Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi


-MAVZU: Diniy qadriyatlar va ularni komil insonni tarbiyalashdagi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

 
12-MAVZU: Diniy qadriyatlar va ularni komil insonni tarbiyalashdagi 
ahamiyati. 
Reja: 
Din - ijtimoiy ongning alohida shakli. 
E'tiqod - diniy qarashlarning asosi. 
Jahonning asosiy dinlari va ularni xalqlar ma'naviy hayotiga ta'siri. Islomiy qadriyatlar. 
Mustabidlik sharoitida diniy qadriyatlarning ahvoli. 
Mustaqillik sharoitida din. 
Diniy bag'rikenglik - jamiyatimiz ma'naviy rivojlanishining zaruriy sharti. 
Din tushunchasi o'zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo'lib, ishonch, inonmoq ma'nosini 
bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalami tabiatdan, 
jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o'ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy 
e'tiqod va amalning bir turidir. e'tiqod so'zi ham arab tilidan kirib kelgan bo'lib, chuqur, mustahkam 
ishonch ma'nosini anglatadi- Demak, diniy e'tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, 
ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya'ni diniy ta'limot nuqtai nazardan "din", "diniy e'tiqod" tushunchalari 
jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma'nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy 
olamdan tashqarida bo'lgan, uni go'yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "to'g'ri", 


111 
"haqiqiy", "odd" hayot yo'llarini ko'rsatadigan va o'rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni 
ifoda etadigan maslak, qarashlar, ta'limotlar majmuidan iboratdir. 
Arab istilochilari O'rta Osiyoni egallab olgandan so'ng islomni joriy qilish bilan o'z yozuvlarini 
ta'lim-tarbiya, odob-axlokdarini va shu bilan birga arab madaniyatini olib keldilar. Islomgacha 
bo'lgan dinlar bilan bog'liq yozuvlarni, toat- ibodat buyumlarini yo'q kllishgan. Ibodatxonalar o'rniga 
masjidlar qurilgan, arab alifbosiga asoslangan yozuv kiritilgan. Davlat tili, ilmiy til asosan arab tili 
hisoblangan. Bu haqda Beruniy o'zining "Kadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida yozishiga 
ko ra, Xorazmda arab lashkarboshisi qutayba islomgacha bo'lgan din bilan bog'liq yozuvlarni yaxshi 
biladigan va o'z bilimini boshqalarga o'rgatadigan kishilarni halok etib, bu yozuvlarni butunlay yo'q 
qilib yuborgan 
Islomgacha "din" so'zining o'rniga "tangri yo'li", "unga ishonch" iboralari qo'llanilgan bo'Isa 
kerak. Turkiy elatlarning islomgacha bo'lgan diniy e'tiqodlariga binoan "tangri" butun olamni, 
insonni yaratgan, "yuksaklik", "eng baland", "bahaybat" degan ma'nolarni ham anglatgan. 
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g'oyaviy sabablarga ko'ra diniy dunyoqarashlar to'la 
hukmron bo'lgan sharoitlarda qar qanday ilg'or tabiiy, ilmiy, jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy 
qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, mohiyati masalalarini chetlab o'ta olmagan; lekin 
ularning din haqidagi qarashlari ruhoniy va ulamolaming rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz 
bu vaziyatni Forobiy va Beruniyning dinga bo'lgan munosabatlarida ko'rishimiz mumkin. 
Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi hakida kitob" risolasida 
bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni o'rganishga qaratilgan, Bu falsafa 
moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog'lanishlarini aniqpash orqali o'rganadi. Din esa voqelikka bu 
uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), ramziy, majoziy, qiyosiy tasawurlardan foydalanish orqali 
e'tiqod qilishga chakirish yo'li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab va oqibat 
bog'lanishlarining moddiy asosini o'rganmasdan izoxlashga kirishadi. Ayni zamonda voqelikni 
falsafiy bilish, o'z mohiyatiga ko ra, diniy bilishdan ustivordir. 
Beruniyning dinga munosabati uning "qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston" 
asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bo'lib, bunday bilim vokelikdagi narsa va 
hodisalami dalillar orqali isbotlash bilan o'rganish mumkin bo'lmagan joyda qo'llaniladi. Diniy bilim 
isbotsiz e'tiqodga, ilmiy bilim esa dalillashga, isbotlashga asoslanadi. Beruniyning o'zi esa butkul 
dalillarga asoslangan bilimlar bilan shugullangan. U moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal 
qilishda dinning ta'sirini cheklashga intilgan. Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar orqali 
ilmiy bilimni din ta'siridan xalos etishga g'oyat o'rinli harakat qilganlar. Ular dinga emas, unga singib 
qolgan mutaassiblikka qarshi chiqqanlar. 
Umuman din, xususan islom dini 5 asosiy funktsiyani boshqaradi. Bular qatoriga 
kompensatorlik, to'ldiruvchilik, integrativ (birashtiruvchilik), regulyativ (nazrat qiluvchilik), 
kommunikativ (aloqa bog'lovchilik), legitimevchilik (qonunlashtiruvchilik) funktsiyalar kiradi. 
Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo'lgan din xalqlar hayoti bilan bog'liq 
holda rivojlangan, moslashgan, sekin-asta diniy tizimni vujudga keltirgan. Natijada muayyan 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, tarbiyaviy vazifalarni bajarishni o'z zimmasiga olgan. Bunday 
vazifalar jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko'zga tashlanib muayyan 
qolipga tushib, har biri maxsus qoida, g'oya, mafkura, dastur sistemasiga aylangan. 
Dinning yuqorida qayd qilingan besh funktsiyasining qg'sqacha ta'rifi va tavsiflari 
quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, har qanday din o'z dinidagilar uchun to'ldiruvchi, ovutuvchi (kompensatorlik) 
vazifasini bajaradi. Masalan, insonda diniy ehtiyoj hosil bo'lishini olib qaraylik. U o'z hayoti. turmush 
tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo'lgan munosabatlari jarayonida shaxsiy va ijtimoiy ehtiyoj, 
maqsadlarga etishishi qiyin, ilojsiz bo'lib ko'ringanda bunday ma'naviy ehtiyoj vujudga kelgan. 
CHunki inson hayotida quvonchli yoki tashvishli onlarda, orzular ro'yobga chiqishi ilojsiz bo'lgan 
paytda insoniyatning dinga zhtiyoji jamiyat bo'lib yashash talablarida boshlangan; din bu o'rinda 
ma'naviy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan. 
Ikkinchidan, dinlar o'z ta'limot tizimini vujudga keltirib, unga e'tiqod qiluvchi shaxs va jamoani 
shu ta'limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Buni dinlarning birlashtiruvchilik (integrativlik) 
funktsiyasi deyiladi. Bunda din muayyan ijtimoiy, etnik va ma'naviy hayotning o'z ta'siri doirasida 
bo'lishini ko'zda tutadi. Masalan, islom o'tmishda Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti, 


112 
axloqiy munosabatlari, hattoki adabiyot va san'atiga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Bular orqali elat va 
xalqdarda turli xil birlashtiruvchi munosabatlar qaror topgan. 
Uchinchidan, din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish (regulyativlik) funktsiyasini 
ham bajaradi. Har qanday dinlaming muayyan urf-odat, marosim va bayramlari bo'lib, ularni o'z 
vaqtida, diniy ta'lim va talab asosida bajarilishi shart qilib qo'yiladi. 
To'rtinchidan, din dindorlaming birligini, jamiyat bilan shaxsning o'zaro aloqasini ta'minlovchi 
xususiyat - aloqa bog'lashlik vazifasiga ham egadir. Bunda konkret bir dinga e'tiqod qiluvchi kishi 
shu dindagi boshqa kishilar bilan bog'liq bo'liish, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo'lib ado etish ko'zda 
tutiladi. CHerkov, masjid va diniy tashkilotlar dinning bu funktsiyasini amalga oshirishga 
ko'maklashadi, ayni paytda, bu holatni nazorat kiladi. 
Beshinchidan, har qanday din ijtimoiy tizim sifatida muayyan cheklovlarsiz bo'la olmaydi. 
SHuning uchun u qonun darajasiga ko'tarilgan axloq normalarini ishlab chiqadi. Bu bilan u 
legityumlovchilik-qonunlashtiruvchilik funktsiyasini bajaradi. 
Har qanday dinning muayyan tarixiy sharoitda bajaradigan funktsiyalari yig'indisi uning 
ijtimoiy rolini belgilaydi. Dinning ijtimoiy hayotga ta'siri hamma vaqt ham bir xil bo'lgan emas. U 
vaqtga, o'ringa, sharoitga qarab sezilarli darajada o'zgarib boradi. 
O rta Osiyo, jumladan O'zbekistonda islomning o'ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun 
muayyan-tarixiy sharoit, xalqning o'tmishi, turmush tarzi, ishlab chikarish usullari, etnik 
xususiyatlarini hisobga olish zarur. 
Islom va Qur'onning vujudga kelishi tarixi bilan bog'liq bo'lgan muammolar va ularning 
echimlari XIX asming o'rtalaridan boshlab awalo, SHarq so'ngra Evropa islomshunosligida o'rganila 
boshlangan. Evropa, Amerika islomshunosligi va Qur'onshunosligida olib borilgan tadqiqotlarning 
ko'pchiligi, aniq dalillarga boyligidan qat'i nazar, ularning barchasi uslubiy jihatdan cheklangan. 
Din tarixida dinshunoslar dinning paydo bo'lishini turlicha izoxlab kelganlar. Uming paydo 
bo'lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan, binobarin, unga javob topishga harakat 
qilishgan. qadimgi Xitoy, Hindiston va xususan, qadimgi grek faylasuflari borliq to'g'risida fikr 
yuritganlarida din, uning kelib chiqishi va mohiyati to'g'risida ham ayrim g'oyalarni olg'a surganlar. 
Dinning paydo bo'lishi va rivojlanishini ilmiy asoslarda o'rganish quyidagi: a) ob' ektivlik; b) 
muayyan tarixiy sharoitni hisobga olish; v) ilmiylik; g) qiyosiylik; d) umuminsoniy qadriyatlar bilan 
bog'liqliq, e) din mavjudligini, umuman gnoseologik, ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik sabablarni 
hisobga olishni taqozo etadi. 
Hozirgi zamon voqeligining xarakterli xususiyati shundaki, jamiyatning hamma tomonlariga 
ilmiy tafakkurning ta'siri keskin kuchaymoqda; uning ijtimoiy taraqqiyot omili sifatidagi roli tobora 
ortmoqda. Fanning XX asrdagi muvaffaqiyatlari chindan ham g'oyat buyukdir. Ular bevosita ishlab 
chiqaruvchi kuchlarga aylanib, insonga tabiat sirlarini tobora chuqur anglash imkonini bermoqda. Bu 
yo'nalishdagi eng muhim bosqich - inson omili va uning ma'naviy qadriyatlariga bo'lgan ijobiy 
munosabatlardir. Talabalar bu imkoniyatlardan to'la foydalanish uchun har xil uydirmalarga, 
buzg'unchilik g'oyalariga mutlaqo ishonmay, ilm-fangagina ishonishlari, uni chuqur egallab, shaxsiy 
va ijtimoiy hayotga tatbiq etishlari lozim. 
Hozirgi vaziyatda ilmiy dinshunoslikning nazariy yutuqlari va mamlakatimizdagi diniy 
tashkilotlaming g'oyaviy va amaliy ish faoliyatini hisobga olganda, din va dindorlarga O'zbekiston 
davlatining adolatli munosabati o'rnatildi. 
Bu hoi diniy tashkilotlarning hozirgi ijtimoiy tuzumga bo'lgan xolisona, do'stona 
munosabatlariga ob'ektiv baho berishni talab etadi. 
Bularning hammasi davr talabidan va kelajakdagi mas'uliyatni his etgan holda respublikamizda 
aholi dindorligi darajasini aniqlash, dindorlar va diniy uyushmalarning jamiyatda tutgan o'mini 
oshirmay-toshirmay to'g'ri talqin etish hamda din bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarning 
umuminsoniylik tamoyillarini tikiash va hokazolar din va diniy muassasalarga doir muammolarga bo' 
lgan xolisona yondashishdir. Bu yondashuv ko'pyoqlama xususiyatga ega bo'lib, mustaqil 
respublikamizning ichki va tashqi siyosatida ham o'z aksini topmoqda. Mamlakatimiz SHarq va 
g'arbdagi barcha tinchliksevar davlatlar bilan ularning ijtimoiy tuzumi, dinga munosabatidan qat’i 
nazar, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy aloqalarni keng yo'lga qo'ymokda. Ijtimoiy, siyosiy hayotda diniy 
tashkilotlar faolliganing ortib borishini demokratik jarayonda ular o'rnining mustahkamlanishi deb 
qarash mumkin. Awalo diniy tashkilotlarni davlatdan ajratish, ularning siyosatdan uzoqlashuviga 


113 
olib keladi; ammo bu tashkilotlarning faoliyati muayyan ma'noda siyosiy xarakterga ega bo'lib 
kelgan. Diniy tashkilotlarga xos ijtimoiy, siyosiy faollikning tobora ortayotganini e'tiborga olib, uni 
ikki yo'nalishda - ijtimoiy hayotda va dunyoqarashda shaxsning faolligini talabalaming oshirish talab 
etiladi. Diniy tashkilotlarning ijtimoiy, siyosiy yo'nalishlarda ob'ektiv voqelikka oshkora va ijobiy 
yondashishlari kengayib borayotganligi an'ana tusiga kirib bormoqda. Bunga respublikamiz hayotiga 
hozirgi kunda diniy tashkilot va ruhoniylaming xolisona munosabatlari, berayotgan ijobiy baholari 
jonli shohid bo'la oladi. Bunda ayrim diniy tashkilotlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari muayyan 
ahamiyatga molikdir. SHuning uchun hozirgi davrda ularga nisbatan bo'lgan munosabatlarda 
umuminsoniylik, demokratik xolislik tamoyillari tiklanmoqda. Dinga e'tiqod qiluvchilarga sho'rolar 
davridagidek ma'muriy-buyruqbozlik tazyiqi o'tkazishdan voz kechildi. 
Tabiat va jamiyatdagi kuzatilayotgan hodisalar moxiyatiga ko ra nihoyatda murakkabdir. 
Tabiiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarda buyuk muvaffaqiyatlarga erishilgan hozirgi zamonda ham hali 
bilib etilmagan sirli jarayonlar mavjud. Tabiat va jamiyatda hamma narsa va hodisalar doim o'zgarib 
va rivojlanib boradi. 
Fan ham doim o'zgarib va rivojlanib borar ekan, unda hali echilmagan yangi- yangi jumboqlar, 
muammolar yuzaga kelib turadi. Fanning rivojlanishi yo'li ham shundan iboratki, tabiat va jamiyat 
haqidagi bilimlar tobora boyib boradi. Kuzatilayotgan hodisalaming mohiyatiga yanada chuqur kirib 
boraveradi. Odamzod aqli tabiatda ko'p ajoyib-g'aroyib narsalarni kashf etgan, shu bilan tabiat 
sirlarini o'rganib boradi. Bu jarayon hozir intensiv tarzda davom etmoqda. 
Buddaviylikning ta'limoti, uning Markaziy Osiyoga tarqalishi. Buddaviylikning asoschisi 
miloddan awalgi 1-ming yillikda yashagan Budda hisoblangan. U tarixiy shaxs bo'lib, 80 yil 
yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar mavjud. Uning nomi hind tilida nurlangan, oliy haqiqatga 
erishgan degan ma'noni anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda, keng ma'noda ko'p marta ilohiy 
tug'ilishlar tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshkalarga ham diniy najot yo'lini ko'rsata 
oladigan odam bo' lgan. 
Tarixiy manbalaming dalolat berishicha buddaviylikning asoschisi shahzoda Sidxartxadir. U 
vafot etgandan so'ng Budda -"haqiqatga erishgan" deb atalgan; u ushbu oliy maqsadga erishish uchun 
Gautama urug'idan bo'lgan eng obro'li SHak'ya qabilasini tanlagan; ana shundan bu diniy rivoyatda 
Budda-Gautama nomi keng tarqalgan. Diniy rivoyatlarga ko ra Gaugama hind qabilasi 
hukmdorlaridan birining o'g'li bo'lib, u befarzand bo'lgan; ammo uning xotini g'oyibdan homilador 
bo'lib, 45 yoshida o'g'il tukqan; bola tug'ilganda mo "jiza yuz bergan: tabiiy hodisalar - er kimirlab, 
chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbirlab turgan; uning ovozini Koinotdagi ilohiy kuchlardan 
tashqari barcha tirik mavjudodlar ham eshitib turg'angar; chaqaloqqa Sidxartxa (topshiriqni 
bajaruvchi) deb nom qo'yganlar; U 7 kundan keyin yurib ketgan va gapira boshlagan. 
Sidxartxaning otasi o'g'lini din yo'liga bag'ishlashga rozi bo'lmay, unga yaxshi ma'lumot bergan 
hamda yaxshi sharoitlarda tarbiyalagan va u hech qanday qiyinchilik ko'rmay o'sgan; 
o'spirinligidayok o'zining donoligi, kuchliligi va epchilligi bilan xammani hayratga solar ekan. U bir 
cholga duch kelgan, kasal yotgan kishini, o'likni ko'rgandan so'ng hayotning mohiyati, maqsadi, 
og'irliklari, kasallik va o'lim hakida o'ylay boshlagan. Binobarin, hayotning behudaligani anglab, 
tarki dunyo qilgan, darvesh yo'liga kirgan; bu bilan u kishilar boshiga tushadigan kulfatlar, 
azob-uqubatlar sabablarining mohiyatiga tezroq etib, ulardan qutulish yo'lini topmoqchi bo'lgan. 
Nihoyat, 36 yoshida "haqiqiy bilim" ni topganligani e'lon qilgan. SHundan so'ng u Budda deb nom 
olgan ("budda" so'zi ilohiy haqiqatga erishgan, degan ma'noni anglatadi). SHu tariqa unda ulug'vor 
hakiqat siri ochilgan, ular buddaviylik ta' limotiga asos qilib olingan. 
Har qanday dinlar kabi buddaviylikning ham kelib chiqishi sababini xalqlarning yashash 
sharoiti va hayotidan, muayyan davrdagi ijtimoiy munosabatlardan izlash va topish lozim. 
Buddaviyliqda bir necha mazhabdar paydo bo'lgan. Bulardan eng yirigi I - asrda undan ajralib 
chiqqan hinoyana ("kichik arava", tor yo'l ma'nosida) SHri Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng 
tarqalgan; maxoyana ("katta arava", keng yo'l ma'nosida) Tibet, Xitoy, YAponiya, Mongoliyada 
hamda Oltoy va Uzoq SHarqda yashovchi ba'zi xalqlar o'rtasida keng tarqalgan. 
Buddaviylikka xos mazhablardan biri Tibet va Mongoliyada ham tarqalgan bo'lib, u lamaizm 
degan nom bilan yuritiladi. Buddaviyliknnng bu mazhabi mahailiy xalqlar o'rtasida qadimdan 
mavjud bo'lgan diniy tasawur va urf-odatlami o'zlashtirgan. Lamaizmda buddavishshkka xos 
tasawurlar bilan bir qatorda, Buddaning yana kaytib kelishi va er yuzida adolatli hokimiyat o'matishi 


114 
to'g'risidagi rivoyatga keng o'rin berilgan. Lamaizmni ko'chmanchi, qaloq, savodsiz xalq hayotiga 
moslashtirishga urinish mavjud; undagi ibodat qilish tartibi xam ancha soddalashtirilgan 
Markaziy Osiyoda bir necha yuz mingdan iborat koreys millatiga mansub kishilar yashaydi. 
Warning oilaviy-maishiy an'analari, milliy udumlarining ayrim tarkibiy qismlari mahoyana 
(shimoliy) ko'rinishdaga buddaviylik ta'sirida shakllangan. 
Xristianlik jahon dinlaridan biri bo'lib, eramiz 1-asrining 2-yarmida Rim imperiyasining 
sharqiy viloyatlarida ko'p xudolik dinlari o'miga kullar va mazlum elatlarning dini sifatida yakka 
xudolik (monoteistik) tarzda shakllangan. Xristianlik Falastin va O rta Er dengizi yahudiylari dinlari 
doirasida vujudga kelgan; o'nlab yillardan keyin esa boshqa, asosan geografik jihatdan qaralganda 
Rim imperiyasi bilan bog'liq yoki uning siyosiy va madaniy ta'sirida bo'lgan xalqlar orasida 
tarqalgan. YAngi va eng yangi tarix davrlarida u mustamlakachilik siyosati va missionerlik natijasida 
Evropadan tashqariga ham tarqalgan. Xristianlik Evropa, Amerika, Avstraliya hamda qisman Afrika 
va Osiyo qit'alariga tarqalib dunyo xalqlarining teyarli uchdan birini (2 milliardini) tashkil etadi. 
Xristianlik vujudga kelishini Bibliyaning xabar berishicha, Iisus Xristos faoliyati bilan bog'lab 
tushutiriladi. 
Xristianlikning vujudga kelishida sharq dinlarining ham ta'siri bo'lgan. Jumladan, 
misrliklarning Osiris va Isida, eronliklarning Mitra, yahudiylikning Muso haqidagi rivoyatlari, oxirat 
to'g'risida xikoya kiluvchi har xil rivoyatlar ham xristianlik ta' limotiga kiritilgan. 
Xristianlnkdagi odam-xudo to'g'risidagi tushunchani ishlab chiqishda yagona imperiyaga 
birlashgan Rim imperatorlarining yakka Xudolik to'g'risidagi ichki siyosati ham katta ta'sir 
ko'rsatgan. SHu maqsadda imperatorlarga va Rim shahri xudolariga sig' inish yuzaga kelgan. 
Lekin shakllanayotgan xristian mafkurasi asosida birinchi galda iudaizm monoteizmining 
"Qadimgi axdnoma" kitobiga kirgan barcha "muqaddas g'oyalar", ya'ni Emi Xudo yaratganligi, 
o'simlik va hayvonot dunssining vujudga kelishi, insonning yaratilishi, uning tili, axloqi, huquki, 
oxirat rohatlari haqidagi g'oyalar katga rol o'ynagan. 
1947 yili O'lik dengiz qirg'og'idagi qumron yaqinida qadimgi qo'l yozmalar topilgan edi. Bular 
hukmron jamoaning diniy ta'limotlari - iudaizm va xristianlik o'rtasidagi oraliq butunni tashkil 
kilganligani ko'rsatmokda. 
SHunday kilib, xristianlik Rim imperiyasida yashagan ko'pchilik elatlaming dinlari, rivoyatlari, 
urf-odatlari asosida tashkil topgan. Bu din dastlab qullar, ezilgan kambag' allaming talablarini, 
"xoloskorlik" g'oyalarini o'ziga singdirgan din sifatida vujudta kelgan. Keyinchalik uning ijtimoiy, 
diniy strukturasi o'zgarishi bilan hukmron tabaqalar qo'lida mazlum xalqlarni ekspluatatsiya 
qilishning g'oyaviy quroliga aylangan. 
Xristianlikning muqaddas diniy yozuvi - Bibliyaning ikkinchi qismi - "YAngi axdnoma" bo'lib, 
u eramizning I-II asrlarida grek tilida yaratilgan. 
Bibliyaning xristianlik naydo bo' lmasdan birmuncha oldin yaratilgad 1 - qismi "Qadimiy 
axdnoma" deb atalib, u iudaizmning mukaddas yozuvi hisoblanadi. Bibliyaning ikkinchi qismi - 
"YAnga axdnoma" deb atalib, u xristianlikning muqaddas yozuvi deb hisoblanadi. 
"YAngi axdnoma" 27 kitob (bob) dan tashkil topgan. Uning tarkibiga 4 ta "Injil" (Evangilie, 
ya'ni Xushxabar), havoriylarning (Iso shogardlari, xristianlikning dastlabki tartibotlari) amallari, 21 
risola va Ioanning "Vaqiynomasi" kiritilgan. 
Xristianlik boshqa jahon dinlari kabi mutlaq, abadiy, o'zgarmas karomatni, bilimni, benixoya 
qudratning egasi bo'lgan yakka xudo haqidagi g'oyani asoslaydi. U uch ko'rinishdagi yakka xudoni 
o'zida mujassamlashtirganlik aqidasini yaratgan. Uch kurinishdagi xudo haqidagi ta'limotga binoan, 
xudoning ichki haeti sababi o'z- o'zidan mavjud bo'lgan uchlikdagi uch asos yoki "muqaddas uchlik" 
bo'lgan - ota- xudo, o'g'il-xudo va muqaddas ruhning o'zaro munosabatidir. Ug'il Iso bayon qilingan 
tarjimai holiga ko ra ota-xudodan, muqaddas rah ham ota-xudodan yaratilgan (provaslav yo'nalishi 
ta'limoti), (katolitsizmda esa ota-xudo va o'g'il-xudo ham xudodan tug'ilgan). 
Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki mohiyati - odam mohiyati, xudo mohiyati haqida, 
"Gunohni yuvish", ya'ni Isoning o'zini ixtiyoriy tarzda kurbon qilishi" haqidagi ta'limot bilan 
mustahkamlangan. Xristianlik muqaddas ruh - ota xudo, bola xudo va mukaddas ruh - uch yuzli xudo 
to'g'risidagi ta'limoti, targ'iboti, tashkilotchiligi, jannat va do'zax, oxirat ya'ni dunyoning oxiri borligi, 
Isoning qayta tirilishi qaqidagi va boshqa aqidalami o'z ichiga oladi. 
Xristianlik davlat dini deb e'lon qilingandan so'ng, 325 yili imperator Konstamtin boshchiligida 


115 
Nikey shahrida xristianlarning 1 jahon yig'ilishi bo'lgan. Yig'ilish xristian dinining qonun-qoidalarini 
ishlab chiqqan va xudoni uch shaxsning (ota xudo, o'g'il xudo) rux xudo, birlikda ifodalaiishidir deb 
uqtirgan. 381 yili xristianlarning Konstantinopolda bo'lib o'tgan II jag'on yig'ilishida cho'qinish va 
tirilish haqidagi yangi aqida kabul kilingan. 
Ota xudo tabiat, odam va farishtalarni yaratgan, deb hisoblanadi. Iso o'g'il xudo hisoblangan. 
Xudoning gavdalanishi aqidasiga ko'ra, Iso xudoligicha qolgan holda Mariya ismli qizdan tug'ilgan 
odam ham bo'lib kolgan. Butga parchinlangan xudo Iso tortgan azoblari va o'limi bilan o'zini 
odamlarning gunoxlari uchun ota xudoga qurbon qilgan va shu bilan gunohini yuvgan. Ushbu 
aqidaga qo'ra, Iso odamzodga gunoxlardan xalos bo'lish yo'lini ko'rsatib bergan. Isoning tirilishi 
aqidasi kelgusida hamma odamlar tirilishining garovi, deb e'lon qilingan. U tirilgandan so'ng 
osmonga - ota xudo huzuriga chiqqanligi, ya'ni osmonga chiqib tushishi (islomda me'roj) aqidasi bu 
dunyodagi xayot oxiratdagi mangulikka nisbatan hech narsaga arzimaydi, deb uqtiradi. 
Hozirgi zamon xristianligida turli yo'nshshsh va oqimlar orasidagi kelishmovchiliklaming 
kamaytirilishi bugungi kun uchun xosdir. Bunga 1948 yilda tashkil topgan Jahon cherkovlari 
kengashining faoliyatlari va ekumenik xristianlar kumaklashmokda. 
Katolitsizm - bu xristianlikda eng ko'p tarkalgan yo'nalishdir. U Evropa, Osiyo, Afrika ka Lotin 
Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bo'lib, muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil qiladi. 
Katolitsizm ta'limotida jannat va do'zaxlar oralig'idagi dune, gunohkorlaming ruhi, jopi 
haqidagi, Isoi masihni benihoya qurmatlash, uning tanasi va jonimi ko'klarga ko'tarish sohalaridagi 
diniy aqidalar mavjud. 
Katolitsizmda Bibliyani sharxlash huquki faqatgina ruhoniylarga bsriladi; chunki ular 
uylanmaslik haqndagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy ibodatlar dabdabali va sahnalashtirilgap 
ko'rinishga ega; diniy o'qish, duo, iltijolar lotin tilida olib boriladi. Pravoslaviedagi kabi katolitsizmda 
ham farishta, ilohiy kuch, chirimaydigam marhum jasadlariga sng'inish odatlari sakdanib qolgan. 
Katolitsizm boshqa yo'nalishlardan farkdi o'laroq markazlashgan tizimga ega. Vatikan ana 
shunday markaz sifatida (maydoni 44 gektar) 1924 yildan boshlab Papa Piy XI ning Mussolini 
hukumati bilan tuzgan bitimiga muvofiq mustaqil teokratik davlat hisoblanadi. Rim Papasi 
cherkovning yakka rahbari bo'lib, u Iso Masihning erdagi noibi hisoblanadi. 1870 yili e'tiqod va axloq 
masalalarida uning bsnuqsonligi haqidagi akida qabul kilindi. 1978 yilda sobiq Pol’sha kardinali 
Korol’ Voytila 264- Rim papasi etib tayinlandi va u hozirga qadar Ioann Pavel II nomi bilan bu 
vazifani bajarmoqda. 
Son jihatdan unchalik katta bo'lmagan katolik jamoalari Markaziy Osiyoning ayrim 
hududlarida ham mavjud. Toshkentda 1990 yilda katolik markazi tuzilgai, uning qoshida 
jumhuriyatimizning boshqa hududlaridan ro'yxatdan o'tgan katolik diniy jamoalari ham o'z 
faoliyatlarini olib bormokdalar. 
Xristianlikning SHarqiy tarmog'i bo'lmish pravoslaviening rinojlanishi jarayonida 15 mustaqil 
(avtokefal) cherkovlari: Koistantinopol’, Aleksandriya, Antioxiya, quddus, Rus, Gruziya, Serb, 
Rumin, Bolgar, Kipr, ellada, Albaniya, Pol’sha, CHexoslovakiya, Amerika chsrkovlari shakllangan. 
O'zining ahamiyatiga ko ra pravoslav dunyosida beshinchi bo'lgan, lekin muxlislari soni 
jihatidan birinchi bo'lgan rus pravoslav cherkovi X-XI asrlarda vujudga kelgan. Uning paydo bo'lishi 
endigina shakllanayotgan fsodal munosabatlarni himoya qilish uchun, yangi g' oyaga muhtoj bo' lgan 
Kiev davlatiiing ijtimoiy-siyosiy ehtiyojlarini qondirish uchun kerak edi. Rusning xristianlashuvi 
darrov amalga oshgai ijtimoiy jarayon bo'lmay, bir necha asr davom etgan ziddiyatli tarixiy hodisa 
edi. 
Pravoslaviening Markaziy Osiyo aholisi orasiga kirib kelishi XU1-X1X asrlarga to'g'ri keladi. 
Awal savdo-sotiq, keyin bu mintaqa xalqlarini mustamlakaga aylantirishdan iborat bo'lgan harbiy 
harakatlar jarayonida u kirib kelgan. 1870 yili Pokrovsk monastiri koshida missionerlik jamiyati 
tashkil qilingan. Jamiyat a'zolari mahalliy millatlarga mansub aholi orasida, garchi jiddiy natijalarga 
ega bo'lmagan bo'Isa ham, xristianlik bilan bog'liq katta targ'ibot ishlarini olib borganlar. SHu 
maksadda 1844 yili "Karomat ko'rsatuvchi Nikolayning xayot yo'li" nomli risolani qirg'iz tiliga 
tarjima qildilar va chop etdilar, maxsus diniy maktablar ochildi. 1872 yili Rus pravoslav cherkoviga 
karashli Turkiston (keyinchalik Toshkent, O rta Osiyo) eparxial boshqarmalari ochildi. 
Pravoslav cherkovi hozirgi kunda jamiyatimizning yuksalishi bilan bog'liq tadbirlami 
qo'llab-quvvatlamokda, ayniksa dindorlarni axlokiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi 


116 
o'zining rejalarini ishlab chiqmoqda. Bunda inson shaxsining kadr-qimmatini ulug'laydigan, oila 
asosini mustahkamlaydigan va mehnatga, butun jamiyatga nisbatan sofdil va vijdonlilik ruhida 
bo'lgan munosabatlarni qaror toptirish nazarda tutilgan. CHerkovning ichki tartibini qayta qurishni 
amalga oshirishga, cherkov hayotini yangilashga, ruhoniylar orasida uchraydigan muhofazakorlik va 
sustkashliklarni bartaraf qilishlarga ham katta e'tibor berilmokda. 1988 yilda bo'lib o'tgan rus 
pravoslav cherkovining ming yillik sanasini tantanavor, ulug'vor nishonlanishi, rus pravoslav 
cherkovining xalqaro obro'sini ko'tarilib borishiga ta'sir etdi. Muhim sanani nishonlash bilan bog'liq 
bo'lgan tantanalar, bayramlar va boshqa turli-tuman tadbirlar ruhoniylar uchun o'zlarining faqatgana 
ilohiyotchilik, cherkovning ichki hayoti va tartibi bilan bog'lanib kolmadi; balki jahonda, xususan 
Osiyo mintaqalarida tinchlik uchun kurash, irqiy kamsitishlarga barham berish, tabiatni muhofaza 
kilish, sog'liqni sakdash, demokratik jarayonlarni rivojlantirish, jamiyatda adolatli hayotni karor 
toptirish bilan bog'liq ko'pgana masalalarni muhokama qilish uchun foydalandilar. Ulug' bayram 
kunlari diniy e'tiqod va marosimchilik masalalarini hal qilishga Ham qaragildi. 
Toshkent va O rta Osiyo eparxial boshqarmasi (unga 22 diniy jamoa bo'ysunadi) ham mustaqil 
jumxuriyatlarda vijdon erkinligi talablariga rioya kiladigan tadbirlar o'tkazmokda, xalqlar o'rtasida 
osoyishtalik qaror toptirish uchun harakat ktslmokda. 
Pravoslav cherkovi ko'p millatli mintaqada millatlararo va har xil yo'nalishdagi dinlar orasidagi 
munosabatlarga dindorlami axloqiy jihatdan tarbiyalashga va jamiyatni ma'naviy jihatdan 
sog'lomlashtirish uchun ko'maklashishlarga aloxida e'tibor bermokda. SHuningdek u ilohiyotchilikka 
oid bo'lgan karashlar sistemasining ayrim elementlarida pravoslaviedagi boshqa, shu qatorda islom 
bilan bir-biriga tutash bo'lgan umumiy alokalami izlamokdalar; fan namoyandalari va jamoatchilik 
vakillari bilan aloqalarni rivojlantirmoqdalar. Ular pravoslavlar bilan musulmonlar diniy 
boshqarmalari o'rtasidagi muloqotlami rivojlantirishga qaratilgan ko'pgana yirik tantanali anjumanlar 
chakirilishining tashabbuskori bo'lmoqdalar. 
Bundan tashqari rus pravoslavie cherkovi xayriya shaklidagi faoliyatlarga, chunonchi, halok 
bo'lgan jangchilarga yodgorliklar o'matish, urushda jabr ko'rgan baynalmilalchi jangchilar 
sog'liklarini tikiash, tinchlik va bolalar uchun mo'ljallangan jamg'armalarii ko'paytirish va shu 
kabilarga katta e'tibor bermoqdalar. 
Pravoslaviening ijtimoiy, siesiy qarashlarini va dindorlaming diniy ongaari bilan bog'liq 
hamma o'zgarishlar ulaming dunyoqarash mavqelarini majburan o'zgartirishlariga olyb bormaydi. 
Zero, rusga xristianlik kirib kelishining ming yilligini tantanali tarzda bayram qilinishining o'zi 
jamoatchilikning keng doiralari orasida muayyan taassurot qoldirdi. 
Protestantlik - bu ham xristianlikdagi yana bir yunalish bo'lib, katolitsizm va pravoslaviedan 
farqli o'laroq, diniy qarashlar jihatidan ham, cherkovlar orasidagi munosabatlar jihatidan ham bir xil 
bo'lmagan yo'nalishlami faqatgina kelib chiqishi jihatidan bir-birlari bilan, XVI asrdagi yangilanish 
harakati bilan bog'liq bo'lgan kupgina diniy jamoalar, cherkovlar, mazhablami yuzaga keltirilgan. 
Protestantlik umumxristianlik asoslari va qarashlarini e'tirof etish bilan bir qatorda, u gunoxdan 
xalos bo'lishning yangi usullarini ilgari surdi. Iso Masihning kishilar gunohini yuvishga qaratilgan 
o'zini-o'zi qurbon qilishiga ishonch, dinga ishonuvchi barcha kishilarning ruhoniy bo'lishi 
mumkinligiga ishonch, Bibliyaning oliy nufuziga ishonch orqali xalos bo'lish ana shular jumlasiga 
kiradi. SHunday qilib protestantlik xudojo'ylikning asosiy talabini dinda odamning tashqi 
ko'rinishidan ichki hayotiga olib o'tdi va uni ixtiyoriy diniy ishonch bilan bog'ladi. Protesttantchilik 
Bibliyaga siganishning o'ziga xos shaklini qaror toptirdi. Bu bilan protestant islohotchilari dastlabki 
xristianlikning oliy maqsadlarini, dindorlami axlokyay jihatdan tarbiyalashga va jamiyatni ma'naviy 
jihatdan sog'lomlashtirish uchun ko'maklashishlarga aloxida e'tibor bermoqtsa. SHuningdek, u 
ilohietchilikka oid bo'lgan qarashlar sistemasining ayrim elementlarida pravoslaviedagi boshqa, shu 
qatorda islom bilan bir-biriga tutash bo'lgan umumiy aloqalarni izlamokdalar; fan namoyandalari va 
jamoatchilik vakillari bilan aloqalarni rivojlantirmoqdalar. Ular pravoslavlar bilan musulmonlar 
diniy boshqarmalari o'rtasidagi mulokotlami rivojlantirishga qaratilgan ko'pgina yirik tantanali 
anjumanlar chaqirilishining tashabbuskori bo'lmoqdalar. 
Islom dini dunyoda keng tarqalgan monoteistik dinlardan biridir. Afrika qit'asidagi Marokash, 
Jazoir, Tunis, Liviya, Misr, Somali mamlakatlarining xalqlari, 


117 
Habashiston, /arbiy Sudanda yashovchilaming bir qismi, Osiyo qit'asidagi Arabiston yarim 
oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, eron, Turkiya, Afg'oniston, Xitoy hamda Filippin aholisining bir qismi, 
Evropa qismida bo'Isa, Bolqon yarim orolida yashaydigan xalqlaming bir qismi dinga e'tiqod qiladi. 
Aholining ko'pchiligi mutloq musulmonlardan iborat bo'lgan 10 ta mamlakat, xatto aholisining 
yarmini musulmonlar tashkil etgan ba'zilari ham (Misr, Malayziya) 49 % i o'zlarini musulmon deb 
ataydilar. YA'ni ulaming ba'zilarida (Mavritaniya, eron, Pokiston, Qamar orollari) mamlakatlarining 
nomiga islom so'zi qo'shib aytiladi. Rasmiy statistika bo'yicha, bir necha mamlakatlarda aholining 
deyarli barchasi musulmonlardan iborat 28 ta mamlakatda islom rasman davlat dini sifatida tan 
olingan. Er yuzi aholisining qariyb 1,5 milliardi islomga e'tiqod qiladi. 
SHuningdek, islom Markaziy Osiyo, Kavkaz orti va SHimoliy Kavkaz, Volga bo'yi, /arbiy 
Sibir va boshqa hududlarda yashovchi aholi orasida tarqalgan. Hozirda islomga e'tiqod 
qiluvchilarning soni oshib bormoqda. Ayniqsa e'tiqod haqidagi yangi qonunning qabul qilinishi, 
vaqtli matbuot sahifalarida, radio eshttirishlarda va oynai jahon ko'rsatuvlarida din mavzuidagi 
chiqishlarning ko'payishi, bu haqida maxsus gazeta va jumallaming keng tarqalganligi islomga 
bo'lgan e'tibomi oshirib yubordi. 
Islom jahondagi ayniqsa Osiyo va Afrika qit'asi madaniyatining umumiy qiyofasida muhim iz 
qoldirgan. Bunga eng awalo bu hududlarda arab tili va arab yozuvining keng tarqalganligi islom 
mafkurasi zaminida ishlab chiqilgan muayyan turmush tarzining hukumronligi musulmonlar ijtimoiy 
hayotining turli sohalari shariat tomonidan idora etilishiga imkon berdi. SHunga qaramay mahalliy 
madaniy an'analar yo'qolmay, ya'ni islom yo'nalishida rivojlangan va ko'pincha qadimiy musulmon 
an'analari sifatida qabul qilingan. Musulmonlar madaniy merosi milliy ozodlik harakati va 
rivojlanayotgan mamlakatlarning mustaqillik uchun kurashi jarayonida asosiy masalalardan biriga 
aylandi va ijobiy ahamiyat kasb etdi. Islomning pay do bo'lishini tahlil etish davming xususiyatlari, 
arab qabilalari o'rtasida hukmron bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlami va ulaming 
diniy-g'oyaviy hayoti bilan qisqacha tanishib chiqishni taqozo etadi. Arabiston yarim oroli noqulay 
iqlim sharoitiga ega bo'lgan qum sahrolardan va tog'lardan iborat bo'lib, uning aholisi VVI asrlarda 
ko'chmanchi chorvachilik bilan shug'ullanar edi. 
YArim orolning cheksiz sahrolarida yashovchi ko'chmanchi chorvachilik bilan shug'ullanuvchi 
arab qabilalari-bundan ham og'ir sharoitda yashar edilar. Ular taraqqiyot jihatidan ancha orqada 
qolgan, hali urug'chilik qabilachilik tuzimida edilar. YArim orolning g'arbiy qismida Qizil dengiz 
qirg'oqlari bo'ylab cho'zilgan va qadimdan Hijoz deb nomlangan joylar bu davrlarda birmuncha 
iqtisodiy jihatdan rivojlangan bo'lib asosan janubdan shimolga o'tgan qadimiy karvon yo'li bilan 
bog'liq edi. Tarixiy manbalardagi ma'lumotlarga qaraganada VI asr YAmandan shimolga Suriya, 
Misr, Falastinga olib boradigan karvon yo'li faqat bu davlatlaming o'zlariga emas, balki janubda 
YAman orqali Habashiston va Hindiston, shimolda Suriya orqali Misr, Vizantiya va eronni ham 
bir-biri bilan bog'laydigan o'z davri uchun yirik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan savdo yo'li edi. 
Hijozdagi ayrim aholi yashaydigan manzillar, yo'l ustida joylashgan Макка, Madina, Toyif 
shaharlari II asrda ancha rivojlangan. Bular shuningdek, ko'chmanchi arab qabilalarining savdo 
munosabatlariga jalb etuvchi markazlar sifatida ham xizmat qilar edilar. 
Макка diniy markaz va savdo markazi sifatida arab qabilalari orasida e'tiborlisi edi. Макка 
markazida joylashgan Ka'ba islomda eng «muqaddas» hisoblanadi va «Allohning uyi» (Baytulloh) 
sajdagoh hisoblangan va hozir ham shunday. Undagi qoratosh (Hajar al-asvod) va uch yuz otmish 
sanam arab qabilalari e'tiqod manbaiga aylangan. Ziyoratga kelish oylari muqaddas hisoblanib, bu 
vaqtlar ichida qabilalarda urush va janjallar to'xtatilar edi. 
622 yili yuz bergan bu ko'chish (arabcha «hijrat»)dan musulmonlaming hijriy yil hisobi 
boshlanadi. Makkadan ко'chib borganlar islom tarixida «Muhojirlar» (ко'chib kelganlar), Madinalik 
qabilalardan islomni qabul qilganlar esa «ansorlar» (yordamchilar) deb nom olgan. 
630 yili Madina qo'shinlari Makkani qarshiliksiz egallaydilar. Ummaviylar bilan raqobat tugab, 
ular Muhammad payg'ambarning yaqin yordamchilariga aylanadilar. Islom Arabiston yarim 
orolining asosiy hukmron diniga aylanadi. SHunday qilib, Muhammad (s.a.v.) islom bayrog'i ostida 
arab qabilalarini birlashtirib yagona markazlashgan mamlakatni tashkil etadi. 
Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyingi davrlarga kelib anchagina mustahkamlangan 
musulmonlar davlati vujudga kelgan va bu davlat YAmanda Sino yarim oroligacha, Qizil dengiz 
sohillaridan markaziy qum sahrolarigacha cho'zilgan katta hududni o'z ichiga oladi. Payg'ambar 


118 
vafotidan keyin xalifalar (yordamchilar) davlatni boshqaradilar va shu munosabat bilan musulmonlar 
davlati o'zining bundan keyingi tarixiga «arab xalifaligi» deb nom beradi. Muhammad (s.a.v.) vafot 
etgandan keyingi birinchi kunlardayoq musulmonlar jamoasi у o' lboshchilari hokimiyat uchun 
kurash boshlaydilar. Bu kurashda muhojirlar guruhi g'olib chiqadi va xalifalik davlatini choriyorlar 
boshqaradi. Abu Bakr hukumronligining dastlabki yillarida bir qator arab qabilalari o'rtasida Madina 
hukmronligiga qarshi o'z mustaqilligi uchun harakat boshlanadi. Bu voqealar diniy manbalar 
«аг-ridda» deb nom olgan. Islom tarixida Madina hukmronligiga qarshi bosh ko'targan qabilalar 
harakati «islomdan chiqish», «diniy qaytish» deb ta'riflangan. Dindan qaytgan kishilar qattiq ta'qib 
qilingan. 
Keyingi xalifalar zamonlarida ham istilolar davom etadi. Kavkaz va Turon tomoniga yurish 
kuchayadi. Qisqa vaqt ichida Gruzin, Ozarbayjon, eronning shimoliy qismi, Xurosan, Mavr erlari 
arab qo'l ostiga o'tadi va xalifa qo'shinlari Amudaryo sohillariga chiqadi. 
Buning natijasida Amudaryo sohillarida SHimoliy Afrikagacha Tbilisi va Darbanddan YAman 
va Usmongacha cho'zilgan imperiya vujudga keladi. Qisqa vaqt ichida arab qo' shinlarining bunday 
engil g' alaba qozonishining sababi nimada degan savol tug' ilishi tabiiy. Arab qo' shinlarining yaxshi 
tashkil qilingan yoki yuqori harbiy texnikaga ega bo'lgan deb aytish to'g'ri bo'lmaydi, chunki bu 
qo'shinlar badaviylar va boshqa har xil qabilalardan tuzilgan bo' lib, o' z zamonida ma' lum bo' lgan 
harbiy san'at va texnika darajasidan ham ancha orqada turar edi. Osonlik bilan erishgan 
g'alabalarning asosiy sababi bu davrda arab qo'shinlariga jiddiy qarshilik ko'rsatadigan kuchning 
yo'qligi edi. 
O rta Osiyo xalqlari hayotiga islomning kirib kelishi bilan kalom, ya'ni islom falsafasini va 
diniy talablami bajarishda arab tili ustivorligi o'matilgan. So'ngra fan, adabiyot, falsafa va 
madaniyatning turlariga ham arab tili ta'siri kuchli bo'lgan. 
Ammo mahalliy xalqlar islomdan ancha oldinroq o'z ona tillarida yozuvni, ma'rifatu- 
madaniyatini, ilm-fanni rivojlantirishga muvaffaq bo'lganlar. Bu jarayon keyinchalik islomning 
ta'sirida yanada rivojlantirilgan. Masalan, kishilarning turmush tarzi islom talabiga moslasha borgan, 
urf-odat va marosimlar diniy tus olgan, yoshlarga bilim berish uchun ko'plab madrasalar, 
qiroatxonalar tashkil etilgan. 
Demak, O rta Osiyo xalqlari hayotida ilm-ma'rifat va madaniyatning rivojlanishida islomning 
ijobiy rol o'ynaganini e'tirof etishimiz lozim. O rta asrlarda shakllanib ijod etgan savodli kishi, olim, 
shoir, ma'rifatparvar mutafakkirlaming hayoti va faoliyatida islomning ijobiy roli bor desak xato 
qilmaymiz. 
Islom O rta Osiyo xalqlari turmush tarziga, madaniyatiga turli qirralarada o'z ta'sirini 
ko'rsatgan. Masalan, me'morchilik yodgorliklari - madrasa, masjid, maqbara va boshqa islomiy 
obidalarni qurishda, ilm-fan, madaniyat va ma'rifatni targ'ib qilishda ayniqsa musulmonlami yuksak 
axloqiy ruhda tarbiyalash o'z ifodasini topgan. Ganchlardan turli shakllar yasab yopishtirish kabilar 
ham xalq ijodiy qadriyatiga mansubdir. 
Islomda, eng awalo, din asoslari-«arkon-ad-din» hisoblanuvchi besh asosiy amaliy va 
marosimchilik rukn talablarini bajarishni talab etilgan. Hozir ham shunday. Bular, birinchi, kalimai 
shahodatni bilish; ikkinchidan, har kuni besh vaqt namoz o'qish, uchinchidan har yili ramazon oyida 
bir oy ro'za tutish; to'rtinchidan, yiliga bir marta shaxsiy molidan zakot berish; beshinchidan, imkon 
bo'Isa, umrida bir marta haj qilishdan iborat. Islomga xos marosimlar va odatlar mana shu besh rukn 
bilan chambarchas bog'liqdir. Islomning bu amaliy va marosimchilik talablari xalqlar turmush tarziga 
kiritilib, o'ziga xos ma'naviy madaniyatning turiga, an'anaga aylantirilgan. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin