hayotni sug’urta qilishi (jismoniy shaxslarning hayoti, sog’lig’i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish, bunda shartnoma bo’yicha sug’urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda sug’urta pullarining sug’urta shartnomasida ko’rsatib o’tilgan oshirilgan foizni o’z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to’lovlarini qamrab oladi);
umumiy sug’urta (shaxsiy, mulkiy sug’urta, javobgar-likni sug’urta qilish hamda hayotni sug’urta qilish sohasiga taalluqli bo’lmagan boshqa sug’urta turlari).
Sug’urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog’liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug’urta sohalari sug’urta turlariga (klasslariga) bo’linadi. Sug’urta turlari (klasslari) O’zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.Sug’urta bozorining professional ishtirokchilari sug’ur-ta faoliyatining sub’yektlari hisoblanadi. Sug’urtalovchilar, sug’urta vositachilari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq sug’urta bozorining professional ishtirokchilari hisoblana-dilar. Sug’urta brokeri, qayta sug’urta brokeri va sug’urta agenti sug’urta vositachilari hisoblanadi. Sug’urtalovchi - bu sug’urta shartnomasiga binoan sug’urta tovoni (sug’urta puli) to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxsdir. Sug’urta brokeri-sug’urta qildiruvchining nomidan va topshirig’iga binoan sug’urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir. Qayta sug’urta brokeri-o’z nomidan va qayta sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug’urtalovchining topshirig’iga binoan qayta sug’urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxsdir.Sug’urta agenti-sug’urtalovchining nomidan va topshi-rig’iga binoan sug’urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo’yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir. Xorij fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va xorij yuridik shaxslari O’zbekiston Respublikasining fuqa-rolari va yuridik shaxslari bilan teng ravishda sug’urtalanish huquqidan foydalanadilar