18
tug’ilayotgan narsa egallashi, Xorazmiy falsafiy ta'limotida qayd etilishicha, tabiiy-qonuniy
jarayondir. Bu jarayon cheksiz va chegarasizdir.
Xorazmiyning dunyoning asosini, moddiy negizini nima tashkil etadi, degan masala bo’yicha
bayon etgan fikrlari ham e'tiborga sazovordir. Buyuk mutafakkir materiyani olamdagi barcha narsa
va hodisalarning asosi deb hisoblaydi. Uning tushuntirishicha dunyo to’rt unsur-tuproq, suv havo va
olovdan tashkil topgan. Dunyodagi barcha narsa va hodisalar ana shu unsurlarning birikishi, o’zaro
ta'siri ostida hosil bo’ladi va yashaydi. Suv va havo-haqidagi ta'limot
Xorazmiy falsafiy
dunyoqarashining o’zagidir. Orol dengizining Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, o’simliklar va
hayvonot dunyoei uchun naqadar muhimligi haqida buyuk vatandoshimizning bundan ming yil iltari
qilgan bashoratlari bunga misol bo’ladi.
Alloma o’zining bilish nazariyasidagi moddiy olam, inson, uning sezgisi, aql- idrokidan oldin
paydo bo’lgan, inson va uning aqli esa moddiy olam rivojining mahsulidir, deydi. Ayni paytda u
inson bilish sub'ekti, tabiat, jamiyat, umuman moddiy olam esa uning ob'ekti deb biladi. Xorazmiy
hissiy va aqliy bilishiing o’ziga xos hususiyatlarining mohiyatini, o’zaro aloqadorligini alohida
ta'kidlaydi. Uning aytishicha aqliy bilish hissiy ’bilishsiz vujudga kelmaydi.
Hissiy bilish borliqning
tashqi tomonlari haqida bilim berish manbaidir. Aqliy bilish yordamida esa inson narsa va
hodisalarning murakkab ichki tuzilishini, mohiyatini, qonuniyatini bilib oladi. Aqliy bilish inson
bilish rivojining yuqori bosqichidir. Bunda biz Xorazmiyning aqliy bilish masalalariga alohida e'tibor
berganligini ko’rib turibmiz. Bilishda inson aqlining va amaliyotning ahamiyatini ko’rsatganligi
buyuk vatandoshimizning ajoyib xizmatlaridan hisoblanadi.
Muso Xorazmiy dunyoqarashida ijtimoiy-falsafiy masalalar, xususan jamiyat va uning istiqboli
haqidagi fikr mulohazalar alohida o’rin egallaydi. Jamiyat taraqqiyotida ilm-fan va madaniyatning,
odob-axloqning, islom dini, shariat qonunlarining katta o’rin tutishi haqida alloma tomonidan bayon
etilgan fikrlar hozirgi davr uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Odamlarning aqlini peshlash,
iymon-e'tiqodini mustahkamlash, ruhan poklash va kishilar o’rtasidagi insoniy munosabatlarni
mustahkamlashda fan va madaniyatning, diniy qadriyatlarning muhimligi xususidagi fikrlari tahsinga
sazovordir.
Buyuk vatandoshimiz Muhammad Muso Xorazmiyning nodir asarlari, yaratgan ta'limoti,
ijtimoiy-falsafiy qarashlari, hozirgi avlod uchun bitmas-tuganmas xazina, mustaqilligimiz uchun
xizmat qiladigan bebaxo ma'naviy boylikdir.
Dostları ilə paylaş: