Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixologiya


Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixiy bosqichlari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə27/176
tarix05.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#174149
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi-hozir.org

Psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixiy bosqichlari.
Shunday qilib, psixologiya predmetini to‘liq bayon etish psixologiya fanining o‘zini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
«Psixologiya» so‘zi birinchi marta 1590 yilda nemis teolog olimi R.Goklenius tomonidan qo‘llanilgan edi. XVIII asrda esa nemis olimi X.Volf birinchi marta ilmiy atamalar qatoriga «psixologiya» atamasini kiritdi. U dastlabki yirik ilmiy-psixologik asarlar: «Empirik psixologiya» (1732) va «Ratsional psixologiya» (1734) ni yaratdi.
Psixologiya – ham qadimiy, ham ma’lum darajada yangi fan. Qadimiy fan sifatida u ikki ming yil avval paydo bo‘lgan.
Psixika haqidagi dastlabki ilmiy tasavvurlar qadimgi dunyo (Hindiston, Xitoy, Misr, Bobil, Yunoniston)da falsafa bag‘rida paydo bo‘lgan va jamiyatdagi amaliyot, davolanish va tarbiya ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi.
XIX asrning 70-80-yillarida psixologiya mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ilmiy psixologiyaning, xususan, eksperimental psixologiyaning asoschisi sifatida 1879 yilda Leypsig shahrida dunyoda birinchi bo‘lib eksperimental psixologik laboratoriyani ochgan nemis tadqiqotchisi V.Vundt tan olingan. Bunga mos ravishda ushbu yil psixologiyaning fan sifatida yuzaga kelgan sanasi bo‘lib hisoblanadi. Dastlab eksperimental psixologiyaning asosiy mavzulari sifatida sezgilar va ta’sirlanish vaqti (F. Donders), keyinchalik esa – assotsiatsiyalar (G.Ebbingauz), diqqat (Dj.Kettel), hissiy holat (U.Djeyms, T.A.Ribo), ong va iroda (Vyursburg maktabi, A.Bine) xizmat qildi.
XX asrning birinchi yarmida amaliy psixologiyaning ko‘plab maxsus bo‘limlari yuzaga keldi – bu mehnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda ilmiy psixologiyaning ko‘plab maxsus sohalari – psixofiziologiya, oila, yosh, differensial psixologiya va boshqalar ajralib chiqdi. Ilmiy amaliy psixologiya turli yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanib bordi, inqiroz ma’lum darajada bartaraf etilgan bo‘lsada, ko‘plab masalalar hal etilmagan edi.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik inqilob psixologiyaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Fanda matematika, kibernetika, informatika nazariyalari metodlari, shuningdek, elektron-hisoblash texnikasi kengroq qo‘llanila boshladi. Psixologiya tibbiyot va biologiya sohalaridagi eng so‘nggi yutuqlardan faol tarzda foydalana boshladi.
Shunday qilib, psixologiya rivojlanish yo‘lida uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan holda, o‘rganish predmeti va fan sifatidagi nomlanishini o‘zgartirib bordi. L.D.Stolyarenko psixologiyaning fan sifatidagi rivojlanishini to‘rt bosqichga ajratadi.
Birinchi bosqich. Psixologiya – ruh haqidagi fan (Arastu). Psixologiyaning bunday ta’rifi ikki ming avval keltirilgan edi. Ruhning mavjudligi bilan inson hayotidagi barcha noma’lum hodisalarni tushuntirib berishga urinar edilar.
Ikkinchi bosqich. Psixologiya – ong haqidagi fan (R.Dekart, B.Spinoza, D.Lokk, G.Leybnits, D.Gartli). XVII asrda tabiiy fanlar rivoji bilan yuzaga keldi. Fikrlash, sezish, xohishga bo‘lgan layoqat ong deb ataldi. O‘rganishning asosiy metodi bo‘lib insonning o‘zini kuzatishi va voqelikni bayon etishi hisoblanar edi.
Uchinchi bosqich. Psixologiya xulq-atvor haqidagi fan sifatida XX asrda paydo bo‘ldi (D.Uotson, E.Torndayk). Psixologiyaning funksiyalari – tajribalar o‘tkazish va bevosita ko‘rish mumkin bo‘lganlarni, aniqrog‘i, insonning xulq-atvori, harakatlari, ta’sirotlarga nisbatan javoblarini kuzatish (harakatlarni keltirib chiqaruvchi motivlar hisobga olinmas edi).
To‘rtinchi bosqich. Psixologiya ob’yektiv qonuniyatlarni, psixikaning faoliyat va ifodalanish mexanizmlari, shuningdek, faktlarni o‘rganuvchi fan sifatida.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin