Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

ULUGBEK 
Nomi SHarq musulmon olamidagina emas, G’arbdagi xristian dunyosida ham bir necha asrlar 
mobaynida yod etilib va e'zozlanib kelinayotgan buyuk zotlardan biri sohibqiron Amir Temuming 
suyukli nabirasi, SHohruh Mirzoning o’g’li — Muhammad Tarag’ay— Mirzo Ulug’bek hazratlari 
(1394—1449 yillarjdir. 
Xazrat Alisher Navoiy ta'biri bilan aytadigan bo’lsak, Amir Temur naslidan chiqqan 


22 
Ulug’bekdek sultonni, olam xali ko’rgan emas. 
Mirzo Ulug’bek—sultonlar 
o’rtasida donishmand, donishmandlar tepasida 
esa sulton sifatida tarixda ma lum va mashhurdir. 
Jahonda Ulug’bek nomi bilan shuhrat qozongan Muxammad Tarag’ay 1394 yil 22 martda 
turildi. Bobosi Amir Temuming katta xotini Saroymulk—Bibixonim tarbiyasini olib ulg’aydi. Amir 
Temur unga alohida e'tibor bilan qaragan. Saroyda bo’ladigan maslahatlar, olimlar bilan bo’ladigan 
uchrashuvlar va suhbatlarda, chet ellardan kelganlami qabul qilishlar, shuningdek, harbiy mashqlar 
va yurishlarida Ulug’bekni ishtirok ettirgan. Amir Temur o’z nabirasi Ulug’bekni qilichboz sarkarda 
zmas, balki buyuk olim bo Tib etishishini orzu qilgan va shu yo’lda unga homiylik qilgan. 
Mirzo Ulug’bek yoshlik paytlaridanoq qaerda boTmasin, olimlar, shoirlar, san'atkorlar, 
ulamolar, shayxlar, dunyoga taniqli allomalar davrasida bo’lgan, ilmiy bahslardan ma'naviy bahra 
olgan, ilhomlangan, ulardan ko’p narsa o’rgangan, asta-sekin ko’zi pishib, aqli teranlashib, fikran 
boyib, dunyoqarashi kengayib va chuqurlashib borgan. 
Buyuk bobosi Amir Temur vafot etgan paytda 15 yoshda, Movarounnahmi boshqarishdek 
og’ir, murakkab vazifa topshirilganda Mirzo Ulug’bek endigina 39 yoshga to’lgan edi. Ammo uning 
podshohligi temuriylar saltanatining saodatli davri sanaladi. 
Hta murakkab, alg’ov-dalg’ovli va ziddiyatli bir sharoitda yashagan va shakllangan Ulug’bek 
mamlakatning siyosiy va iqtisodiy xayotini boshqarish bilan bir katorda ilmiy ishlar bilan 
shug’ullangan, olimlarga rahnamolik qilgan, o’z ustida tinimsiz ishlab, o’tmish ilmiy bilim 
xazinalarini tinmay o’rganish, mutolaa qilish, ilmiy-falsafiy tafakkurini mutassil kengaytirish va 
chuqurlashtirish bilan mashg’ul bo’lgan. Ulug’bek Ahmad Farroniy, Muso Xorazmiy, Abu Nasr 
Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari o’tmishdoshlarining falsafa, mantiq, tarix, 
matematika, astranomiya, tabiatshunoslik va fiqxga oid asarlarini katta qizihish bilan o’rgandi. 
YUnon olimlaridan Platon, Aristotelb, Ptolomeyning klaesik asarlari bilan tanishdi. Ilm-fan va 
madaniyatning, tarix ilmi va falsafaning Ulug’bek e'tiboridan chetda qolgan biron-bir sohasi bo’lgan 
emas. 
O'tmish ajdodlardan, xususai, Markaziy Osiyo qomusiy aql egalaridan qolgan madaniy meros
umuminsoniy mazmundagi ma'naviy qadriyatlar Ulug’bek ilmiy- falsafiy dunyoqarashi rivojida 
manba bo’lib xizmat qildi. Ulug’bekning bshgami va tafakkuri zamondoshlaridan bir necha bor o’zib 
ketgan edi. 
Ulug’bek boshqa ko’pgina hukmdorlardan farqli, o’laroq, ham davlat arbobi, ham asl olim 
sifatida faoliyat ko’rsatdi, olimlikni arboblik, arboblikni olimlik bilan qo’shib olib bordi, ilmu amal 
yo’lini o’z faoliyatida birlashtirdi. 
Davlat arbobi sifatida qurilish ishlarini haddan tashqari rivojlantirdi, poytaxtni me'morchilik 
san'ati bilan bezadi, ulkan binolar bilan obod qildi, o’zigacha boshlangan qurilishlami nixoyasiga 
etkazdi. 
Mirzo Ulug’bek hukmronligi davrida adabiyot, san'at, tarix, falsafa, tibbiyot bilan bir qatorda 
matematika, astranomiya ham tez rivojlagadi. 
O’zi allomai jahon hisoblangan Mirzo Ulug’bek fan va madaniyat taraqqiyotiga alohida 
ahamiyat berib, atrofiga o’z zamonasining eng buyuk olimlari— atoqli astronomlar va 
matematiklarni to’plab, ular bilan yaqin ilmiy muloqotda bo’lib, ilmiy yo’nalish va yo’l-yo’riqlar 
berib turdi. 
Mirzo Ulug’bek hayoti, amaliy faoliyati ilm-fan taraqqiyotiga bag’ishlangan edi. U ilm 
yordamida kelajakni oldindan ko’rdi. Ulug’bekning astronomiya va boshka fanlar sohasidagi 
kashfiyotlari va ilmiy ta'limotlari insoniyatning keyingi ilmiy tafakkuri rivojiga favqulodda muhim 
zamin tayyorlab berdi. 
Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishda (1994 yil 15 
oktyabrb) so’zlagan nutqida Birinchi Prezidentimiz aytganidek, «Taqdir bu ulug’ zotning zimmasiga 
behad ulkan va mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan 
saltanatning vorisi bo’lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi. O’zining cheksiz aql-idroki; azmu 
qat'iyati, odilona siyosati bilan Mirzo Ulug’bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining 
donishmand hukmdori bo Tib, xalqlarning azaliy orzusi — tinchlik, totuvlik, har tomonlama 
taraqqiyotni qaror toptirish yo’lida mislsiz shijoat va matonat ko’rsatdi». Uning umumbashariy 
qadriyatlarga qo’shgan xissasi beqiyos bo’lib, u bugungi kukda ham hayotimizda ulkan ahamiyat 


23 
kasb etmoqda va O’zbekistonning xalqaro obro’sini oshirish yo’lida katta xizmat qilmoqda. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin