Namangan davlat universiteti qadriyatlar falsafasi moduli dasturi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/117
tarix07.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#94406
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   117
Qadriyatlar falsafasi UMK Т.Исмоилов

Fanni o’qitishning vazifalari: 
- Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar Davlat ta’lim standartidagi malakaviy tavsifga 
muvofiq ishlab chiqiladi va quyidagicha bayon etiladi. 
“Qadriyatlar falsafasi” fanni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiradigan masalalar doirasida 
bakalavr: 
- Talabalar qadriyatlar va ularni mohiyatini, o’ziga hos turlarini, ya’ni shaxsiy, milliy, 
mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarni, jamiyat ma’naviy hayotiga ko’rsatadigan ta’sirlarini, 
qadriyatlarning jamiyat rivojidagi o’ziga hos o’rnini bilishi kerak. 
- Ota-bobolarimizdan bizga qoldirilgan boy ma’naviy merosni avaylab-asrab, uni zamonaviy 
ilm-fan yutuqlari hamda demokratik tamoyillari bilan ijodiy boyitish, kelajak avlodning tafakkuri, 
dunyoqarashini milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirib, ularni 
bunyodkorlik faolligini oshirish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. 
- Fanni o'qitish jarayonida hosil bo'lgan bilimlarini o'z pedagogik va manaviy- marifiy 
faoliyatida qo'llash malakasiga ega bo'lishi lozim. 
Fan bo’yicha talabaning bilim, ko’nikma va malakaga erishilishiga qo’yiladigan talablar 
Atrofda kechayotgan voqelikni falsafiy mushohada etish, narsa-hodisalarni ilmiylik va 
mantiqiylik asosida o’rganish, ijtimoiy va ijtimoiy tasavvurning uyg’unligini ta’minlash, mustaqil va 
zamonaviy fikrlash, kundalik faoliyatda ijtimoiy ongni yuksaltirish, insonda atrofda ro’y berayotgan 
ijtimoiy jarayonlarga nisbatan o’ziga xos ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat. 
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi va 
ketma-ketligi 
“Qadriyatlar falsafasi” kursi avvalo falsafiy fandir. Shuning uchun bu fan hozirgi zamon falsafasi va 
barcha falsafiy fanlar bilan chambarchas bog’liq. Shuningdek, mazkur fan tarix fanlari bilan 
chambarchas bog’lanib ketgan. Chunki tarixiy qadriyatlar har qanday millatni o’z-o’zini anglashida 
asos bo’lib xizmat qiladi. Milliy istiqlol g’oyasi, uning asosiy tushuncha va tamoyillarini 
shakllantirish milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida sodir bo’lishini hisobga olinsa, mazkur 
kursning bu fan bilan aloqador ekanligi ko’rinadi. Diniy qadriyatlar jamiyat hayotida muhim o’rin 
egallagani sababli mazkur fan «dinshunoslik» fani bilan ham bog’lanib ketadi. 
Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma'ruza, seminar shaklida olib boriladi. Shuningdek, 
fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ish sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan 
zamonaviy pedagogik texnologiyaning: “Klaster”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi” singari 
metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin