Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari xarajatlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə54/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84
Modul Moliya

Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari xarajatlari
Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi hamda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’laridan:

  • vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalarini va mavjud kreditorlik qarzlarini to’lash;

  • byudjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari;

  • byudjet tashkiloti xodimlarini moddiy rag’batlantirish tadbirlari uchun foydalaniladi.

Byudjet tashkilotida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha to’lanmagan nafaqalar va muddati o’tgan kreditorlik qarz mavjud bo’lgan taqdirda, Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari birinchi navbatda ushbu qarzlarni to’lash uchun sarflanadi.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va to’rtinchi xatboshilarida ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha taqsimlanadigan mablag’lar ulushi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan byudjet tashkilotlariga ko’rsatilgan homiylik mablag’larining jami summasi, agar homiy tomonidan boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, byudjet tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’laridan:
-moddiy-texnik bazani mustahkamlash;
-xodimlarni moddiy rag’batlantirish;
-boshqa xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’lari hisobidan xodimlarning qo’shimcha sonini saqlab turish taqiqlanadi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan hollar bundan mustasno.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin