Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

IMOM AL-BUXORIY 
IX—XV asrlarda Turon zaminida Ahmad Farg’oniy, Muso Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr 


24 
Forobiy, Abu Ali ibn Syno, Abu Rayhon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Mirzo Ulug’bek, Alisher 
Navoiy va boshqa jahonga mashxur qomusiy olimlar bilan bir qatorda islom ta'limoti rivojiga ulkan 
hissa qo’shgan ulug’ ustozlar va ulamoi kiromlar ham dunyoga keldi. Islo m olamida eng etuk va 
mashhur olimlardan hisoblangan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriy, Imom Abdulloh 
ibn Muborak al-Marvaziy, Xaysam ibn Kulayb ash- SHoshiy, Ibn Hibbon as-Samarqandiy, 
Jamoliddin an-Nasafiy, Imom at-Termizyy, Xo’ja Ahmad YAssaviy, Abdulholiq G’ijduvoniy, 
Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahror Vali singari buyuk zotlar shular jumlasidandir. Bu oltin asrda 
vatandoshlarimizdan shariat ahkomlarini har tomonlama chuqur o’rganish, Qur'oni Qarim oyat va 
suralarini ilmiy sharhlab bayon etish, tafsirlash, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning 
Hadisi SHariflarini to’plab, tartibga solish, fikh fani—islom xuquqshunosligi, odob-axloqi, shariat 
qonun- qoidalarini bayon etish va ilmiy asoslab, islom dini va falsafasini dunyo bo’ylab yoyishda 
shuhrat taratg’an buyuk olimlar birin-ketin yotishdilar. 
Aziz vatandoshimiz Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810—870) 
yoshligidayoq aql-idrokli, o’tkir zehnli bo’lib, barcha ilohiy va dunyoviy bilimlarni chuqur 
o’rganishga kirishadi. U buyuk zot o’zining asosiy z'tiborini hadis ilmini zo’r ishtiyoq va xafsala 
bilan o’rganishga qaratadi. Ma'lumki, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlik 
chog’larida aytgan so’zlari, qilgan ishlari, yo’l-yo’riqlari va ko’rsatmalari, pandu o’gitlari ul zotning 
hadislari yoki sunnatlari hisoblanib, islom ta'limotida Qur'oni Karimdan keyin ikkinchi manba 
hisoblanadi. CHunki Muhammad alayhissalomning o’zlari hadislaridan birida: «Ey ummatlarim! 
Men sizlar uchun Qur'oni Karim bilan o’zimning sunnatim—yo’l-yo’riqlarimni qoldirdim. Sizlar shu 
ikkalasini qattiq tutib, ularga amal qilsalaringiz to’g’ri yo’ldan aslo adashmaysizlar»,—deb bashorat 
qilgan edilar. 
Payg’ambarimiz hadislariii birinchi manbalarga asoslanib, qiyomiga etkazib to’plash, ilmiy 
tartibga solysh, ularni sharhlash va targ’ib qshgash ishlari bilan juda ko’p olimlar shug’ullanganlar. 
Islom olamida ulardan sanoqlilarigina musahhih, ya'ni eng ishonchli hadis to’plovchi ohm, deb tan 
olingan. Ana shulaming oldingi safida Imom Buxoriy xazratlari turganlar. Imom, Buxoriy hadis 
ilmining. peshvosi, sahih yo’nalishining asoschisi, islom olamida eng etuk va mashhur muhaddisdir. 
O’rta asrlar musulmon SHarqida, birinchi navbatda, Markaziy Osiyoda tasawuf nomi bilan 
ataladigan diniy falsafiy ta'limotni yaratish, ilmiy asoslab berish, targ’ib-tashviq etish va olam uzra 
yoyishda donishmand bobolarimiz buyuk xizmatlarini xalqimiz, millatimiz, Vatanimiz hech qachon 
unutmaydi. Tasawuf — insonning kamolotga etish, ilohiy hislatlarga yaqinlashish yo’lidir. 
Tasawufning boshlanishi — ilm, o’rtasi — ish, oxiri — Allohning berganidir. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin