Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

ZAMAXSHARIY 
Buyuk mutafakkir Abul Qosim Mahdum ibn Umar ibn Muhammad az- Zamaxshariy 1075 
yilning 19 martida Xorazmning katta qishloqlaridan biri Zamaxsharda tavallud tottgan. U 
tibshunoslik, lug’atshunoslik, adabiyot, aruz, jo’g’rofiya, safsir, hadis, fiqh va qiroatga oid ellikdan 
ortiq asarlar yaratgan bo’lib, ularning aksariyati bizgacha etib-kelgan. 
Az-Zamaxshariy arab tili va adabiyotini o’zining chuqur tahlil va ilmiy mazmunga ega asarlari 
bilan boyitdi. Uning asarlari ilm-fanning ko’pgina sohalarini qamrab olgan bo’lib, mazmuniga ko’ra 
asosan quyidagi guruhlarga bo’linishi munikin: a) diniy ilmlar va ulamolar haqida; b) 
lug’atshunoslik; v) grammatika (nahv); g) aruz; d) adabiyot; e) mantiq. 
Tilshunoslik va grammatikaning turli jihatlariga oid asarlar az-Zamaxshariy ijodida salmoqli 
o’rin egallaydi. Jumladan, arab tili grammatikasiga oid «А1- mufassal» (1121 yil) nomli asari arab tili 
nahvu sarfini o’rganishda yirik qo’llanma sifatida azaldan Mashriqu Mag’ribdan shuhrat topgan. 
Hatto SHom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim az-Zamaxshariyning ushbu asarini 
yozib olsa unga besh ming kumush tanga pul va sarupo qilishga va'da bergan. YAna bir asari 
«Muqaddimat ul adab» to’g’risida «Hzbek tili uchun bu asar, butun dunyoning xazinasi bilan 
barobardir, — degan edi Sadriddin Ayniy Olimning «Notiqlik asoslari» asari lug’atshunoslik 
sohasiga, «Ezgulik bahori va yaxshilar» asari esa pan-du nasihat, hikmatlarga bag’ishlangan bo’lib, 
insonning komilligiga xizmat qiladi. 
Olimning «Tog’lar, joylar va suvlar xaqida»gi asari o’zining umr bo’yi gosh izlab, sayyoxlik 
qilib yurgan paytlaridagi taassurotlari majmuidan iboratdir. 
Az-Zamaxshariy chuqur bilimi va fanning turli sohalariga oid o’lmas asarlar yaratganligi 
sababli hali hayot vaqtidayoq butun musulmon SHarqida uni xurmat va mehr bilan «Ustoz ut-dunyo 
(«Butun dunyoning ustozi») «Ustoz ul Arab va al- Ajam», ya'ni «Arablar va G’ayri Arablar ustozi», 
«Faxru Xorazm», «Xorazm faxri» kabi nomlar bilan ataganlar. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin