2. Soliq tizimi va uning turlari Soliq to’lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining sub’yektlaridir.
Soliq organlari, soliq kodeksda nazarda tutilgan hollarda, hujjatlarni elektron hujjat tarzida soliq to’lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.Yuborilgan hujjatlar soliq to’lovchi tomonidan o’qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo’natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar soliq to’lovchida soliq to’lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo’lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo’natilganidan so’ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Hujjatlar soliq to’lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko’rsatilgan holda imzo qo’ydirib topshirilishi mumkin.
Soliq to’lovchilar, soliq kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq organlariga hujjatlarni mazkur moddaning ikkinchi — to’rtinchi qismlarida ko’rsatilganiga o’xshash tartibda yuboradi. Bunda ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda — jo’natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Soliq kodeksda nazarda tutilgan hujjatlarning, elektron hujjat aylanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini to’ldirish tartibi, bunday hujjatlarni qog’ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Soliq to’lovchilar Soliq kodeksga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig’imlarni to’lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to’lovchilar deb e’tirof etiladi.
Yuridik shaxslarning alohida bo’linmalari mazkur shaxslarning soliqlar va yig’imlarni to’lash bo’yicha majburiyatlarini soliq kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu alohida bo’linmalar joylashgan yeri bo’yicha bajaradi.
Yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiritilgan soliq to’lovchilar alohida bo’linmalarni hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yig’imlarni) to’laydi.
Soliq kodeksda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari soliq to’lovchilar deb e’tirof etiladi.