Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə49/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84
Modul Moliya

Beg’araz yordam
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 64- moddasi berg’araz yordamga bag’ishlangan bo’lib unga ko’ra,beg’araz yordam insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish mablag’lari tarzida beriladi.
Insonparvarlik yordami aholining ijtimoiy nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo’llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish uchun dori vositalari va tibbiyot uchun mo’ljallangan buyumlar, oziq-ovqat, xalq iste’moli tovarlari, boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek ixtiyoriy xayriyalar, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish, shu jumladan insonparvarlik yordami yuklarini tashish, kuzatib borish va saqlash tarzida beriladi. Tamaki mahsulotlari, alkogol mahsulotlari, harbiy maqsad uchun mo’ljallangan tovarlar, shuningdek olib kirilishi taqiqlangan tovarlar insonparvarlik yordami sirasiga kiritilishi mumkin emas.
Texnik ko’maklashish mablag’lari asbob-uskunalar va texnologiyalarni sotib olish, tajriba-konstruktorlik ishlarini, ilmiy yoki boshqa tadqiqotlarni o’tkazish, xodimlarni davolash, o’qitish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maslahat xizmatlari ko’rsatish hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlar uchun natura ko’rinishdagi va pul shaklidagi grantlar tarzida beriladi.
O’zbekiston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Hukumati, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek faoliyati foyda olishga qaratilmagan yuridik va jismoniy shaxslar insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish mablag’larini oluvchilar bo’lishi mumkin.
Insonparvarlik yordami va texnik ko’maklashish mablag’larini oluvchilar tegishli donorlar bilan kelishuvlar yoki qonun hujjatlari asosida aniqlanadi.
O’zbekiston Respublikasiga beg’araz yordam doirasida kelgan tovarlardan tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlanadi.
Mablag’lar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning beg’araz yordamga mansubligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Insonparvarlik yordamini jalb etishga doir takliflar insonparvarlik yordami bo’yicha hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan har yili 1 iyulga qadar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuboriladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi insonparvarlik yordami bo’yicha hududiy va tarmoq komissiyalarining takliflari asosida kelgusi yilda insonparvarlik yordamini jalb etish uchun jamlanma buyurtmani 31 iyuldan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Insonparvarlik yordamini jalb etish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan insonparvarlik yordamini jalb etishga doir jamlanma buyurtma asosida amalga oshiriladi.
Kelgusi yil uchun texnik ko’maklashish bo’yicha ustuvor loyihalarning ro’yxati vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining (loyiha tashabbuskorlarining) takliflari asosida joriy yilning 31 mayiga qadar O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tuziladi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Kelgusi yil uchun texnik ko’maklashish mablag’larini jalb qilishni donorlar bilan ishlab chiqish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan. Texnik ko’maklashish bo’yicha ustuvor loyihalar ro’yxati asosida amalga oshiriladi.
Texnik ko’maklashish bo’yicha ustuvor loyihalarning ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun donorlar bilan ishlab chiqilgan ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kelgusi yilning 10 fevraligacha tasdiqlanadi.
Beg’araz yordam oluvchilar:

  • beg’araz yordam loyihalari bo’yicha donorlar bilan kelishuvlarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar bilan kelishib olishi hamda ularda nazarda tutilgan, o’z zimmasiga olgan majburiyatlarini o’z vaqtida bajarishi;

  • olingan beg’araz yordamdan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlashi;

  • olingan beg’araz yordamning hisob va hisobotlarda aks ettirilishini ta’minlashi;

  • beg’araz yordam doirasida kelgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini o’z vaqtida amalga oshirishi;

  • beg’araz yordam kelganligi va foydalanilganligi yuzasidan hisobot taqdim etishi shart.

Texnik ko’maklashish mablag’larini oluvchilar ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan majburiyatlar bilan bir qatorda, shuningdek:

  • texnik ko’maklashish loyihasini amalga oshirish bo’yicha tadbirlar rejasini va uni o’zlashtirish jadvalini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritishi;

  • texnik ko’maklashish mablag’lari kelib tushishi uchun vakolatli banklarda maxsus hisobvaraqlar ochishi;

  • texnik ko’maklashish loyihasi amalga oshirilganligi to’g’risidagi yakuniy hisobotni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etishi shart.

O’zbekiston Respublikasining beg’araz yordam ko’rsatishi to’g’risidagi qaror O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. O’zbekiston Respublikasi nomidan beg’araz yordam ko’rsatgan vakolatli organ hisobot yilidan keyingi yilning 1 martigacha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga moliyaviy hisobotlar taqdim etadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin