Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi


-MAVZU: Mustaqillik va yangi qadriyatlar tizimi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

14-MAVZU: Mustaqillik va yangi qadriyatlar tizimi. 
Reja: 
1. Mamlakatimizda jahon siviliziyatsiyasining to’laqonli tarkibiy qismi bo’lgan yangi 
qadriyatlar tizimi shakillanishi uchun ob'ektiv va sub'ektiv omillaming paydo bo’lishi. 
2. Istiqlol davrida yangi qadriyatlar tizimi vujudga kelishining zaruriyligi. 
3. O’zbekistonning o’ziga hos yangi qadriyatlar tizimi shakillanishi. 
4. Tabiiy va iqtisodiy qadriyatlar xalq farovonligi xizmatida. 
5. Ma'naviy-madaniy qadriyatlarimizning qayta tiklanishi 
6. Mustaqillik davrida qadriyatlar tizimidagi o'zgarishlar. 
Mustaqiligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan kup asrlar mobaynida 
yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaxo manaviy va ma'daniy merosning tikiash davlat siyosati 
darajasiga kutarilgani nixoyatda muxim vazifa bo Tib qold». 
Natijada xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo’lga kiritgach, o’z taqdirining chinakam 
egasi, o’z taqdirining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatning soxibiga aylandi. 
SHuningdek, mustaqillik sobiq ijtimoiy-siyosiy tuzum xukmronlik qilgan yillardagi xalqimiz 
tarixiga, madaniyatiga, biryoqlama yondoshishdek ijtimoiy illatdan ongimizni xoli etdi. 
Mustaqillik bizning milliy ma'naviy ildizlarimiz naqadar teran, naqadar baquwat ekanligini 
ochiq-oydin ko’rsatib berdi. 


133 
«Biz, - deydi I.A.Karimov, - boshqalarni kamsitish niyatidan yiroqmiz. Ammo bugungi ayrim 
saltanatlar ahli qabila-qabila bo’lib yashagan zamonlarda bizning muborak zaminimizda ilmu-fan 
barq urub yashnagan, tabiiy ilmlar, xususan, tibbiyot, matematika, astronomiya kabi fanlar 
madrasalarda o’qitilgani, ilmiy akademiyalar tashkil etilib, mag’ribu-mashriqqa nom taratganini 
eslasak va bundan har qancha g’ururlansak arziydi»! 
Mazkur asarning oldingi saxifalarida keltirilgan ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, 
o’lkamiz olimlari nafaqat tibbiy ilmlar mantiq, huquqshunoslik, san'atshunoslik, tarix va xokazolar 
ham o’zlarining ilmiy maktablarini yaratib, jahon madaniyatini rivojlantirishga salmoqli xissa 
qo’shib kelganlar. 
Asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma'naviyati, adolatparvarlik, ma'rifatparvarlik kabi 
ezgu fazilatlari sharq falsafasi va islom dini ta'limoti bilan uzviy ravishda rivojlanib kelgan. endilikda 
bizning vazifamiz ana shu an'anani yanada taraqqiy ettirib o’z xalqimiz tafakkuriga mos, tushunarli 
va yaqin bo’lgan sharq falsafasi bilan bir qatorda islom ta'limotidan ham bekamiko’st 
foydalanishimiz lozim. 
«Bizning kelajagi buyuk davlatimiz, - deydi I.A.Karimov, - ana shu falsafaga uyg’un xolda, 
Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja Baxouddiy Naqshban, Imom Al Buxoriy, Imom At-Termiziy, Amir 
Temur, Mizo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono 
fikrlariga uyg’un xolda shakllanishi lozim». 
Darhaqiqat, islom ta'limoti ming yillar mobaynida xalqimiz yaratgan boy madaniy va 
mafkuraviy merosdir, uning jamiyatimiz taraqqiyotidagi ijobiy rolini aslo inkor etib bo’lmaydi. 
Akademik Izzat Sulton ta'kidlaganidek, «Diniy e'tiqodlarga keng yo’l ochilgan, din bizning madaniy 
atimizning ajralmas qismi bo Tib qolgan bugungi kunda bizga diniy e'tiqod bilan sug’orilgan Olohni 
tanishga asoslangan ahloq zarur. Xalqimizning butun tarixi mobaynida ishlangan, asrdan asrga 
boyitib va mukammallashtirib borilgan ahloq bugungi va kelajagimizdagi ahloqiy qoidalarimizga 
asos bo’la oladi». 
Mustaqillik bizga ma'naviy mulkimizni, tariximizni, ulug’ bobolarimiz ruhini shod etishni 
imkoniyatini qaytarib berdi. Istiqlol tufayli tariximizga munosabat ijobiy tomonga o’zgardi. Bugungi 
kunda ulug’ bobolarimiz Imom Al-Buxoriy, Imom At- Trmiziy, Xoja Ahmad YAssaviy, Xoja 
Baxouddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubroning insonni ma'naviy etuklikka chorlovchi diniy, 
ahloqiy va huquqiy xikmatlari qaytadan jaranglay boshladi. 
Avlod-ajdodlarimiz tarixi tiklanayotganligi mustaqilligimizning ajoyib samarasidir. 
Xalqimizning kechmishi, tarixi va xayotini aks ettirgan asarlaming o’z ona tilimizda nashr 
etilayotganligi quvonchlarimizga quvonch qo’shmoqda. 
Endilikda o’tmishimizning ko’pgina saxifalari xujjatlar, qo’lyozma materiallari birinchi 
manbaalar asosida yoritilmoqda. Tarixiy xaqiqatlar asl manbaalarga tayanib tiklanyapti. 
Bularning hammasi tarixiy adolatning buyuk g’alabasi, tantanasidir. 
Mustaqillik sharofati bilan tiklanib, qaddini rostlayotgan, to’xtovsiz rivojlanib borayotgan 
milliy madaniyatimiz jamiyatimiz taraqqiyotini tezlashtirish, insonni ma'naviy-ahloqiy jihatdan 
tarbiyalash va kamol toptirishda o’mi benihoyat kattadir. 
Jamiyatimizda го’у berayotgan ma'naviy yuksalish, insonning ahloqiy, g’oyaviy, siyosiy 
kamoloti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy uyg’onish jarayonlari bilan uzviy 
aloqadorlikdadir. 
Insonning ma'naviy-ahloqiy kamoloti nihoyatda keng, ko’p qirrali, mazmun mohiyati jihatidan 
chuqur bo’lib, o’z ichiga juda ko’plab sohalarni qamrab oladi. SHularning ichida markaziy o’rnini 
dunyoqarash masalasi egallaydi. 
Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniyat va ilmiy kashfiyotlar 
jamiyatimizning oliy qadriyati bo’lgan insonning dunyoqarashini shakllanitirish va rivojlantirishda 
katta ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, dunyoqarash bu kishilaming olam va uning o’zgarishi, 
rivojlanishi xaqidagi, ilmiy, falsafiy, huquqiy, ahloqiy, estetik, diniy va xokazo qarashlari va 
tasawurlari majmuasidan iborat. Demak, dunyoqarash olam xaqidagi yaxlit, umumlashtirilgan 
bilimlar to’plamidir. Kishilar tevarak atrofdagi narsa va xodisalar to’g’risida qancha ko’p 
ma'lumotga, bilimga ega bo’lsalar ularning dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va puxta 
bo’ladi. 
Dunyoqarashning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, u insonni qurshab turgan voqelikni 


134 
anglash, tushunish bilan bir qatorda uni baholash hamdir. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga 
qo’shilib baholangach, insonning tevarak atrofdagi ijtimoiy va tabiiy reallikda bevosita, amaliy yo’l 
tutish maqsadiga xizmat qiladi. SHundan ko’rinib turibdiki, dunyoqarash insonning voqelikdagi o’z 
o’rni va rolini belgilab beradigan ongli ravishda to’plangan, izoxlangan va baholangan bilimlar 
majmuasidir. 
Dunyoqarash tarkibiga kishilarning olamni bilishi va baholashiga oid bo’lgan ishonch va 
e'tiqodlari, niyat va maqsadlari, orzu-umidlari, ular faoliyatiga ma lum yo’nalish beruvchi barcha 
qadriyatlar ham kiradi. 
Mifologiya, diniy, falsafiy dunyoqarash - ijtimoiy borliqning in'ikosi bo’lib, u muayyan tarixiy 
davrda insoniyat yaratgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy tuzumga bog’liq bo’ladi. 
Inson faoliyatida ilmiy falsafiy dunyoqarash asosiy rolb o’ynaydi. Uning o’ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, u kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining umumiy qonuniyatlari 
xaqida yaxlit ma'lumot beradi. SHu bilan birga u insonni qurshab turgan moddiy olamni bilish 
mumkiniligini materiyaning doimo harakatda va rivojlanishidaligini ta'kidlaydi. Falsafiy 
dunyoqarash asosida kishilar ob'ektiv olamdagi hamma narsa va xodisalar jarayonlar o’zidan boshqa 
narsalar bilan ichki, zaruriy muhim aloqadorlikda, ta'sir va aks ta'sirida ekanligini chuqur anglab 
oladilar. 
Kishilar dunyoqarashini shakllantirishda, ularda tabiat, jamiyat, insonning kelib chiqishi, 
rivojlanishi xaqida tasawurlar xosil qilishda Markaziy Osiyo mutafakkirlari tomonidan yaratilgan 
ilmiy, falsafiy meros bitmas-tuganmas boylik xazinasi xisoblanadi. Undan unumli va samarali 
foydalanishni xozirgi vaqtda mustaqil jamiyatimizning oldida turgan dolzarb vazifasidir. 
Falsafiy dunyoqarash narsa va xodisalarni inson ongida yaxlit aks ettirish bilan bir qatorda u 
kishilarning tafakkurlash madaniyatini, ichki ma'naviy dunyosini shakllantiradi, ulami ma'naviy 
kamol toptirishga yordam beradi. 
Falsafiy dunyoqarash kishilarga xos bo’lgan rostgo’ylik, poklik, insonparvarlik, vatanparvarlik 
kabi olijanob fazilatlarni, ahloqiy normalar va qoidalarni mujassamlashtiradi. 
Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar jamiyatning tabiat bilan uzviy birligi, inson va insoniyat 
taqdirining mushtarakligi, turli-tuman xalqlar madaniyatining xilma-xilligi va birligi xaqida ishonch 
xosil qiladi. 
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining fikricha, barcha insonlarga xos bo’lgan olijanob fazilatlar 
eng awalo faylasuflarda o’z aksini topmog’i lozim. 
«Faylasufning xulq-atvori, ahloqi ham o’z kasbiga loyiq bo’lishi kerak. SHuningdek, o’z 
xalqini ra'yini va o’z xalqida bo’lgan eng yaxshi urf-odatlarini qattiq tutgan bo’lishi kerak. 
Faylasuf bo’lmoqchi bo’lgan odam o’z ahloqi va xislatlari bilan bu aytilgan shartlarga javob 
bera olsa, shundan keyn u faylasuf bilimini o’rganishiga va uni boshqalarga o’rgatishga kirishuvi 
mumkin», - deb yozadi Farobiy. 
Inson ma'naviy kamolotining eng muxim ko’rinishi va zarur shartlaridan biri siyosiy 
madaniyatning о’sib borishidir. Agar har bir millat vakilida, har bir insonda yuksak siyosiy bilim va 
madaniyat, siyosiy ziyraklik bo’lmasa Mustaqillik barqaror bo’la olmaydi. 
Siyosiy madaniyat o’zida xalollik va poklikni, ishchanlik va uzoqni ko’zlab ish tuta bilish 
fazilatlarini mujassam etgan odamlaming g’oyaviy-siyosiy etukligi, nazariy bilimlami istiqbrlni 
yorqin tasawur etgan xolda amalda qo’llay bilish, kun tartibidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
mafkuraviy muammolarini keng miqyosda hal etish mahorati demakdir. Siyosiy madaniyat, 
aytilganlardan tashqari, insondagi faollig va tashabbuskorlikni, yuksak ahloqiylik, qat'iy irodalik, 
xushmuomulalik, ziyraklik, uzoqni ko’ra bilishni o’z ichiga oladi. 
SHarq mutafakkirlari jamiyatni ilmiy asosda boshqarish masalalariga katta e'tibor berib 
kelganlar. Jumladan, Farobiy, Beruniy YUsuf Xos Hojib, Amir Teiur, Ulug’bek, Navoiy va 
boshqalarning asarlarida davlatning tuzilishi, uning ichki va tashqi siyosatning asosiy tamoyillari, 
davlat rahbarlarining hususiyatlari bo’yicha muhim malumotlar berilgan. ularni sinchiklab o’rganib, 
xayotga ijobiy tadbiq etish mustaqil davlatimizning siyosiy asosini yanada baquwat qilishda katta 
zamin bo’lishi shak-shubxasizdir. 
Mustaqilligimiz olidida turgan muammolami, milliy istiqlolimizning nazariy masalalarini 
yuzaki bilishni, ularning tub mohiyatiga tushmaslik va so’zda shunchaki qayd etishni siyosiy 
onglilikham, siyosiy madaniyat ham deb bo’lmaydi. Nazariy bilimlar mustaqillikning amaliy 


135 
masalalari bilan bog’langan, har bir insonning iymon-e'tiqodiga aylangandagina faoliyatnig asosi 
yuzaga chiqadi. 
YUksak siyosiy bilim va madaniyatga, iymon-e'tiqodga ega bo’lgan inson jamiyatimiz, 
davlatimiz, xalqimiz va millatimizning eng katta boyligi hisoblanadi. 
Ma'naviy barkamollik huquqiy ongni ham o’z ichiga oladi. Inson muayyan jamiyatda yashar 
ekan, uning ahloq-odobi shakllanishi mavjud huquqiy mezonlar bilan bog’lanmog’i kerak. Insondagi 
faollik u xohlagan ishni qila berishdan iborat emas. Faollik jamiyat qabul qilgan qonun va qoidalar 
chegarasida bo’lmog’i zaruryu 
Jamiyat qabul qilgan qonunlami hurmat qilish, unga asoslanib ish ko’rish, huquqiy qoidalar va 
mezonlarning buzilishiga yo’l qo’ymaslik ma'naviy kamolot, ahloqiy nopoklik belgisidir. 
Inson huquqiy madaniyatining darajasi uning huquqiy bilimi va saviyasi qabul qilingan 
qonunlar soni bilan emas, balki o’sha qonunlarning barcha sohalarda to’la ijro etilishi bilan 
belgilanadi. 
Birinchi Prezidentimiz tomonidan alohida ta'kidlanganidek, «Huquqiy madaniyat darajasi 
faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma'lumotlardan xabardor bo’lishdangina iborat emas. U 
qonunlarga amal qilish va ularga bo’ysunish madaniyati demakdir. U - odil sudni hurmat qilish, o’z 
haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat 
degani - turli mojarolami hal qilishda qonunga xilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir». 
Insonda huquqiy ong va madaniyat o’z-o’zidan shakllanmaydi. U jamiyatda, oilada, 
jamoatchilik o’rtasida ta'lim-tarbiya natijasida shakllanadi. 
Ta'lim-tarbiya olidida turgan asosiy maqsad yosh avlodga ajdodlarimizning dono tajribalarini 
singdirish, insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, vatan va millat oldidagi burch va 
mas'uliyatni xis qilishg o’rgatish, qonunlarga rioya etish xislatini qaror toptirishdan iboratdir. Bu 
borada ham SHarq falsafasi va islom ta'limotidan unumli foydalanmog’imiz lozim, chunki 
ajdodlarimiz tomonidan qonunga rioya qilish, unga bo’ysunish kabi masalalar chuqur va atroflicha 
ishlab chiqilgan. Bunga islom ta'limotining durdonasi hisoblangan «SHariat» va «Xidoya», Amir 
Temur «Tuzuklari» va boshqa manbalar, huquq masalasiga oid fikr- mulohazalar misol bo’la oladi. 
Madaniyatning inson ma'naviy-ahloqiy kamolotidagi ahamiyati aytib o’tilganlardangina iborat 
emas. O’z erkini qo’lga kiritgan mamlakatda milliy ong, milliy birdamlik tuyg’usini qaror toptirish 
juda muhim. Mustaqillik, davlatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlari bo’lgani xolda etuk milliy 
ong bo’lmasa erkinlik, hurriyat qo’lda ushlab turish behad mushkullashadi. 
Ma'naviy barkamol inson o’ziga loyiq ko’rmagan biron-bir nojo’ya kishi o’zgalarga ham ravo 
ko’rmaydi, hech bir kishiga jabr-zulumni xohlamaydi, jonzotga ozor bermaydi. Vatanga va millatga 
sodiqlik ham madaniyatlilik, ma'naviy barkamollik, ahloqiy nopoklikning belgilaridan hisobalandi. 
Jismoniy baquwat, ma'naviy-ahloqiy jihatdan bo’lmasdan turib shaxs barkamol bo’lolmaydi. 
Ma'naviy, jismoniy sog’lom aloddan tarbiyalash bu boradagi ishlarning asosiy mohiyati va 
yo’nalishni tashkil etadi. 
Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida aytilganicha, «badanning salomat 
va quwatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadurki... Maishatimizni rohatda bo’lmog’i 
jasadimizning sog’lom bo’lmog’iga bog’liqdir. Biz sihatimizni saqlamoq ila amr boTinganimiz, 
shuning uchun vujudimizni har sihatga zid bo’lgan yomon odatlar ila churitmoqdan saqlanmog’imiz 
lozimdir». 
Jismoniy sog’lom, baquwat, lekin ma'naviy qashshoq kishilar insoniyat uchun foydadan ko’ra 
zarar keltiradilar. 
Xalqimizda, «sog’lom tanda sog’ aqb> degan dono naqil bor. Sog’lom ijtimoiy muxit shaxsiy 
kamolot zaminiga aylana oladi. «Badan tarbiyaning fikr tarbiyasiga xam yordami bordur,-deydi 
Abdulla avloniy eslatib o’tilgan asarida. - Jism ila ruh ikkisi bir choponning o’ng ila tersi kabidir. 
Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon huquqlardan saqlanmasa choponning ustini qo’yib, 
astarini yuvub ovora bo’lmoq kabidirki, har vaqt ustiga kir chiqadur». 
Allomalarimiz asarlarida ta'kidlanganidek, insonning ma'naviy kamolotida jismoniy va badan 
tarbiyasidan tashqari aqliy tarbiya va go’zallik tarbiyasining, shuningdek, ahloqiy, ruhiy diniy 
tarbiyaning ham ahamiyati shak-shubxasizdir. 
«Qadimgi ajdodlarimiz komil inson xaqida butun bir ahloqiy talablar majmuasini, zamonaviy 
tilda aytsak, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar nopoklikka, 


136 
adolatsizlikka nisbatan murosasiz, isyon bo’lishi kerak»!,-deydi I.A.Karimov. 
Insof va adolat tuyg’usi, imon va halollik, xushmuomalalilik va xushxulqlik- bular inson 
ma'naviy barkamolligining namoyon bo’lish shakllaridir. 
Biz xozir milliy tiklanish davrida yashamoqdamiz. Har qanday milliy tiklanish milliy 
uyg’onish zaminidagina muvaffaqiyatli amalga oshadi. Milliy uyg’onish asosan ma'naviyat sohasida, 
milliy ong, insonning ma'naviy, ahloqiy kamolotida yuz beradi. Ma'naviy kamolot faqat o’tmishni 
to’la tushunib olishgina emas, balki kelajakka intilishdan ham iboratdir. « Taraqqiyot taqdirini 
ma'naviy jixatdan etuk odamlar halm qiladi. Tehnikaviy bilim, murakkab texnalogiyani egallash 
qobiliyati ma'naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va 
ruxiy-ma'naviy salohiyat -ma'rifatli insonning ikki qanotidir.» 
Ajdodlarimizning ma'naviy merosi asosida xalqimiz ma'naviy barkamolligini shakillantirish 
xususida gap ketganda bu borada olimlarimiz oldida turgan masalalami ham chetlab o’tib bo’lmaydi, 
albatta. Fikrimizcha, Markaziy Osiyo mutafakkirlaming asarlarini sinchiklab o’rganibchiqib, ularin 
ona tilimizda chopr etib, xalqimizga etkazib berish, respublika olimlarining oldida turgan birinchi 
vazifa bo’lsa, SHarq falsafasi va islom ta'limotidagi milliy qadriyatlarimizga asoslangan yangi, 
zamonaviy darsliklar, o’quv qo’llanmalarini yaratib, yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida 
tarbiyalashni yo’lga qo’yish ikkinchi vazifa deb, bilmog’imiz kerak. 
A.Karimov milliy mafkura kontseptsiyasining asosiy tamoyillariga bag'ishlab ilmiy va ijodiy 
jamoatchilik vakillari bilan 2000 yil 6 apreldagi uchrushuvda so'zladi. Nutq jamiyatimiz hayotidagi 
eng muhim masalalardan biri milliy mafkura xususida bo'ldi. Bugungi kunda nafaqat iqtisodiy 
hayotimizda, balki, ongu tafakkurimizda ham yangilanish o'zgarish jarayoni kechmoqda. Pirovard 
maqsadimiz bo'lgan ozod va obod, erkin va farovon hayot qurishdagi intilishlarimizda biz uchun 
ruhiy- ma'naviy kuch-quwat manbai, ilmiy asos - bu milliy g'oya, milliy mafkuradir. Fikr bor joyda 
baxs bo'ladi, baxs bor joyda haqiqat yuzaga keladi. Milliy g'oya, milliy mafkura ma'no-mohiyati, biz 
uchun juda zarur va kerakligini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin: 
O'z kelajagini qurmoqchi bo'lgan har qanday davlat o'z milliy g'oyasiga suyanishi va tayanishi 
zarur. Davlat tizimi, uni boshqarishdagi siyosat aniq mafkura asosiga qurilmog'i lozim. Oldin g'oya 
paydo bo'ladi. Odamlarimizni olijanob maqsad atrofida birlashtirishimiz zarur. Ongni, tafakkumi 
o'zgartirmisdan turib, biz ko'zlagan oliy maqsadga erishib bo'lmaydi. 
Biz totalitar tuzumdan erkin va ozod tuzumga o'tish sharoitida yashamoqdamiz. SHu davrda 
maqsadimiz aniq bo'lishi kerak. Maqsadga puxta ishlangan mafkura asosida etishish mumkin. 
YOshlarimizni qanday g'oya negizida tarbiyalaymiz, qanday mafkura va tafakkur ular uchun 
qurol bo'lib xizmat qiladi? 
Hech qanday g'oyaviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasligimiz kerak. eng ta'sirchan kurash awalo, 
mafkura maydonlarida olib borilmoqda. Lekin hali suyagi qotmagan yoshlarimiz soxta g' oyalar 
orqasidan ergashib ketmoqda. 
Milliy g'oya millatning o'zligini anglashga, qadriyatlarni tiklashga xizmat qilmog'i kerak 
Milliy mafkuramiz: a) milliy qadriyatlarga va b) umuminsoniy qadriyatlarga tayanishi zarur. 
Milliy mafkura hech qanday shaklda davlat mafkurasi maqomiga ko'tarilmasligi kerak. 
“Foyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, 
olishish mumkin.” Ozod bo'lsang ozod bo'l, erkin bo'lsang erkin bo'l, mustaqil bo'lsang mustaqil bo'l. 
O zbek millati oqko'ngil millat. Milliy mafkura o'zlikni anglashga xizmat qiladi. O'zlikni anglash o'z 
tarixini bilishdir. Tarixini bilish nasl-nasabini anglashdir. Milliy g'oya birlashtiruvchi kuch, qanot 
bo'lishi shart. 
Milliy g'oya ma'naviy negizida umuminsoniy qadriyatlar va milliy xususiyatlarning e'tirof 
etilishi. 
Umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi - barcha xalqlar uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi, 
insoniyatning umumiy manfaatiga mos keluvchi moddiy va madaniy hodisalar, mezonlar, qadrli 
jihatlaming ustuvor bo'lishiga tayangan g'oyalar asosidagi faoliyat qadriyatlardir. Har bir odam jinsi, 
irqi, millati, yoshi, kasbi, e'tiqodidan qat'iy nazar awalambor bashar farzandi, insondir. SHu umumiy 
mohiyat barcha odamlar, millatlar uchun birday ahamiyatli va qadrli bo' lgan predmet, hodisa, 
jarayon, munosabatlarni farqlashga imkon beradi. 
Umuminsoniy qadriyatlar insoniyat tarixining yaxlitligini ifoda-laydi, u davrlar o'tishi va 
ijtimoiy hayotning o'zgarishi bilan bir qatorda takomillashib, rivojlanib, tobora ko'proq xalqlarni, 


137 
millatlami, inson-lami yaqinlashtiruvchi, birlashtiruvchi va kamol toptiruvchi kuchga aylanib boradi. 
fnsonparvarlik va ijtimoiy adolat, erkinlik va ozodlik, barqa-rorlik va farovonlik, ezgulik va 
taraqqiyotga bo'lgan intilish umuminsoniy qadritlarning muhim jihatlaridir. 
Umuminsoniy va milliy qadriyatlar uzviy bog'liq va ta'sirlashuvda o'zaro boyib boradi. 
Umuminsoniy ahamiyat kasb etgan milliy qadriyatlar barcha xalqlar uchun muhim qadriyatga 
aylanadi. SHu jihatdan, umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmunan kengdir, kelib 
chiqishi bo'yicha barcha odamzodga tegishlidir. Hech bir millatning boshqa xalqlardan ajral-gan 
holda rivojlana olmasligi, ayniqsa, hozirgi davrda biror xalqning yakka o'zi jahon tsivilizatsiyasidan 
alohida holda taraqqiy etmasligi ma lum. 
Umuminsoniylik milliy va shaxsiy qadriyatlar orqali namoyon bo'ladi. Umuminsoniylikning 
ustuvorligi - bu, har bir inson baxtli-saodatli, ozod va erkin bo'lishi, jamiyatda amalga oshirilayotgan 
barcha ishlar, o'zgarish va islohotlar inson manfaatlariga xizmat qilishi lozim, degan qarashga 
asoslanadi. Ana shu sababdan ham, inson erkinligi, uning haq-huquqlarini ta'miniash, qonun 
ustuvorligi, demokratiya, fikrlar rang-barangligi va ijtimoiy plyuraizmga erishish umuminsoniy 
qadriyatlar ustuvorligiga amal qilish sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda jahon davlatlarning ichki 
va tashqi siyosatida ana shu tamoyillarga amal qilinishi - umuminsoniylikning ustuvorligi g'oyasiga 
tayanish, bu g'oyani amalga oshirish sifatida baholanmoqda. 
Har bir millatning mavqei uning insoniyat taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bilan o'lchanadi. 
Milliy va umuminsoniy qadriyatlami qarama-qarshi qo'yish milliy hudbinlik yoki xalqaro nizolarga 
olib kelishi, natijada, butun insoniyat tsivilizatsiyasi rivojiga to'siq bo'lishi mumkin. SHuning uchun, 
umuminsoniy ahamiyat kasb etgan qadriyatlami qaerda va qachon shakllangan, qanday millat 
vakillari yaratganidan qat'iy nazar ehtirom bilan tan olish hamda qabul etish taraqqiyotga xizmat 
qiladi. Mustaqil respublikamizda milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligiga, xalqimizning 
jahon hamjamiyati bilan birga rivojlanish yo'lidan borishiga alohida e'tibor berilayotgani ham 
shundan. 
Demak, milliy istiqlol g'oyasi quyidagi umuminsoniy qadriyatlami e'tirof etadi va o'ziga 
singdirib oladi: 
Qonun ustuvorligi. 
Insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'miniash. 
Turli millat vakillarini, ularning madaniyatini va qadriyatlarini hurmat qilish, ular bilan 
hamkorlik qilish, do' stlik va yaxshi qo' shnichilik. 
Dinlararo bag'rikenglik. 
Dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik. 
Turli xalqlarning ilg'or tajribasini, insoniyat madaniyati yutuqlarini o'rganish va egallab olish. 
Inson - eng oliy qadriyat. 
Vatan - eng oliy qadriyat va h.k. 
Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan, etnik jihat va xususiyatlar 
bilan bog'liq bo'lgan qadriyatlar shakllidir. Dunyoda o'ziga xos qadriyatlari bo' lmagan millat yo' q. 
Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma'naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog'liq 
holda namoyon bo'ladi. O'zbekiston mustaqillikka erishishi tufayli milliy qadriyatlarga e'tibor 
kuchaydi. Zero, milliy qadriyatlar mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaydigan ma'naviy 
asoslardan biri. Xalqimizning asrlardan-asrlarga meros tarzida kelayotgan milliy qadriyatlari uzoq 
tarixiy jarayonda shakllangan. Ular ona yurtga ehtirom, avlodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga 
hurmat, hayo, andisha kabi xususiyatlaming ustuvorligi, boshqa xalqlamikiga o'xshamaydigan 
urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar va an'analar bilan tavsiflanadi. 
Ma'lumki, qadriyatlar muayyan sharoitlarda shakllanadi. SHu sababli ular mahalliy, milliy, 
mintaqaviy shakllar va umuminsoniy shakl mazmunda mavjud bo'ladi. Mahalliy qadriyatlaming eng 
etuklari va milliy manfaatlarga, moslari asta-sekin saralanib, umummilliy darajaga ko'tariladi. Milliy 
muhit qadriyatlami yaratish va saralashning asosiy manbaidir: u milliy qadriyatlaming eng 
yaxshilarini voyaga etkazib, jahon miqyosiga olib chiqadi. 
Milliy qadriyatlar - milliy g'oyaning ma'naviy negizi. Milliy g'oya - millat tafakkurining 
mahsuli, ijtimoiy ongning yuqori darajadagi shakli, xalq falsafasining o'zagidir. Turli xalqlarning 
milliy g'oyasi ularning maqsad-muddaolarini, orzu-umidi va ishonch-e'tiqodini ifodalaydi, ayni 
paytda, muayyan tamoyil va negizlarga asoslanib rivojlanadi. Tarixdan ma'lumki, o'tkinchi manfaat 


138 
va g'aliz niyatlarga tayangan, o'zga xalqlar va yurtlarga tajovuz qilishni, bosqinchilikni ko'zlagan 
yovuz g'oya va mafkuralar millat va davlatlarni tanazzulga duchor etgan. Faqat ezgu g'oyalar va 
yuksak qadriyatlar negizida shakllangan milliy g'oyalar xalqlami taraqqiyotga eltgan. 
O'zbekiston xalqining milliy istiqlol g'oyasi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanadi. 
Bularning biri ikkinchisini inkor etmaydi. 
Milliy qadriyatlar quyidagilardan iborat: 
Xalqimiz hayotida jamoa bo'lib yashash ruhining ustuvorligi. 
Xalq ongida ustuvor bo'lgan fikr - do'st va yaxshi qo'shni bo'lib, tinchlik va totuvlikda, 
yaqindan hamkorlikda yashash. 
Oila, mahalla, el - yurt, Vatan tushunchalarini muqaddas bilish. 
Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat - e'tibor, butun jamiyatni hurmat 
qilish. 
Millatning o'lmas ruhi, millat ma'naviyatining hayotbaxsh manbai sifatida ona tiliga muhabbat, 
uni sevish. 
Kattalarga - hurmat-ehtirom, kichiklarga izzat, hurmat, degan e'tiqodga amal qilish. 
Ayol zotiga ehtirom ya'ni, muhabbat, go'zallik va nafosat timsoli, abadiy hayot ramzi bo'lgan 
ayolni qadrlash. 
Sabr-toqat, va mehnatsevarlik. 
Halollik, mehr-oqibat va hokazo. 
Bu tamoyil va qadriyatlar O'zbekiston hududida istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning o'z 
milliy qadriyatlarini asrab - avaylashi, kelajak avlodlarga etkazishi uchun to'la imkoniyatlar 
yaratilishini ifodalaydi. O'tmishdagi bobolarimiz qoldirgan meros, madaniy boyliklar, mumtoz 
qadriyatlami hurmat qilish, ularni o'rganish, ular zamiridagi bu tamoyilning asosiy jihatlaridir. Har 
bir millatning tili, qadriyatlari, urf- odatlari, an'analarini hurmat qilishni ta'miniash milliy istiqlol 
mafkurasining amal qilishida umuminsoniy andozalar namoyon bo'lishi uchun asoslar yaratadi. 
Demak, o' zbek xalqining milliy xususiyatlarida: 
Oila - muqaddas tushuncha. Oila qurish - o'ta mas'uliyatli ish. «Oila - eskilik unsuri emas». U 
muqaddas, oilada millat kelajagi mujassam. YOshlarni tarbiyalashda, kamolga etkazish, ilm-hunar 
berish, uyli-joyli qilish - aksariyat oilalarning eng oliy maqsadidir... 
Mahalla - o'z-o'zini boshqarishning o'zbek xalqi yaratgan eng katta yutug'i, oqilona shaklidir. 
Mahalla - tarbiya maskani, har bir oilaga tayanch va suyanch ekanligi ko'pchilikka ayon. 
Qo'ni-qo'shnichilik munosabatlari uzoq tarixga ega bo'lib, asrlar davomida bu borada muayyan 
qadriyatlar shakllangan. «YOn qo'shnim - jon qo'shnim», «Xovli olma - qo' shni ol», «Uzoqdagi 
qarindoshdan yaqindagi qo' shni afzal» va h.k. 
Keksalarga hurmat - inson hayotiy tajribasi davomida shakl-langan qadriyat. Jonli tabiatda 
hayot uchun kurash qonuniyati mavjud. Nasi qoldirish, yagi avlodga mehr qo'yish, uni oyoqqa 
turg'azish jon fido qilish hollari aksariyat hayvonlarda kuzatiladi. Ammo, qariyalami e'zozlash, 
keksalarga ehtirom, mehr-muruwat ko'rsatish - insoniy fazilatdir. Bularsiz milliy g'oyamizni tasavvur 
eta olmaymiz. «Keksani qopda saqla, o'ligini hafta saqla»... 
Ayol zotiga ehtirom - insoniyatning yarmidan ko'pini tashkil etadigan xotin- qizlarga bo'lgan 
munosabatning eng yuqori cho'qqisidir. Demokratiyaning eng muhim yutug'i - har ikki jinsning teng 
huquqli va erkin bo'lishini ta'minlashdir... 
Onaga bo'lgan hurmat va sadoqat - eng oliy qadriyatdir. SHuning uchun Vatanga, milliy tilga 
nisbat berilganda ona nomi qo'shiladi. Milliy istiqlol g'oyasi onalar uchun, jamiyatdagi barcha ayollar 
uchun faro von hayot, go'zal turmush yaratishni maqsad qilib, xotin-qizlaming erkinligi va o'z 
qadr-qimmatini anglab etishiga, o'z salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga sharoit 
yaratishni bosh g'oyasida mujassamlashtirgan. 
Demak, milliy qadriyatlar insonning inson sifatida o'zini anglashi, o'z-o'zini himoya qila olishi, 
erishgan zafar yo'li va mag'lubiyatlari, sitamli damlarining yodnomalaridir. 
Milliy an'analar - milliy qadriyatlarning bir bo'lagi bo'lib, u millat hayotining turli sohalarida 
namoyon bo'ladigan tushunchalar, belgilar, xususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar va islohotlarning 
avloddan - avlodga o'tish hamda meros bo'lib qolish tarzi. Mustaqillik yillarida an'analarga aylanib 
borayotgan bayramlar ham mavjud: 
1 yanvar’ - YAngi yil. 


139 
mart - Xalqaro xotin - qizlar kuni. 
21 mart - Navro'z bayrami. 
may - Xotira va qadrlash kuni. 
31 avgust - Qatag'on qurbonlari shahidlari kuni. 
1 sentyabr’ - Mustaqillik kuni. 
1 oktyabr’ - O'qituvchilar va murabbiylar kuni. 
8 dekabr’ - Konstitutsiya kuni. «Ramazon hayit»i (IYD al-fitr). «Qurbon hayit»i (IYD al - 
ADHA). 
O rta Osiyo xalqlari tarixi bilan bog'liq milliy bayramlar ham bor: Mustaqillik bayrami, 
Navro'z, Mehrjon, Boychechak, Gul sayli va boshqalarni nishonlash an'anaga aylanib bormoqda. 
Milliy ma'naviy qadriyatlami boyitishda milliy g'oyaning ahamiyati. Milliy g'oya ma'naviyatga 
tayanishi, undan hayot va ozuqa olishi bilan birga, ma'naviy- ruhiy hayotga ham ijobiy ta'sir 
o'tkazadi. Milliy g'oya qadriyatlami yanada yuksaltirish, ularni odamlaming ongi va qalbiga 
singdirish, istiqlol va istiqbolga xizmat qilmaydigan jihatlarini bartaraf etish vazifalarini ham amalga 
oshiradi. Ma'naviy hayotdagi behisob hodisalani, qadriyat va ne'matlarni xalq manfaatlari va e'tiqodi 
nuqtai nazaridan baholash - milliy g'oya mezonlari bilan o'lchanadi. 
Milliy g'oya dastawal, har bir inson uchun eng yaqin bo'lgan oilaviy munosabatlar - ota-ona va 
farzandlar, aka-uka va opa-singil, qarindosh-urug' lar orasidagi aloqalami yuksak ma'naviy 
qadriyatlar asosiga qurishni taqozo etadi. Betakror va buyuk qadriyat - mahallaning hurmati va 
e'tiborini, uning o'z-o'zini boshqarishdagi rolini oshirish ham milliy g'oyaning muhim vazifasidir. 
Milliy g'oyaga sadoqat - yuksak vatanparvarlikda, mustaqillikni mustahkamlash va Vatan 
ravnaqini ta'minlashga shaxsiy hissa qo'shish istagida namoyon bo'ladi. Dunyodagi hamma xalqlarda 
ham mehmonnawozlik miqyosi va me'yori mavjud, lekin u har bir xalqda turli xarakterga ega. 
Marosimlar, urf-odat va an' analar har bir xalqning betakror boyligi, merosidir. Insonning 
hayoti, u tug'ilganidan boshlab, vafot etgunga qadar turli marosimlar doirasida o'tadi. Marosimchilik 
millatning o'ziga xosligi va tarixiy tajribasini saqlash va an'analarni kelajakka etkazish vositasidir. 
Milliy ma'naviy qadriyatlar ming yillar davomida shakllangan, tarix sinovlariga dosh berib 
necha-necha avlodlardan o'tib kelayotgan ma'naviy boylik ekanligi, shubhasiz. Lekin bu boyliklar 
o'z-о'zidan va osonlikcha qadriyatga aylanmaydi. Tom ma'nodagi qadriyat maqomini olish uchun 
bular odamlar va ijtimoiy guruhlarning ichki dunyosi va turmush tarziga singishi, faoliyatini yo'lga 
solish va baholash mezoniga aylanishi kerak. 
Umuman, milliy ma'naviy qadriyatlar ijtimoiy hayotning va ma'naviy borlig'imizning muhim 
va serqirra sohasi bo'lib, inson va jamiyat kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy qadriyatlar 
muttasil rivojlanib, takomillashib boradi. Bularning ijtimoiy guruhlar va alohida shaxslar tomonidan 
o'zlashtirilishi ta'lim va tarbiyani talab qiladi. 
Milliy g'oyada umuminsoniy qadriyatlar va milliy xususiyatlarning e'tirof etilishi. 
Bozor iqtisodiyoti ko'pchilik xalqlarga manzur bo'lgan va ular kelajagini ta'minlovchi 
iqtisodiyot hisoblanadi. U hozirgi davrga xos umuminsoniy iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti 
iqtisodiy faoliyatida erkinlikka, xo'jalik yuritishda oqilonalik tamoyillariga asoslangan demokratik 
iqtisodiyotdir. 
O'zbekistonning sobiq ma'muriy-buyruqbozlik tuzumidan bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
erkin, demokratik tuzumga o'tish yo'li - jahonda o'zbek modeli deb tan olingan rivojlanish yo'lidir. 
Uning asosiy mazmuni jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki bosqichma-bosqich, tadrijiy ravishda 
isloh etishni nazarda tutadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1992-1993 yillarda 
«O'zbekistonning o'z istiqlol vataraqqiyot yo'li», «O'zbekiston - bozor munosabatlariga o'tishning o'z 
yo'li» asarlarida demokratik jamiyat qurishning jahon taraqqiyoti tajribasi tahlil qilindi. 
O'zbekistonda demokratik, ijtimoiy adolatli jamiyat qurishning keng qamrovli yo'nalishini, o'zbek 
modelini asoslab va belgilab berdi. Bugungi kunda mustaqil O'zbekiston ana shu demokratik, 
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Ana shu siyosat 
negizida o'zbek modeli yoki boshqacha aytganda Islom Karimov yo'li yotibdi. O'zbekiston bozor 
iqtisodiyotiga o'tishning islohot yo'lini tanlab olar ekan uning asosida ichki siyosat olib borishning 
beshta asosiy tamoyilini ishlab chiqdi. Ular quyidagilardan iborat: 
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi yoki iqtisodiyotning mafkuraviy maqsadlarga 
bo'ysundirilmasligi. Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosatdan ortda qolmasligi zarur, u biror 


140 
mafkuraga bo'ysundirilishi aslo mumkin emas. Ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlar mafkuradan 
holi bo'lishi lozim. Bozor mexanizmlarini ishga solish uchun awalo: 
1) Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish siyosatini o'tkazish; 2) bahoni, 
narh-navoni bosqichma-bosqich erkinlashti-rish; 3) bozor infratuzilmasini shakllantirish; 4) aholini 
ijtimoiy himoya qilish siyosati olib borilmoqda. 
Davlat - bosh islohotchi. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, yangilanish 
va o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirib keldi va kelmoqda. 
Bozor iqtisodiyotini davlat yo'li bilan tartibga solish, iqtisodiyotning davlat sektorini rivojlantirishni 
boshqarish hamda ijtimoiy muammolami hal etish yo'li bilan bevosita, huquqiy va iqtisodiy vositalar 
yordamida bilvosita amalga oshirilmoqda. 
Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi. Demokratik yo'l bilan qabul 
qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ulami og'ishmay 
amalga oshirish lozim. Huquqiy davlatning elementlari: a) qonun ustuvorligi; b) qonun oldida 
hammaning tengligi; v) hamma o'z ish faoliyatini qonun doirasida bajarishi; g) hokimiyat 
organlarining bo'linish kabi printsiplariga amal qiladi. 
Kuchli ijtimoiy siyosat. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy 
siyosat yuritib kelinmoqda. Bozor munosabat-larini joriy etish bilan bir vaqtda, aholini, ayniqsa kam 
ta'minlangan oilalarni, bolalar va keksalarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan 
chorlar ko'rilishi lozim. Bunda 1) daromad (pul) siyosati yani pul-kredit siyosati, pul daromadi 
siyosati o'tkazilib kelinmoqda. 2) Ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy kafolatlar, kam ta'minlanganlami 
ijtimoiy qo'llab- quwatlash. 4) Aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish. 5) Xalqning moddiy turmush 
sharoitlarini yaxshilash kabilar amalga oshirilmoqda. 
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning bosqichma-bosqich o'tishi - tadri-jiy yo'li. Bozor iqtisodiyotiga 
ob'ektiv qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, tadrijiy asosda, puxta o'ylab, 
bosqichma-bosqich o'tilmoqda. Bu yo'l Evropadagi sobiq sotsialistik mamlakatlar qo'llayotgan 
«SHoka terapeya» yo'lidan tubdan farq qilib (ular birdaniga), bozor iqtisodiyotiga iqtiso-diyotda, 
siyosatda, ma'naviy hayotda, ijtimoiy jarayonlarda bosqichma-bosqich o'tilmoqda. 
Ushbu tamoyillar O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lining asosini, o'tish davri 
dasturining negizini tashkil etadi. Ulaming amalga oshirilishi mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlikni, eng muhimi, 
bozor munosabatlarini izchil joriy etishni ta'minlamoqda. 
Taraqqiyotning o'zbek modeli xalqimizning milliy davlatchilik an'analari, qadriyatlari va 
mentalitetiga tayangani, ayni vaqtda, jamiyatni isloh etish borasidagi dunyo tajribasining ilg'or 
yutuqlariga asoslangani tufayli xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilmoqda. 
Xalq farovonligi g'oyasi, uning mohiyati va yo'nalishlari. Tarix va taraqqiyotning bosh 
maqsadlaridan biri - bu xalq farovonligiga erishishdir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
islohotlar inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning oliy maqsadi - xalqimizga munosib 
turmush sharoiti yaratishdan iborat. YA'ni islohot - islohot uchun emas, inson uchun, uning farovon 
hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Jamiyatimizdagi har qanday yangilanish, har qanday o'zgarish 
mohiya-tida ana shu maqsad mujassamdir. Bu haqiqatni odamlar ongiga singdirish, keng aholi 
qatlamlarining islohotlar mohiyatini anglab etishga va uning faol ishtirokchisiga aylanishiga erishish 
zarur. buning uchun esa ulaming dunyoqarashini, hayotga, mehnatga, erga munosabatini tubdan 
o'zgartirish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki farovon turmush asosi - erkinlik, tadbirkorlik va 
tashabbuskor-likdir. Biz bulaming har bir haqida qisqacha to'xtalishni lozim topdik: 
Erkinlik - farovon turmush asosi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidentimizi Islom Karimov 
o'zining qator asar va chiqishlarida bu masalaga alohida e'tibor berib kelmoqda. 
Xususan, «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida mamlakatimiz uchun XXI asr 
boshlaridagi asosiy ustuvor yo'nalish-laridan birini ham ana shu masala bosh vazifa qilib qo'yildi. 
“Birinchi ustuvor yo'nalish - mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini 
yanada erkinlashtirish”. 
Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jaravon-larini erkinlashtirish masalasi 
ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu bora-dagi asosiy vazifalar hokimiyat barcha tarmoqlarining 
bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini 


141 
nodavlat 
va 
jamoat 
tashkilotlariga, 
fuqarolaming 
o'z-o'zini 
boshqarish 
organlariga 
bosqichma-bosqich o'tkaza borish, ulaming haq-huquqlarini va erkinliklarini muhofaza etishni 
kuchaytirishdan iborat. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 2005 yil 28 yanvarda O'zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi yig'ilishida bu 
masalaga alohida e'tibor berib shunday degan edi: «Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng 
muhim vazifa bu qonunchilik hokimiyati bo'hnish mamlakat Parlamentining roli va ta'sirini 
kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o'rtasida yanada mutanosib va 
barqaror muvozanatga erishishdan iborat». SHuningdek, Birinchi Prezidentimiz «Kuchli davlatdan - 
kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili haqida to'xtalib, o'zini-o'zi boshqarish organlari - mahalla, 
mahalla qo'mitalari va qishloq fuqarolik yig'inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish 
lozim»ligi bayon etildi. 
Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish maqsadi - birinchi navbatda davlatning boshqaruv 
rolini chegaralash, xo'jalik yurituvchi sub'ekt-laming iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning 
barcha sohalarida xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish, mulkdorlaming mavqei va huquq-larini 
mustahkamlash demakdir. 
Tadbirkorlik - faro von turmush asosi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1994 yil 16 
dekabrda Birinchi Prezidentimiz huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy sarmoyalar 
bo'yicha idoralararo Kengashning navbat-dagi majlisida “Tadbirkorlik - iqtisodiyot kelajagi” 
mavzuida mazkur masala yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bayon etgan edi. Unda bozor 
muno-sabatlariga o'tishning keyingi bosqichida quyidagi 3 ta ustuvor yo'nalishni belgilab berdi: 
“Birinchi asosiy masala” - mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasidagi 
ishlami oxiriga etkazishdan iborat. Islohot-ning asosiy ma'nosi va kerak bo'lsa, negizi bu - mulkni 
haqiqiy egasiga topshirish, tadbirkorlikka keng imkoniyat ochib berishdir. 
Ikkinchi muammo va ustun yo'nalish - iqtisodimiz tarkibini keskin o'zgartirish, ya'ni xom ashyo 
emas, tayyor mahsulot chiqarishga, uning sifati va raqobatbardoshligini dunyo bozori talablariga 
javob beradigan holga etkazish... 
Uchinchi muhim vazifa - milliy pulimiz nufuzini yanada mustah-kamlash, uning Amerika 
dollari, nemis markasi, yapon ieni kabi dunyodagi obro'li valyutalar bilan erkin almashuviga 
erishmoqdir. 
“Har bir odam boy bo'lsa, davlat boy bo'ladi, har oila obod bo'lsa, mamlakat obod bo'ladi”. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu fikrlarini davom ettirib, 1999 yil 27 iyulda Vazirlar 
Mahakamasining birinchi yarmida iqtisodiy islo-hotlar yakuniga bag'ishlangan yig'ilishida 
“Tadbirkorlik - yuksalish garovi” mavzuida ma'ruza qildi Ushbu ma'ruzadagi ba'zi, muhim 
tomonlarini keltirib o'tamiz: 
«Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - tanlab olingan islohotlar va yangilanish yo'limizdan 
orqaga qaytmaslik. Oliy Majlisning XIV sessiya-sidagi «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» 
ma'ruzasida bayon qilingan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot strategiyamizning asosiy yo'nalishlarini 
amalga oshirishdir». 
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - xalq turmushini yaxshilashdir, toki diyorimizda 
yashayotgan har bir inson o'zi va oilasi misolida o'z farovonligi ortib borayotganini his qila olsin. 
Bugungi kundagi asosiy vazifamiz - mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, 
mamlakatimizning xalqaro obro'sini oshirish. Xonadonimiz-dagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va 
totuvlikka nisbatan bo'layotgan har turli tahdid va xavf - xatarlarga nisbatan ogoh va hushyor 
turishdir». 
Umuman, «Tadbirkorlik to'g'risida»gi (1995) qonunda ta'kidlangani-dek, «Tadbirkorlik - 
mulkchilik sub'ektlarining harakatdagi qonunchilik doirasida tovar ishlab chiqarishga, xizmat 
ko'rsatishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyati»dir. 
Tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: 
shaxsiy (xususiy) faoliyat; 
yollanma mehnatni jalb qilib amalga oshiriladigan tadbirkorlik; 
v) fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa yoki qo'shma 
tadbirkorlik. 
Tashabbuskorlik - farovon turmush asosi. Islom Karimov mustaqillik yillarida kadrlarning 
ishbilarmonlik faoliyatini 3 toifaga ajratib ko'rsatgan edi: 1) bu hozirgi og'ir vaziyatdan foydalanib 


142 
qolishga harakat qiladigan, faqat o'z manfaatini o'ylaydigan, xalq g'ami, tashvishidan begona kishilar. 
2) Befarq, loqayd odamlar bo'lib, ular hech kimga qarshi gapirishni, dushman orttirishni 
xohlamaydigan kishilar. 3) YOsh, tashab-buskor, kuch-g'ayratga to'la, Vatan ravnaqi uchun fidoyilik 
bilan xizmat qiluvchi kadrlar. 
Umuman, bugungi tashabbuskor xodimlar oldiga puxta bilim, xorijiy mamlakatlar tajribasi va 
chet tilini egallash, iste'dodli, iymonli, adolatli, mas'uliyatni his qilish kabi bir talay talablar 
qo'yilmoqda. 
Demak, bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy - ma'naviy qadriyatlarga e'tibor berishda 
quyidagilarga diqqat qaratmoq kerak: 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablari asosida an'anaviy madaniyatga qaytadan baho berish 
lozim. 
Dunyoviy mezonlardan kelib chiqish zarur. Bunda: 
mantiq talablari va qoidalariga mos yondashuv darkor. 
tajriba (eksperiment) sinovidan o'tgan bilimlarga asoslangan mezonlarga tayanish kerak. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy-ma'naviy qadriyatlar insonlar-ning ijtimoiy manfaatlariga 
bo'ysundiriladi. Gelvitsiy: «Tabiat tabiiy qonunlar orqali boshqarilsa, jamiyat ijtimoiy manfaatlar 
qonuniyatlari asosida boshqariladi», degan edi. 
Ma'naviyatni yuksaltirishda milliy g'oyaning ahamiyati. Milliy g'oya xalqning ko'nglidagi 
orzu-umidlami, maqsad va intilishlarini nazariy tarzda ifoda etadi. Milliy g'oya mavzusi 
baland-parvoz mavhum orzular emas. U har bir inson, jamiyat oldida turgan maqsadlar ifodasidir. 
Millatning tub manfaatlari, uning o'z o'tmishiga bergan bahosi va kelajakka ishonchi milliy 
g'oyada o'z aksini topadi. YUksak ma'naviyatga, pokiza axloqqa, demokratiya tamoyillariga 
tayangan milliy g'oyalar jamiyatni rivojlanishga etaklaydi. Milliy g'oya mustaqillikni 
mustahkamlash, qadriyatlarni yuksaltirish omili va mezonidir. 
Mehnatsevarlik - ham shaxsiy, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatga aylangan. Milliy 
istiqlol g'oyasi bu qadriyatga alohida baho beradi, uni buyuk kelajakning ishonchli garovi deb e'tirof 
etadi. Demak quyidagicha xulosa qilish mumkin. 
Mehnat - inson faoliyatining eng muhim turi. faro von hayot kechirishning asosiy shartidir. 
Ta'lim inson tarbiyasida muhim o'ring a ega. 
Sabr - o'zbek xalqiga xos azaliy qadriyatlardan biri. 
Savob, muruwat, sahovat, andisha kabi tushunchalarda insoniy mohiyat mujassamlashgan. 
2004 yil «Mehr va muruwat yili», 2005 yilning «Sihat- salomatlik» yili deb nomlanishi, bozor 
munosabatlari rivojlana-yotgan hozirgi davrda bu axloqiy qadriyatlarning ahamiyati oshib 
bormoqda. 
Halollik - insoniyat yaratgan eng olijanob axloqiy fazilatlardan biri. 
Odillik va haqiqatparvarlik, rostlik va to'g'riso'zlik, jamiyatda «butun hayotimiz va 
faoliyatimizning bosh g'oyasi» bo'lgan adolat va haqiqat-ning namoyon bo'lishidir. 
Demak, asrlar davomida avloddan-avlodga o'tib kelayotgan milliy ma'naviy qadriyatlar milliy 
g'oyaga ma'naviy zamin, negiz bo'lib xizmat qilmoqda. Unga xalq, millat, jamiyat amal qilish uchun 
kuchli, qudratli, ta'sirli milliy mafkura kerak. 
Mavzuga doir tayanch so’z va iboralar: 
Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy tiklanishi, ajdodlariimizning boy merosi, sharq 
tsivilizatsiyasi, madaniy jonlanish va ma'naviy poklanish, oltin asr, Uyg’onish davri, taraqqiyot 
manbai, jahon fani va madaniyati, qomusiy bilimlar va mutafakkirlar. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin