145
KIRISH
Ma`lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”ning ta`limning ijtimoiylashuvi bo`limida ko`rsatib
o`tilgan talaba – yoslarning aksiologik
dunoqarashini shakllantirish, ularda qadr va qadrlanish
tuyg`ularini qaror toptirish, qadriyatshunoslikning tarixiy va nazariy xususiyatlarini jamiyatimizda olib
borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi.
Fanni o’qitish jarayonida talabalarda umuminsoniy va
milliy qadriyatlarimizning
O’zbekistonda shakllaniyotgan demokratik jamiyatning negizini tashkil etadigan ma’naviy
qadriyatlarni his etish, ular haqida chuqur bilimga ega bulish kunikmalari
shakllantiriladi
Fanining o`qitisning vazifalari:
- qadriyatlarning milliy va umumbashariy jihatlarini ilmiy taxlil etish;
- qadriyatlarning millat hamda jamiyat ravnaqidagi o`rnini talabalarga tushintirish;
- talabalarda qadriyatlarning mazmun-mohiyatini tushinish ko`nikmalarini
hosil qilish;
- Qadriyatlar falsafasi ning ilmiy asoslarini o`rgatish;
- Insonla o`rtasidagi munosabatni Qadriyatlar falsafasi qonuniyatlari asosida rivojlantirish;
- yangi shakllanayotgan va ommalashayotgan qadriyatlarni jamoatchilik
fikriga tayangan
holda taraqqiy ettirish;
- Milliy umuminsoniy qadriyatlarning jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi hamda xalqning
ma`naviy tafakkurini yuksaltirishdagi rolini taxlil etishdan iborat.
Kadrlar tayorlash milliy dasturida ta’limning ijtimoiylashuvi ko’rsatib o’tilgan bo`lib, unda
talaba yoshlarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda ijtimoiy jarayonlarga
bo’lgan
munosabatlarni qaror toptirish, ijtimoiy falsafaning tarixiy va nazariy hususiyatlarini
jamiyatda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi. O`quv
rejadagi inson va jamiyat hayoti va faoliyatini o’rganuvcgi ijtimoiy gumanitar fanlar – tarix,
psixologiya,
sotsologiya, pedagokika kabi fanlar bilan aloqador.
«Qadriyatlar falsafasi» fanining dolzarbligi va o`qitish strukturasi
Har qanday fanning muayyan bilimlar tizimi sifatidagi o`ziga
xos mavzulari, tushunchalari,
qonun va kategoriyalari bo`ladi. «Qadriyatlar falsafasi» fanini talabalar ongiga eng ta`sirchan yo`llar
va samarali usullar bilan singdirish muhim vazifa hisoblanadi. Dasturda ko’rsatilgan
mavzular
maruza, seminar shaklida olib boriladi, shuningdek, fanninhg dolzarb masalalari talabalarga mustaqil
ish sifatida o’zlashtirish uchun beriladi. Fanning zamonaviy pedagokik tehnalogiyaning “Klaster”,
“Aqliy xujum” singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimediya namoishlari bilan o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: