Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari daromadlari Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi daromadlari:
hisobot choragining so’nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo’yicha tejalgan mablag’lar, kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno;
faoliyat ixtisosligi bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag’larning bir qismi;
belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag’lar;
homiylikdan olingan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasiga byudjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlar o’rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi daromadlari: -tibbiyot tashkilotiga ajratiladigan byudjet mablag’lari umumiy hajmining 5 foizigacha bo’lgan miqdorda byudjetdan ajratiladigan mablag’lar;
faoliyat ixtisosligi bo’yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
hisobot choragining so’nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo’yicha tejalgan mablag’lar, kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno;
tibbiyot tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag’larning bir qismi;
belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag’lar;
homiylikdan olingan mablag’lar hisobidan shakllantiriladi.
Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasiga tibbiyot tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo’yicha xarajatlar o’rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamg’armalari daromadlari belgilangan tartibda davlat bojlari, yig’imlar va soliq bo’lmagan to’lovlar, ma’muriy jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalardan ajratmalar hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari mablag’lar:
o’quvchilar va tarbiyalanuvchilar davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim maktablarining kuni uzaytirilgan guruhlarida, maktab-internatlarda, olimpiya zaxiralari kollejlari va boshqa ta’lim muassasalarida saqlab turilganligi uchun;
o’quvchilar bolalar musiqa va san’at maktablari hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida ta’lim olganligi uchun;
oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olganlik uchun;
statsionar davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotganlar tarkibi ovqatlanishi uchun;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi undiriladigan to’lovlar hisobidan shakllantiriladi.
Undiriladigan to’lovlarning miqdorlari, ularni kiritish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek undiriladigan to’lovlar bo’yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.