Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


Soliq to’lovchilarning majburiyatlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə62/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84
Modul Moliya

Soliq to’lovchilarning majburiyatlari
Soliq to’lovchilar:

  • belgilangan soliqlar va yig’imlarni o’z vaqtida hamda to’liq hajmda hisoblab chiqarishi va to’lashi;

  • hujjatlarni ko’rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati to’g’risida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi;tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi;

  • soliq tekshiruvini o’tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lash uchun asos bo’lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi;

  • soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, ko’rsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to’sqinlik qilmasligi;

  • agar soliq kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to’lash uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni to’lash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini ta’minlashi;

  • o’zi soliq bo’yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to’g’risida, agar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq bo’lsa, xabardor etishi shart.

Yuridik shaxs bo’lgan soliq to’lovchilar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, o’zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga o’zlarining barcha alohida bo’linmalari to’g’risida va alohida bo’linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o’zgarishlar to’g’risida alohida bo’linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o’zgartirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart.
Soliq kodeksda bilan zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi o’z vakolatlarini amalga oshirish chog’ida foydalaniladigan hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini ta’minlashi kerak.
Soliq kodeksda muvofiq soliq solish ob’yekti deb e’tirof etiladigan ko’chmas mulkka ega bo’lgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ko’chmas mulk ob’yekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el yuridik shaxsining ishtirokchilari to’g’risidagi ma’lumotlarni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda xabar qilishi shart. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari ko’rsatilgan holatlarda o’z muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. Chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu qismda ko’rsatilgan bir nechta mol-mulk ob’yekti mavjud bo’lgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga ko’ra, xabar mol-mulk ob’yektlarining biri turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi.
O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o’tilishi munosabati bilan soliqlar to’laydigan soliq to’lovchilar zimmasida O’zbekiston Respublikasining bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham bo’ladi.
Soliq to’lovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Soliq agentlari
Soliq kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to’lovchidan ushlab qolish va byudjet tizimiga o’tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi.
Soliq agentlari, agar soliq kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchilar kabi huquqlarga ega bo’ladi.
Soliq agentlari:

  • soliqlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda byudjet tizimiga o’tkazishi;

  • soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo’qligi va soliq to’lovchining soliq qarzi summasi to’g’risida bunday holatlar soliq agentiga ma’lum bo’lgan kundan e’tiboran bir oy ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi;

  • hisoblangan va to’langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va byudjet tizimiga o’tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to’lovchi bo’yicha alohida yuritishi;

  • soliqlarning to’g’ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va o’tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi;

  • soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o’tkazish uchun zarur bo’lgan boshqa hujjatlarning ushbu Kodeksning 88-moddasida nazar tutilgan da’vo muddati mobaynida but saqlanishini ta’minlashi shart.

Soliq agentlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
Soliq to’lovchining vakillari
Soliq to’lovchi, agar soliq kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli.
Vakilning vakolatlari soliq kodeksda va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Yuridik shaxs bo’lgan soliq to’lovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxs bo’lgan soliq to’lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi.
Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi.
Soliq to’lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda o’z manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq to’lovchining vakolatli vakillari bo’lishi mumkin.
Yuridik shaxs bo’lgan soliq to’lovchining vakolatli vakili, agar soliq kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, o’z vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.
Jismoniy shaxs bo’lgan soliq to’lovchining vakolatli vakili o’z vakolatlarini fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.
Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq to’lovchining vakolatli vakillari bo’la olmaydi.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi qonun asosida soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi.
Soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to’g’risidagi shartnoma qoidalaridan qat’i nazar, ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi quyidagilar bilan bog’liq huquqiy munosabatlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalashga haqli:
soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to’g’risidagi shartnomani soliq organlarida ro’yxatdan o’tkazish, shuningdek ushbu shartnomaga o’zgartirish kiritish, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to’g’risidagi qaror va uni tugatish bilan bog’liq huquqiy munosabatlarda;
soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisidan soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda solig’i bo’yicha qarzlarni majburiy undirish bilan bog’liq huquqiy munosabatlarda;
soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) xususiyati bo’yicha ular soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi bo’lgan yuridik shaxsning huquqlariga bevosita ta’sir qilsa.
Amal qilish muddati tugashi bilan soliq to’lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to’g’risidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi bo’lgan shaxs ushbu moddaning o’ninchi va o’n birinchi qismlarida nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi.
Soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi bo’lgan shaxslar mazkur guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalash bo’yicha ushbu Kodeks bilan o’zlariga berilgan vakolatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma yoki berilgan ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga berishga haqlidir.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin