Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

So’z boshi 
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an'analarimiz qayta tiklanib, yanada 
rivojlangandagina jamiyatimizda o’tkazilayotgan islohatlar muvaffaqiyatli amalga 
osha oladi, chunki ma'naviy barkamol, ma'rifatli, ruhan bardam, yangicha tafakkurlash 
qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharaf bilan o’ta oladi. 
SHunday ekan, xalqimizning boy madaniy merosi, yuksak ma'naviy qadriyatlarini 
chuqur va atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning 
ongiga singdirib, ayniqsa yosh avlodni ma'naviy etuk, fidoyi etib tarbiyalash hozirgi 
kunda eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. 
“Qadriyatlar falsafasi” fanidan tuzilgan ushbu ma'ruzalar matnida qadriyatlaming 
mohiyati va asosiy turlari, tabiiy, moddiy, ma'naviy, ijtimoiy-siyosiy, ahloqiy 
qadriyatlaming o’tmishdagi ahvoli, ularning mustaqillik sharofati bilan tiklanishi, 
istiqboli, hadriyatlarning islohotlarni chuqurlashtirib, jamiyatimizni yangilashdagi, 
inson ma'naviy barkamollgi, uning dunyoqarashi, bunyodkorlik faolligini, yuksak 
insoniy fazilatlarini shakllantirishdagi o’rni, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy 
qadriyatlaming mushtarakligi, milliy qadriyatlarimizning jahon hamjamiyatiga 
kirishdagi vositachilik roli kabi dolzarb masalalar haqida fikr yuritiladi. 
Respublikamizda ta'lim tizimini isloh qilish, va ta'lim-tarbiya ishlarini 
takomillashtirish shu kunning muhim vazilaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu esa o’z 
navbatida oliy o’quv yurtlaridagi tegishli kafedralar zimmasiga o’quv predmatlarining 
dasturlari hamda dasrlik va o’quv qo’llanmalarni xozirgi zamon talablari va 
ilm-fanning keyingi yutuqlarini xisobga olgan holda yangilab borish, O’zbekiston 
Respublikasi mustaqilikka erishgandan so’ng o’quv rejasiga kiritilgan yangi 
fan-predmetlar bo’yicha o’quv dasturlari va darsliklar yaratish vazifasini yuklaydi. 
Zero, ming yillar davomida to’plangan boy ma'naviy merosni avaylab- asrab, uni 
zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan ijodiy boyitib, kelajak avlodning tafakkuri, 
dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosid shakllantirib, ularning 
bunyodkorlik faoliyatini oshirish-mustaqillik poydevorini mustahkamlashning asosiy 
garovidir. Hech bir xalq o’zini anglamasdan, milliy madaniyati va qadriyatlarini 
avaylab-asrab saqlamasdan turib boshqa xalqlaming qadriyatlariga xurmat-izzat bilan 
qaray olmaydi. SHuning uchun qadriyatlaming tiklanishi umuminsoniy qadriyatlar 
sari rivojlanishining yakkayu-yagona yo’lidir. 
«Qadriyatlar falsafasi» fani mustaqil O’zbekistonimizning kuch-qudrati 
xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga nechog’li sodiqligiga bog’liq ekanligidan 
kelib chiqib, milliy qadriyatlaming umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashib ketish 
jarayoni, ularning taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan imkoniyatlarning paydo bo’lish 
jarayoni, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlaming mushtarakligi 
masalalarining qay ahvolda bo’lganligi va qay tarzda xal etilganligiga alohida urg’u 
beradi. Istiqlol tufayli kiritilgan yangi «Aksiologiya» o’quv predmetining ahamiyati 
uning ijtimoiy fanlar orasidagi o’rin, ular bilan o’zaro aloqasi va o’zaro ta'siri hamda 
tarbiyaviy funktsiyalari bilan belgilanadi. 




Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin