oshib ketmasligi kerak. Bu talab ko‘rsatuvning
(eshittirishning) ixtisoslashtirilgan reklamaviy kanallariga tatbiq etilmaydi.
45 minutdan ortiq davom etadigan konsert-tomosha va sport dasturlari, kino-
va telefilmlar reklama uchun to‘liq 45 minutlik vaqt oralig‘ida ko‘pi bilan bir
marta uzib qo‘yilishi mumkin. Reklama bu ko‘rsatuvlarning (eshittirishlarning)
boshlanishi oldidan va (yoki) ular tugaganidan so‘ng joylashtirilishi ham mumkin.
10 minutdan kam davom etadigan teleko‘rsatuvlarga (radioeshittirishlarga)
umuman,
10
minutdan
ortiq
davom
etadigan
teleko‘rsatuvlarga
(radioeshittirishlarga) esa bu teleko‘rsatuvlarning (radioeshittirishlarning)
mualliflik huquqi egasi bilan kelishmasdan turib reklama joylashtirilishi mumkin
emas.
Davlat anjumanlari va marosimlari olib ko‘rsatilayotgan (eshittirilayotgan)
paytda uni uzib turib reklamani ko‘rsatish (eshittirish) taqiqlanadi.
Bolalar davrasiga (o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lganlarga) mo‘ljallangan
ko‘rsatuvlarda (eshittirishlarda) reklama taqiqlanadi. Bu taqiq ijtimoiy reklamali
axborotga tatbiq etilmaydi.
Dasturlarning reklama qismlari tovushini teleradiodasturning tovushiga
nisbatan balandroq qilish taqiqlanadi. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi
qism)
Teleko‘rsatuvlar
namoyish
etilayotganda
reklama
maqsadlarida
harakatlanuvchi satrlardan foydalanish taqiqlanadi, reklama berilayotgan paytdagi
harakatlanuvchi satrlar bundan mustasno. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi
qism)
O‘zR 30.08.2002 y. Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlari
tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin
Teleko‘rsatuvlarning boshlovchilari, diktorlari va boshqa qatnashchilari
reklama uchun ajratilgan vaqtdan tashqari paytda mahsulotni bilaturib namoyish
qilish yoki uning iste'mol xususiyatlarini bevosita yoki bilvosita tavsiflash
huquqiga ega emas.
Televidenie va radio xodimlariga axborot niqobi ostida reklama bilan
shug‘ullanish, ya'ni mahsulot ishlab chiqaruvchining rekvizitlarini, joylashgan
manzilini, telefon raqamini, mahsulotning tijorat belgilarini ko‘rsatish taqiqlanadi.
18-modda. Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklama. Bosma ommaviy
axborot vositalaridagi reklamaning hajmi, mavzusini shu ommaviy axborot
vositalarining o‘zlari mustaqil belgilaydi. Obuna bo‘yicha tarqatiladigan bosma
vositalar obuna shartlarida nashrning umumiy hajmidagi reklama miqdorini
ko‘rsatishlari shart.
Reklama
yo‘sinidagi
xabarlar
va
materiallarni
berib
borishga
ixtisoslashmagan davriy bosma nashrlarda reklama davriy nashr bir soni hajmining
40 foizidan oshib ketmasligi shart, qolgan reklama bepul ilova tarzida berilishi
kerak.
19-modda. Telefon va hujjatli elektr aloqadan foydalaniladigan tarzdagi
reklama. Teleks va faksimil aloqa yordamida reklama qilishga, agar oluvchining
maxsus so‘rovi bo‘lmasa, bir manzilga bir varaqdan ortiq bo‘lmagan hajmda bir
marta jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi.
Mahalliy, shaharlararo yoki xalqaro telefon aloqasidan foydalanilgan holda
ko‘rsatiladigan xizmatlar reklamasi reklama vositalarida tarqatilgan taqdirda
quyidagi aniq axborotlardan tarkib topgan bo‘lishi kerak:
xizmatning pulli yoki tekin yo‘sinda ekanligi hamda uning qiymati
to‘g‘risidagi axborot;
taklif etilgan xizmatning mazmuni to‘g‘risidagi axborot;
xizmat iste'molchilari doirasiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan
hamda xizmatning ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan - yoshga doir va
boshqa cheklashlar to‘g‘risidagi axborot;
telefon aloqa kanalidan pulli foydalanish va tegishli mintaqada xizmatdan 1
minut foydalanishning qiymati to‘g‘risidagi axborot.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan axborot reklama
xizmatini taqdim etish uchun foydalaniladigan telefon raqami terilgan shrift
hajmining kamida yarmiga teng hajmdagi shrift bilan bosilishi shart.
Militsiya, tez tibbiy yordam, yong‘indan saqlash va shu kabi xizmatlarning
bepul xizmat ko‘rsatadigan telefon raqamlaridan reklama tarqatish uchun
foydalanish taqiqlanadi.
20-modda. Tashqi reklama. Tashqi reklamaga alohida maxsus konstruksiyalarda,
taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha
yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda joylashtiriladigan reklama kiradi.
(O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism)
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi.
Muayyan shaxs egallab turgan binoning tashqi tomonida, binoga kirish joyida
shu shaxs to‘g‘risida joylashtirilgan yoki mazkur shaxsning mahsuloti haqida shu
bino vitrinasidagi axborot (peshlavha) reklama deb hisoblanmaydi va buning
uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi.
Tashqi reklamani ko‘cha yoritgichlarining tayanchlarida hamda ko‘cha va
yo‘llar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan
holda va yo‘l belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum
foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini to‘sib qo‘ymagan holda,
shuningdek bunday reklama yo‘l belgilari va tasvirini takrorlamagan (yoki aynan
taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshiriladi. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni
tahriridagi qism)
Tabiatni muhofaza qilish ob'ektlari doirasida tashqi reklamani joylashtirishga
mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tegishli davlat boshqaruvi organlarining
vakolat doirasida ular bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi.
Tashqi reklamani madaniy meros ob'ektlarida, yo‘l belgilarida va
svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa
har qanday qurilmalarda, shuningdek dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash
hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo‘li bilan joylashtirish taqiqlanadi.
(O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism)
21-modda. Transportdagi va pochta jo‘natmalaridagi reklama. Reklama
transport vositalarida, shu jumladan, metropolitenda faqat ularning egalari yoki
mulkdorlari bilan kelishilgan holda hamda xavfsizlik talablari va yo‘l harakati
qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkin.
Reklamani umum foydalanishdagi transport vositalarida, metropoliten
bekatlarida, vokzallarda, portlar va aeroportlarda yo‘lovchilarga xabar beruvchi
ovozli tarmoqlar orqali tarqatish taqiqlanadi, ijtimoiy reklamali axborot bundan
mustasno.
Reklamani pochta jo‘natmalari orqali tarqatish belgilangan tartibda shartnoma
asosida amalga oshiriladi. (O‘zR 04.04.2006 y. O‘RQ-28-son Qonuni tahriridagi
qism), (Oldingi tahririga qarang)
22-modda. Dori vositalari, tibbiy buyumlar, kosmetika va maishiy kimyo
vositalari reklamasi. Dori vositalari reklamasida quyidagilar bo‘lishi shart:
dori vositasining to‘liq nomi (shu jumladan, xalqaro farmakologik nomi) va
ishlab chiqaruvchisining nomi;
dori vositasidan foydalanish yoki uni qo‘llash haqidagi axborot.
Quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:
faqat shifokorning ko‘rsatmasi (retsepti) bo‘yicha beriladigan dori vositalari;
tarkibida giyohvandlik vositalari va (yoki) psixotrop moddalari bo‘lgan dori
vositalari;
O‘zbekiston Respublikasida tibbiyotda qo‘llanishga ruxsat berilmagan dori
vositalari.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsatisiz
quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:
voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari;
davolash seanslari, gipnozdan va ruhiy yoki bioenergetik ta'sirning boshqa
usullaridan foydalanib amalga oshiriladigan shunga o‘xshash tadbirlar;
tibbiy yo‘sindagi buyumlar, tibbiy texnika, gigiena vositalari, dezinfeksiya,
dezinseksiya va deratizatsiya vositalari;
davolab bo‘lmaydigan yoki davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga nisbatan
samarali terapevtik usul.
Qo‘llanishi va realizatsiya qilinishi yuzasidan tegishli davlat organlari maxsus
ruxsatnoma bermay turib kosmetika vositalari, maishiy kimyo, oziq-ovqat
mahsulotlari, vitaminli va biologik jihatdan ta'sirchan oziq-ovqat qo‘shimchalarini
reklama qilish taqiqlanadi.
Ushbu moddaning qoidalari tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun
mo‘ljallangan reklamaga tatbiq etilmaydi. Tibbiy muassasalar va tibbiyot
xodimlari uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
23-modda. Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasi.
(O‘zR 17.09.2010 y. O‘RQ-259-son Qonuni tahriridagi modda matni) (Oldingi
tahririga qarang)
Tamaki, tamaki mahsulotlari va har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklar
reklamasi taqiqlanadi, shu jumladan:
tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar namunalarini tekin
tarqatish;
tamaki, tamaki mahsulotlari yoki alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi
yoxud tasviridan foydalaniladigan tadbirlarga homiylik qilish;
tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi
tushirilgan tovarlarni (futbol maykalari, bosh kiyimlar, o‘yinlar va boshqa shu
kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
savdo ob'ektlarining old tomonida, kirish (transportda kirish) joylarida,
vitrinalarida, tashqariga olib chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida
tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning tasvirlari, nomlarini va
ular haqidagi boshqa axborotni o‘rnatish taqiqlanadi.
24-modda. Qurol-yarog‘ reklamasi. Qurol-yarog‘ni reklama qilish faqat maxsus
nashrlarda, shuningdek bevosita ovchilik qurollarini realizatsiya qiluvchi savdo
tashkilotlarining binolarida yoki tegishli ko‘rgazmalarda (tadbirlarda) amalga
oshiriladi.
25-modda. Qimmatli qog‘ozlar va aholining mablag‘larini jalb etish bilan
bog‘liq xizmatlar reklamasi. Qimmatli qog‘ozlarni va aholining mablag‘larini
(banklardagi mablag‘larini, sug‘urta mablag‘lari va shu kabilarni) jalb etish bilan
bog‘liq xizmatlarni yoki shunday xizmat ko‘rsatayotgan shaxslarni reklama
qilishni bunday faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqi borligini tasdiqlaydigan
tegishli litsenziya bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin. Bunday xizmatlar
yoki shunday xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar reklamasida kutilayotgan daromadlar
miqdorini, shuningdek bo‘lajak foyda (daromad) to‘g‘risidagi boshqa axborotni
ma'lum qilish taqiqlanadi, kamida bir yillik yakunlarga ko‘ra amalda to‘langan
foyda (daromad) bundan mustasno.
Qimmatli qog‘ozlar va aholining mablag‘larini jalb etish bilan bog‘liq
xizmatlar reklamasiga taalluqli munosabatlarni tartibga solish qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
26-modda. Reklama materiallarini saqlash muddatlari. Reklama beruvchi,
reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi reklama materiallarini oxirgi marta reklama
e'lon qilingan (ko‘rsatilgan) kundan boshlab bir yil davomida saqlashi shart.
27-modda. Reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallar olish.
Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi vakolatli davlat organining
talabiga ko‘ra u belgilagan muddatda reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va
materiallarni taqdim etishi shart. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism)
Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va tarqatuvchilarning
reklamaga taalluqli hujjatlari va materiallarini moneliksiz olish huquqi vakolatli
davlat organining mansabdor shaxslariga beriladi. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni
tahriridagi qism)
Tijorat siri hisoblangan va ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan
mansabdor shaxslar tomonidan olingan ma'lumotlar oshkor qilinmasligi lozim.
Vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari tijorat siri hisoblangan
ma'lumotlarni oshkor qilgan taqdirda, reklama beruvchiga, reklama tayyorlovchi
va tarqatuvchiga yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan, ma'naviy zarar qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi
qism)
28-modda. Aksilreklama. Vakolatli davlat organlari reklama to‘g‘risidagi qonun
hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, qonunbuzar mazkur organlarning
qaroriga binoan va ular ko‘rsatgan muddatda aksilreklama berishi shart.
Aksilreklama berish shuningdek, ixtiyoriy ravishda yoki sudning qaroriga binoan
amalga oshirilishi mumkin. Aksilreklama berishni amalga oshirish bilan bog‘liq
barcha xarajatlar qonunbuzar tomonidan qoplanadi.
Agar qonunbuzar aksilreklamani reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ belgilagan muddatda
bermasa, mazkur organ qonunbuzarning reklamasini u aksilreklamani bergunga
qadar to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda
reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs bilan shartnoma tuzgan
taraflarni bundan xabardor qilishga haqlidir.
Aksilreklama raddiya berilayotgan reklama e'lon qilingan ayni o‘sha
ommaviy axborot vositalarida, ayni o‘sha muddat, makon, joy va tartibdan
foydalangan holda beriladi.
Aksilreklamaning mazmuni qonunbuzarlik holatini aniqlagan va uni tuzatish
to‘g‘risida qaror qabul qilgan tegishli davlat organi bilan kelishiladi. Ayrim
hollarda bu organning qaroriga binoan aksilreklama beriladigan ommaviy axborot
vositasi, muddati, joyi va tartibi o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |