Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

NAVOIY 
Jahon fani va madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirgan mutafakkirlar orasida Alisher Navoiy 
(1441 —1501 yillar) faxrli o’rin egallaydi. Navoiy o’zining ko’p qirrali ijtimoiy-siyosiy, badiiy, 
ilmiy-falsafiy faoliyati bilan ma'naviyatimizning porloq yulduziga aylandi. 
Ulug’ o’zbek shoiri, olimi va mutafakkiri Alisher Navoiyning ilmiy dunyoqarashi, falsafiy 
ta'limoti u yashagan va ijod etgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma'naviy muhit va sharoitlar 
ta'sirida shakllandi va rivojlandi. 
Navoiy mavjud barcha ilmiy bilimlar, .ijtimoiy-falsafiy tafakkur, madaniy- ma'naviy 
boyliklarni bolaligidanoq tinmay o’rgandi, ularga katta xurmat bilan qaradi. U bashariyatning buyuk 
mutafakkiriari yaratib ketgan ilmiy durdonalarni izladi, topdi, o’qidi. Alisher uch yosh bilan to’rt 
yoshning orasida she'rlar yod oladi va hurmatli kishilar orasida ularni o’qib, davradagilarning hayrati 
va olqishlariga sazovor bo’ladi. Bolalik chog’ida, hali maktab o’quvchisi ekanligidayoq Fariduddin 
Attorning mashhur falsafiy, asari «Mantiqut-tayr»ni boshdan oyoq yodlab oladi, uning ta' siriga 
butunlay berilib ketadi, sehrlanib qoladi. Bu xaqda u o’zining «Lisonut-tayr» («Qush tili») kitobida 
shunday deydi: «SHu axvolda ko’p vaqt u bilan mashg’ul bo’lib, bu daftarga e'tiqodim tobora ortar 
edi. SHundan so’ng, men kishilar bilan ulfat bo’lishdan qochdim. Bu kitob hilvatdagi eng qadrdon 
sirdoshim bo’lib qoldi.. Natijada kishilarning yashash tarzlari va harakatlari ta'bimga malol kela 
boshladi. Oqibat bu kitobga bo’lgan ishqim meni shu xil shaydolik sari etakladi. Bu savdo meni 
devona bir xolga solib, men, uzlat eshigini ochay va bu olamning bema'ni elidan qochay, dedim». 
Ota-onasi uning bu holatidan vahimaga tushib, jinni bo’lib qolmasin deb qo’rqishib, u kitobni 
Alisherning qo’lidan tortib olishadi, uni o’qishni butunlay ta'qiqlashadi. Lekin bu asar Alisherga 
allaqachon yod bo’lib qolgan, ko’ngli qush tili bilan sirdosh bo’lib, undan boshqa so’zga mayli 
qolmagan edi. 
Alisher yigitlik chog’laridayoq ellik ming bayt she'rni yod olgan, 12 yoshidan boshlab g’azal 
bilgan, 20— 25 yoshlaridayoq turkiy zlga, nafaqat turkiy balki forsiy zlga ham ardoqli bo’lgan, 
dovrug’ taratgan. 
Navoiy ijodi va ilmiy dunyoqarashida SHarq mamlakatlari va qadimgi YUnonistonning 
madaniyati va falsafasi o’zining chuqur ilmiy ifodasini topgan. Bu uning «Farhod va SHirin», «Saddi 
Iskandariy» nomli asarlari, ko’pchilik she'riy kitoblari, devonlarida ochiq-oydin ko’rinib turibdi. 
Navoiyning badiiy ijodi va ilmiy tafakkuri, ajtimoiy-falsafiy qarashlari, SHarq Uyg’onish davri 
tarbiyalab etishtirgan Axmad Farg’oniy, Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug’bek, YUsuf 
Xos Hojib singari qomusiy aql egalari, tafakkur titanlari falsafiy talimotlarining qonuniy davomi va 
ijodiy takomilining yangi bosqichi sifatida yuzaga keldi. 
Alisher Navoiy Rudakiy, Firdavsiy, Sa'diy, Nizomiy Ganjaviy, Durbek, Atoiy, Sakkokiy, 
Lutfiy, Ahmad YAssaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va boshqa mutafakkirlarning 
ta'limotlari, an'analari, asarlaridan chuqur ta'sirlangan, bahramand bo’lgan. 
Abdurahmon Jomiy «Sibhatul-abror» asarida kishilarni bekordan-bekorga nizolashmaslikka, 
do’stlikda hayot kechirishga chaqirgan edi. Insonning vazifasi bir-biriga elkadosh, suyanchiq, 
bir-birining og’irini engil qilish, dardiga darmon bo’lish ekanligini aytgandi. Har qanday mushkul 
ishni ham urush-janjalsiz, sulh va tinchlik bilan hal etish mumkinligini qayta-qayta uqtirib, 
«hammaga omonlik istaguvchi bo’l, shunda adovatga qolmagay hech yo’l», degan edi. 
Fors-tojik adabiyoti, san'ati, madaniyati, falsafasi asoschilarining olamni bilish mumkinligi 
xususida bayon etgan fikr-mulohazalari juda katta ilmiy-amaliy qimmatga egadir. Ularning 
aytishlaricha, olam inson sezgisi va bilimining manbaidir. Inson dunyoni taxminlarga asoslanib 
emas, balki ilmiy bilim va tafakkur asosida biladi, uning mohiyatini sekin-asta ' anglay boshlaydi. 
Rudakiy «odamlar qalbining chirog’i bilim, balodan saqlanish yarog’i bilim», deb aytgan, aql-idrokni 
hammadan yuqori qo’ygan, ilm-donishga intilishga odamlarni da'vat etgan. Rudakiy ijodida falsafiy 
erkin fikrlilik, hayotdan olingan bilim va tajribaning qadriga etish, narsalarning tashqi ko’rinishidan 
ichki mohiyatini ajrata bilish masalalariga aloxida e'tibor berilganini ko’ramiz. eng katta muallim 
hayotning o’zi ekanligi boshqa mutafakkirlar tomonidan ham qayta-qayta ta'kidlangan. «Hayot—eng 
katta ustod» degan qoida ulug’ Firdavsiyning «SHohnoma»sida ham ilgari surilgan. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin