20
materiya va shakl ham o’zaro aj-ralmyasdir. Materiya harakat, fazo, zamon bilan bog’liqdir. Abu Ali
ibn Sino aqlning har tomonlama rivojlanishiga, tabiat sirlari va xaqiqatni bilish mumkinligiga qattiq
ishongan edi. SHuning uchun ham ohm odamlarni bir-biri bilan do’st, inoq bo’lib yashashga chorladi.
Odamlar sofdil, samimiy do’st bo’lib yashasa, bir yoqadan bosh chiqarishsa xar qanday mushkul
oson bo’lishiga qattiq ishondi.
Ibn Sino odamlarga qarata «Risolatut tayr» («Qush risolasi») asarida shunday degan edi: «Ey
birodarlar! Bir-biringiz bilan samimiy do’st bo’lib, haqiqatni. ochinglar. Har bir kishi o’z birodari
uchun ko’nglidagi samimiylikdan (to’sqishshk) pardasini ochib tashlasin.
SHunday qilinglarki,
birodarlaringiz sizlardan (o’zi bilmagan) ba'zi narsalarni o’rgansin va boshqalari (bo’lsa) ba'zi
narsalarni o’rganib, o’zini kamolotga etkazsin».
Buyuk mutafakkir eslatib o’tilgan «Qush risolasi»-da, baxt o’z do’stlariig yoningda yashagan,
sen har kuni ko’rishib turadigan, birga ishlaydigan va o’z vaktingni xushchaqchaq o’tkazib turadigan
do’stlaring bilan birga yashaydigan joydadir, deb ta'kidlaydi.
BERUNIY
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973— 1048) jahon fani va madaniyati tarixida
yorqin siymolardan hisoblanadi. Beruniy o’z zamonasining buyuk mutafakkiri, olimlar peshvosi
bo’libgina qolmay, balki hamma zamonlarning eng ulug’ allomasidir.
Beruniy bilan G’aznada yashagan mashhur tarixchi Abul Fayz Bayhaqiy (1077 yilda vafot
etgan) olimga baho berib, bu odam ilmi adabda, narsalaming mohiyaini aniqlashda, handasa va
falsafada shu qadar bilimdon ediki, uning zamonida unga tenglashadigan hech kim yo’q edi. XIII
asrda yashagan yirik olim YOqut Hamaviy ta'biri
bilan aytganda, zamona ilm va aqlda unga teng
keladigan boshqa odamni ko’rmadi.
Beruniy butun kuchi, hayoti, aql-idroki va tafakkurini ilmu fan asoslarini o’rganishga sarfladi.
U o’zini qiziqtirgan masalalarni sinchiklab o’rganib mohiyatini bilib olishda hech erinmagan,
hafsalasi nihoyatda zo’r bo’lgan. SHuning uchun ham SHarqda Beruniy haqida osoyishtalikni
mashaqqatdan, kechani kunduzdan ajratmagan, kuni qalam ushlashdan, miyasi fikrlashdan, tili bayon
etishdan hech qachon to’xtamagan, o’z taxsili va kamoloti uchun yilning hamma kunlarini bergan,
degan gap tarqalgan.
Beruniy nihoyatda sermahsul, ilmiy faoliyati ko’p qirrali va boy komusiy olimdir. Akademik I.
YU. Krachkovskiy so’zi bilan aytganda, u qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko’ra, qiziqmagan
sohalarni sanab chiqish osonroqdir.
Beruniy 160 ga yaqin asar yozgan. Uning asarlari astronomiya, matematika, geografiya,
geodeziya, kartografiyaga,
ob-havo masalalariga, minerologiya, fizika, dorishunoslik, tarix va
etnografiyaga, falsafaga, dinga, ritorika va musiqaga, adabiyotga, xullasi kalom,
ilmning hamma
sohalariga bag’ishlangan. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston»,
«Minerologiya», «Geodeziya», «Qonuni Mas'udiy» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy
qaysi bir fan bilan shug’ullangan bo’lsa, o’sha sohada insoniyat o’chun g’oyat katta, axamiyatga ega
bo’lgan eng muhim ilmiy g’oyalarni o’rtaga tashlagan, ham SHarqdagi, ham G’arbdagi o’zidan
keyingi olimu mutafakkirlarga juda katta ta'sir ko’rsatgan.
Beruniy tabiat, unda cheksiz ravishda ro’y berib turadigan tabiiy hodisalar, jarayonlar xususida
muhim ilmiy-falsafiy g’oyalarni ilgari suradi va isbotlab beradi. Olamda bo’lib turadigan
o’zgarishlar, ya'ni tuzilish va buzilishlarning, pay do bo’lish va yo’qolishlarning o’ziga xos sabablari
borligi haqida tabiiy-ilmiy va falsafiy mulohazalarini may donga tashlaydi, Tabiiy jarayonlarda
bo’ladigan imkoniyat va voqelik,
moxiyat va hodisa, sabab va oqibat, shuningdek, irsiyat va
o’zgaruvchanlik masalalariga katta e'tibor beradi. Odamlarning rang, su'rat, tabiat va ahloqda
turlicha boTishlarining asosiy sababi, olimning ta'kidlashicha, faqat nasl- nasablarining
turlichaligida emas, balki tabiiy-iqlimiy muhitlarning — tuproq, suv, havo va joylaming turlichaligi
hamdir.
Borliqning abadiyligi, uning doimiy ravishda o’zgarib turishi haqida ham Beruniy o’z fikrini
mukammal bayon etadi. «Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar» asarida, «01am
azaliy falak
cheksiz bo’shliqqa joylashgan», — deydi. Allomaning fikricha, er, tabiat azaldan hozirgi holatida
bo’lgan emas, bundan keyin ham shunday holatda qolmaydi. Uzoq yillar mobaynida evolyutsion
o’zgarishlar tufayli erimizning tashqi qiyofasi, relbefi, faunasi, nabobati, ob-havosi, iqlimi bir necha
bor o’zgardi, daryolarning oqish yo’Hari oldingidan boshqacha bo’lib koldi, quruqlikda bir vaqtlar
21
bo’lmagan ko’llar, dengizlar hosil bo’ldi, ba'zilari esa yo’q bo’lib ketdi, tog’lar emirildi. Ava shu
tabiiy sabablar tufayli o’sha joydagi sharoitlar o’zgarib ketdi.
Beruniy erdagi iqlimning, mavsumlaming o’zgarib turishi quyoshning harakatiga bog’liq
ekanligiga ham e'tibor bergan. «Astronomiya kaliti» asarida Beruniy erning aylanmasligi haqidagi
eskicha tasavvurlarni rad etadi va er aylanadi, uning harakati qonuniy ravishda va astronomik
hodisalarga muvofiqdir, deydi. Mutafakkiming «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida
nur va zamon, nurning harakati va tovush harakati, nur va issiqlik, nur va qorong’ulik, oy nuri va
quyosh nuri singari masalalar ham bayon etilgan.
Beruniy materiya doim o’zgarib, xarakat qilib, yangilanib, turli shaklga kirib turishi, moddiy
narsalar va ularning xarakati abadiy ekanligini alohida qayd qiladi. Uning fikricha, olamda narsalar
rivojlanib turadi, narsalarning nihoyasiz ravishda yashirinlikdan yuzaga chiqishi rivojlanishga
dalildir.
Beruniy
koinotda Erdan, bizning hayotimizdan tashqari yana boshqa dunyolar mavjudligi,
harakat ziddiyatga asoslanishi haqidagi ilmiy fikrlarni ham ilgari suradi. Uningcha; tabiatda ma lum,
qonuniyat. bor, tabiatdigi hodisalarni o’sha qonuniyatlarga, tabiatning o’ziga asoslanib izox etish,
tushunish kerak. Tabiatda o’z-o’zidan maydonga kelib chiqadigan g’ayriqonuniy, tartibsiz narsa
yo’q. YUzaki qaraganda tartibsizlikka o’xshagan hodisalar ham aslida ma lum qonuniyat asosida
maydonga keladi.
Beruniy Er Quyosh atrofida aylanadi, degan xulosaga kelib,
olamning geliotsentrik
nazariyasini yoqlashga intildi. Beruniyning dunyo oldidagi eng katta xizmatlaridan biri shundan
iboratki, u Galileydan bir necha asr oldin Erning dumaloq shaklda ekanligi va Quyosh atrofida
aylanishi haqidagi farazni o’rtaga tashladi. U astronomiya, geologiya, gidrostatika va jo’g’rofiya
sohasidagi ratsionalistik fikrlari bilan Kopernik, Leonardo da Vinchi va boshqa olimlarning
kashfiyotlarini ko’p iihatdan oldindan payqagan zdi.
Dostları ilə paylaş: