O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan:
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga subvensiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar;
davlat maqsadli jamg’armalariga byudjet ssudalari va dotatsiyalar;
yuridik shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari hamda chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi mumkin.
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan: -umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
-bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun hujjatlarida Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;
-Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko’p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tug’ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo’yish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti filialini, hududiy sog’liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to’lash xarajatlari;
-qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
-hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;
-Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
nazarda hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;
-Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari, pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
-shahar yo’lovchilar transporti tashuvchilarining yo’lovchilarni va bagajni cheklangan tariflar bo’yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq zararlarning o’rnini qoplash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: -qishloq xo’jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to’lash, shuningdek yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;
-uy-joy-kommunal xo’jaligi obektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
-suv yo’llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;
-aholi punktlarini obodonlashtirish;
-shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko’chalarini va xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini ta’mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar xarajatlari;
-qonun hujjatlarida tutilgan o’rmon xo’jaligini saqlab turish xarajatlari;
3) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo’lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;