3-mavzu. Aksiologik ong va qadrlash tuyg’usi Qadrlash va qadrsizlanish muammolari. (2-soat) Aksiologiyaning asosiy mavzulari va ularning ilmiy- nazariy tavsifi. Aksiologik ong va uning
o’ziga xosligi, qadriyatli dunyoqarash, aksiologik idrok , aksiologik tushuncha va xulosalar, ularni
qadriyatshunoslikning nazariy masalalari tizimidagi o’rni. Voqea va hodisalarga qadrlash tuyg’usi
asosida aksiologik munosabat,qadrlash tuyg’usining namoyon bo’lish shakllari va darajalari. Uning
zamonaviy mezonlari va xususiyatlari. “Qadriyat” kategoriyasi, uning mohiyati va mazmuni,
aksiologik ta’rifi va tavsifi, qadriyatning ob’ekti va sub’ekti. Uning “qadr” va “baho” tushunchalari
bilan aloqasi. Bu tushunchalarning namoyon bo’lish xususiyatlari. Narsa, voqea, hodisa va
jarayonlarning qadrli hamda qadrsiz jihatlari, qadriyatlarning namoyon bo’lish shakllari, ularning
xilma-xilligi. Istiqlol davrida yangi qadriyat shakllari yuzaga kelishi.
Qadrlashning aksiologik mohiyati va mazmuni. Qadrlash mezonlari va me’yorlari, ular
buzilishining salbiy oqibatlari. Qadrlashning shaxsiy, milliy, umuminsoniy va boshqa darajalari.
Qadrlash va qadrsizlanish qarama-qarshi hodisalar sifatida. Moddiy, ma’naviy, siyosiy, mafkuraviy
va boshqa sohalardagi qadrsizlanishning o’ziga xosli va oqibatlari.
Mustabid tuzumda mamlakatimiz fuqarolari va ularning hayoti xavf ostida qolganligi.
Qatag’onlik yillari va uning qurbonlari. 1970-1980 yillardagi olib borilgan “O’zbeklar ishi”, “paxta
ishi” siyosati, uning asl mohiyati. CHeklangan demokratiya sharoitida ijtimoiy-siyosiy
qadriyatlarning ahvoli; ittifoqning “hokim”, jumhuriyatlarning tobe bo’lib qolganligi, kommunistik
mafkuraning yakka hukmronligi va uning oqibatlari; shaxsga sig’inish siyosati, uning milliy
qadriyatlarga salbiy ta’siri, diniy va milliy urf-odatlarimizni toptalganligi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, munozara, o’z-o’zini nazorat.