Maxsus adabiyotlar 1. Axmadjanov SH. Allakuliyev A. O‘zbekistonda natijaviylikka yo‘naltirilgan Byudjetlashtirish masalalri va xorij tajribasi. “Moliya” ilmiy jurnali. 4/2014. 133-bet.
2. A.Li.O’zbekiston Respublikasi moliya xuquqi: Yuridik oliy o’quv yurtlari uchun darslik /Ma’sul muxarrir: M.H.Rustamboyev. T.: Tashkent Davlat yuridik instituti, 2004. – 398 b.
4. A.Li.Finansovoyei bankovskoye pravo Respubliki Uzbekistan: Uchebnik dlya bakalavrov. /Li A. – T.: Izdatelьstvo TGYuU. 2020. – 245 b.
5. Isayeva F. Soliq huquqi. Darslik.-Toshkent: TDYU, 2017 -270 b.
6. U.A.Umarov Moliya huquqi. Darslik.-Toshkent-2017, 5-21 b
Xorijiy adabiyotlar 1. Joanna Benjamin. Financial law.Oxford University Press. USA. 2007.
2. John Armour, Don Awrey. Principles of financial regulation. Oxford University Press. United Kingdom. 2016
5 mavzu : Davlat daromadlari va xarajatlari Reja: 1. Davlat daromadlari va ularning tasnifi. 2. Davlat xarajatlari tushunchasi, ularning tarkibi va xususiyatlari.
1. Davlat daromadlari va ularning tasnifi Byudjet tizimi daromad qismining tarkibi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turli darajadagi byudjetlarga to’lanadigan to’lovlarda ifodalanadi. Turli darajadagi byudjetlarga kelib tushadigan daromadlarni ijtimoiy - iqtisodiy belgilari, to’lanish tartibi va shartlari, yuridik shakllariga ko’ra tasniflash mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari:
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
meros, hada huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadlari: 1) Umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i;
yagona soliq to’lovi;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i;
qo’shilgan qiymat solig’i;
aksiz solig’i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
2) bojxona bojlari;
3) qo’shimcha foyda solig’i;
4) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo’yicha foyda keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;
5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan davlat bojlari, yig’imlar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari va jarima sanksiyalari, davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgilangan normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hada huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari, rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini, chet davlatlarga berilgan kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aksiyalarning davlat ulushi (payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to’lov, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.