Majlisga shayx bu kecha ко ‘p shayn boshladi, Sindurdi sham'u nuqlini havz ichra tashladi.
Majlisda o‘tirgan shayx mast bo‘lib, ko‘p to‘polon qiladi, shamni sindirib, nuql gazak (zakuska) ni hovuzga tashlaydi. Bunda shoir odamlami may ichmaslikka undaydigan, aslida xilvatda o‘zi ichaveradigan, mast bo‘lib, boshqalarning halovatini buzadigan beburd shayxning satirik obrazini yaratadi. Bu muammodan «Muhsin» ismi kelib chiqishi kerak. Muammodagi ishoraga ko‘ra shayx «majlis» (o-'W) so‘zidagi tepaga tikka chiqqan J harfming tayoqchasini — shamni sindirgandek sindirgan va natijada bu so‘z lh?-» formasiga kirgan. Bundan tashqari, shayx nuqlni hovuz ichiga, ya'ni -г- ning ostidagi nuqtani hovuzga o‘xshashning ichiga tashlangan. Shundan so‘ng о so‘zi hosil bo‘ladi. Ko‘rinadiki, kishi ismini topish uchun muammoda aytilgan imo-ishoralar juda mantiqiy xarakterga egadir.
Navoiyning chuqur falsafiy mazmunni ifodalagan
Bu gulshan ichraki yo 'qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq bila ot
muammosidagi so‘zidan «ot» (^ ') chiqarib tashlansa, «Sa'd» ( - ^ ) ismi kelib chiqadi.
Navoiy fors-tojik tilida ham ko‘p muammo yaratgan. Uning «Devoni Foniy» to‘plamiga 400 ga yaqin muammo kirgan.
XV-XVIII asrlarda yashagan ilg‘or so‘z san'atkorlari muammo janridan o‘zlarining taraqqiyparvarlik fikrlarini ilgari surish, o‘zlari, yashagan muhitning yaramas illatlarini fosh etish, ayrim zolim, munofiq kishilarning qiyofalarini ochib tashlashda foydalanganlar.
Ammo ayrim muammochi shoirlar muammoda mazmunga mutlaqo e'tibor bermay, shaklbozlikka berildilar. Hatto ayrim shoirlar faqat shaklbozlikdan iborat bo‘lgan muammo yozishdan boshqa ish qilmaganlar. Bu hoi badiiy-estetik va ijtimoiy fikr taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim bo‘lgan adabiyotning rivojiga emas, balki inqiroziga olib borar edi.
CHISTON
iror predmet yoki hodisaning xarakter va belgilarini ta'rif-tavsif etish orqali o‘quvchini o‘sha predmet yoki hodisani topishga dalolat qiladigan she'r chistondir. Lirikaning bu turi xalq og‘zaki ijodidagi topishmoqlar asosida yuzaga kelgan boiib, X-XII asrlarda fors-tojik adabiyotida lug‘z nomi bilan atalgan. Bu she'riy forma XV asrdan o‘zbek yozma adabiyotida fors-tojik so‘zi chiston, (chist - nima, on - u) nomi bilan yaratila boshladi.
Alisher Navoiy o‘zbek yozma adabiyotida bu lirik janming dastlabki namunalarini yaratib, uning adabiyotdagi o‘rnini qonunlashtirgan va «Badoe'ul-vasat» devoniga o‘nta chiston kiritgan. Navoiy chistonlari, boshqa janrlardagi asarlari kabi, diqqatga sazovordir. Ularda shoir o‘z atrofini o‘rab turgan predmetlami, ijtimoiy munosabatlami, turmush hodisalarini aks ettiradi. Shuni ham aytish kerakki, bu asarlar boshdan oxirigacha nozik yumor bilan sug‘orilgan bo‘lib, asosiy g‘oya shu yumor orqali ifodalanadi. Masalan, shoir tanganing nomini aytmasdan, uning tashqi belgilari va ichki mohiyatini shunday tasvirlaydi:
Dostları ilə paylaş: |