Namangan davlat universiteti obidjon karimov


Yuz shukurki, tahrir topib ushbu kitob



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə46/48
tarix07.01.2024
ölçüsü0,5 Mb.
#201488
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Mumtoz she\'riyat janrlari. Karimov O (1)

Yuz shukurki, tahrir topib ushbu kitob,


So ‘z ahlining ahvolida kelmish necha bob. Bitmakchi edim men raqami ta'rixin, Daftar yuzini tazkira о ‘rab oldi qurshab.
Bu yerda ta'rix moddasi «tazkira» ( « j^ ) so‘zi bo‘lib, uning qiymati 1325 ga tengdir. She'rdagi ishoraga ko‘ra, «daftar» so‘zi yuzi (boshi)dagi dol (J)nmg qiymati (4) qo‘shilishi kerak. Natijada asar ko‘chirilgan yil (1329) kelib chiqadi.

Ta'rixning yana bir turi talmeh atalib, unga ta'rix aytuvchilar biror zarbulmasal yoki mashhur she'r, hikoya hamda osmon jismlari, shuningdek, musiqiy terminologiyadan biror so‘z olib, unga ma'no berib, tarkib va tabdil yo‘li bilan ta'rix chiqarganlar.


Masalan, Mavlono Darveshali Alisher Navoiy tomonidan


Hirotda qurilgan masjidga shunday ta'rix yozgan:




Ta'rixi imoratash agar mexohi,


Arqom anosirast va sifri aflok.

Talmeh qoidasiga ko‘ra, anosir (suv, shamol, olov, tuproq) - 4, sifr - 0 va aflok (falaklar, klassik sharq astronomiyasiga ko‘ra) - 9 ga barobar. Ma'Iumki, arab xati o‘ngdan chapga qarab yoziladi. Yuqoridagi raqamlarni hozirgi tartibda qo‘ysak, 904 hosil bo‘ladi. Demak, bu bino 904- (milodiy 1498-) yilda qurilgan ekan.


Bulardan tashqari, ta'rix moddasi handasiy yo‘l bilan, abjadning o‘zidan, jumladagi nuqtali harflar (mujavhar), nuqtasiz harflar (muhmal)ni olish yo‘li bilan va boshqa yo‘llar bilan ham topiladi.


Yuqoridagilar shuni ko‘rsatadiki, klassik adabiyotimizdagi ta'rix poeziyaning murakkab janrlaridan bo‘lgan. Bu janr, ayniqsa, fors-tojik adabiyotida keng qo‘llangan. 0 ‘zbek adabiyotida esa XV - XVI asrlarda rivojlangan va keyingi davr adabiyotida ham alohida janr sifatida kamol topgan.

Ta'rix janri hajm jihatidan ham, misralaming qofiyalanishi jihatidan ham belgili, qat'iy bir qoidaga ega emas. Maxsus ta'rix janridagi asarlardan tashqari, ta'rix usuli boshqa janrdagi asarlarda ham qo'llangan. Ko‘pincha mualliflar asarlarining yozilgan yilini ta'rix yo‘li bilan bayon etganlar. Muhtasham binolarga shu imoratning qurilgan yili haqidagi ta'rixlarni naqsh qilganlar. Demak, ta'rix muhim tarixiy voqea va me'morchilik obidalari sanasini aniqlashda qimmatli manba sifatida ham ahamiyatlidir.


Ta'rix janri o‘zbek sovet poeziyasida deyarli uchramaydi. Birq Habibiy «Devon»ida bir necha an’anaviy ta'rixlar uchraydi.


Masalan, Respublikada xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Po‘latjon Qayumov vafotiga bag‘ishlab Habibiy shunday ta'rix bitgan:

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin