Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


Sug’urta sohalari va turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə71/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84
Modul Moliya

2. Sug’urta sohalari va turlari
Sug’urta munosabatlarning ehtimollik xarakteriga ega ekanligi.
Sug’urta munosabatlari doimiylik xususiyatga ega emas. Sug’urta vaqtida sug’urta hodisasi yuz beri­shining muddatini, sug’urta hodisasidan keltirilgan zararning hajmini oldindan ko’ra bilish, shuningdek manfaatlari himoya qilinadigan shaxslarni oldindan aniqlash mumkin emas;
Mablag’larning qaytarib berilishi.
Sug’urta to’lovlari sug’urta jamg’armalariga jamlangani-dan so’ng (ya’ni, sug’urta tashkiloti ko’rsatgan xizmat uchun ketgan sarf-xarajatlar chegi­rib tashlangandan so’ng), sug’urta-lanuvchilarning o’zlariga qaytariladi. Mazkur shakldagi sug’urtada sug’urtalanuvchiga beriladigan sug’urta to’lovining hajmi nafaqat zararning ko’p yoki kamligiga, balki sug’urta shartnomasining shartlariga (masalan, mud­datlariga) bog’liq bo’ladi. Shuning uchun qisqa mud­datli shartnoma sababli sug’urtalanuvchiga mablag’lar to’lanmaganligi sug’urta munosa-batlarining ehtimollik xarakterini tasdiqlaydi, lekin sug’urtaning bunday xususiyati mavjud emasligini anglatmaydi. Sug’urta vaqtida ma’lum bir sug’urtalanuvchiga emas, balki ularning hammasiga mablag’larni to’lash nazarda tutiladi;
Qayta taqsimlash munosabatlarning qat’iy belgilanganlik xarakteri.
Sug’urta qilishda qayta taqsimlash munosabat­lari-sug’ur-ta hodisasi yuz berganida to’lanadigan za­rar summasining mazkur munosabatlar barcha ishti­rokchilari o’rtasida taqsim-lashga bog’liq. Sug’urta sub’yektlarining-yuridik va jismoniy shaxslarning pul jamg’armalari shaxslarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini himoya qiluvchi maxsuslashtirilgan korxonalarida (sug’urta kompaniyalarida) to’planadi. Sug’urta qilishda qayta taqsimlash munosabatlari-sug’urta jamg’arma-sini tashkil etishda o’z to’lovlari bilan ishtirok etuvchi sug’urtalanuvchilarning umumiy soni, qoida tariqasida, sug’urta hodisasi yuz berishi bilan zararni qoplash huquqini oluvchi sug’urtalanuvchilar sonining oshishiga asoslanadi. Bu jamg’armalarning faqat sug’urtalanuvchilarga yetka­zilgan zararlarni qoplash uchun ishlatilishi sababli, sug’urta to’lovlarining hajmi unda ishtirok etuvchi shaxslar soniga bog’liq bo’ladi, ya’ni kanchalik sug’urtalanuvchilar doirasi kengaysa, zararni qoplashda ularga tegadigan ulush hajmi kamayadi.
Tashkil etiladigan jamg’armadan samarali foydalanish.
Sug’urta mablag’larini sarf qilish sug’urta shartnomasi shartlariga asoslangan qat’iy hollarda amalga oshiriladi. Sug’urta shartnomasini tuzish va uning shartlari fuqarolik huquqi me’yorlari bilan, shuningdek sug’urta to’g’risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Sug’urtada moliyaning taqsimlash funksiyasi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
sug’urtaning ogohlantirish funksiyasi.
Ogoxlantirish yo’sinidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ajratiladigan majburiy sug’urta badallarining miqdori O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qo’yiladi.
Sug’urtalovchilar sug’urtani amalga oshirish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari mumkin emas. Quyidagilar bundan mustasno:
maxsus vakolatli davlat organi belgilay­digan tartib va shartlardagi investitsiya faoli­yati;
sug’urta sohasidagi mutaxassislarning ma­lakasini oshirish bilan bog’liq faoliyat;
sug’urta agenti sifatidagi sug’urta vositachiligi.
sug’urtaning qayta tiklash (himoya qilish) funk-siyasi.
Sug’urta hodisasining yuz berishi va shartnomada ko’rsatilgan ma’lum bir pul summasining to’lanishi bilan yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan za­rar qisman yoki to’liq qoplanishi (qayta tiklanishi) yuz beradi.
sug’urtaning tejamkorlik funksiyasi.
Bu funksiya sug’urtadan nafaqat shaxsiy va mulkiy zararlarni, balki sug’urta to’lovi sifatida o’tkazilgan pul mablag’larini ham himoya qilinishini ta’minlovchi vosita sifatida namoyon bo’ladi.
sug’urtaning nazorat funksiyasi.
Nazorat funksiyasi, moliya huquqining asosiy funksiyasi sifatida, sug’urtaga ham xosdir. Sug’urtaning nazorat funksiyasi quyidagilarda na­moyon bo’ladi:
sug’urta to’lovlarining sug’urta jamg’armalarida qat’iy belgilangan maqsadlar uchun to’planishida;
ulardan faqat qat’i belgilangan sub’yektlar doirasi va qat’iy belgilangan holatlarda foydalanilishida.
Ushbu funksiya taqsimlash funksiyasi bilan bir vaqtda namoyon bo’ladi.
Moliyaviy tizimning mustaqil zvenosi sifatida sug’urta iqtisodiy munosabatlar yig’indisidan iborat bo’lib, sug’urtalanuvchilardan (yuridik va jismoniy shaxslardan) ixtiyoriy va majburiy asosda to’lovlar undirish orqali maxsus sug’urta jamg’armalari tashkil etiladi.
Sug’urtaning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati nimadan iborat?
Sug’urta xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning doimiy funksiyalanishini va tadbirkorlarning normal ishlashini ta’minlashda katta rol o’ynaydi. Shuningdek, sug’urta fuqa-rolarning va oila "byudjeti"ning shaxsiy daromadlariga sug’urta hodisasi yuz berishi bilan yetkazilgan zararni bartaraf etishda ko’maklashadi.
Sug’urta qilishda yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’lari pul muomilasidan chiqariladi. Demak, sug’urta pul muomilasini tartibga solishda hamda O’zbekiston valyutasi "SO’M"ning mustahkamlanishida ham ma’lum bir ahamiyatga ega.
Sug’urta mamlakatda davlat krediti munosabat­lari va davlat ichki qarzining qoplanishi bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishda ham katta rol o’ynaydi.
Sug’urtaning asosiy roli shundan iboratki, u orqali, nazarda tutilmagan xarajatlarni qoplash maqsadida, sug’urta jamg’armalari tashkil etiladi.
O’zbekiston Respublikasida sug’urta faoliyati bilan davlat tashkilotlaridan tashqari, nodavlat tashkilotlari hamda kompaniyalar shug’ullanishi mumkin.
Mustaqillik sharofati bilan, davlat va sug’urta tashkilotlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarning mazmuni tubdan o’zgardi. Sug’urta sohasidagi davlat boshqaruvi usuli davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish usuli bilan almashtirildi.
Sug’urta tashkilotlarining faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishi sug’urta munosabatlari barcha ishtirokchi-larining huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza etilishini ta’minlashga qaratilgandir.
O’zbekiston Respublikasi «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonunining 10-moddasiga binoan sug’urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo­nidan belgilanadigan maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi. Maxsus vakolatli davlat organi:
-ijro etilishi majburiy bo’lgan to’lovga qobi­liyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar bo’yicha sug’urtalovchilar majburiyatlarining yo’l qo’yiladigan eng ko’p yoki eng kam miqdorini hisoblab chiqarish uslubini, sug’urtalovchilarning to’lovga qo­biliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
-sug’urta bozorining professional ishtirokchi­lari sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini, to’lovga qobiliyatlilik­ning belgilangan normativlari va moliyaviy barqa­rorlikning boshqa talablari bajarilishini nazorat qiladi;
-sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyatini litsenziyalaydi;
-sug’urtalovchilar tomonidan hisob-kitobni yuri­tish, sug’urta zaxiralarining mablag’larini shakllan­tirish va joylashtirishga oid hisobotlar tuzish tar­tibini belgilaydi;
-sug’urtalovchining ijro etuvchi organi rahbarlariga va bosh buxgalteriga qo’yiladigan ijro etilishi majburiy bo’lgan malaka talablarini belgi­laydi;
-sug’urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning shakli, tartibi va muddat­larini belgilaydi;
-qonun hujjatlariga muvofiq sug’urta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tek­shiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni barta­raf etish to’g’risida ijro etilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar kiritadi;
-qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug’urta-lovchilar va sug’urta brokerlari litsenziyala­rining amal qilishini to’liq yoki ayrim sug’urta tur­lariga (klasslariga) nisbatan to’xtatib qo’yadi, shu­ningdek ularning amal qilishini tugatadi;
-har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sug’urta faoliyatini tartibga solish va uni na­zorat qilish borasidagi faoliyat to’g’risida yillik hisobotlarni, shuningdek sug’urta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati to’g’risida statistika ma’lumotlarini e’lon qiladi;
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Maxsus vakolatli davlat organi va uning xodimlari sug’urta bozori professional ishtirokchilarining ustav fondida va boshqaruv organlarida ishti­rok etishga, shuningdek sug’urta vositachisi sifatida ish yuritishga haqli emaslar.
Sug’urtalovchilar qonunlarda nazarda tutilgan tashki-liy-huquqiy shakllarda tuziladi.
Sug’urtalovchilarni davlat ro’yxatidan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sug’urtalovchiga hayotni sug’urta qilish sohasida yoxud umumiy sug’urta sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sug’urta qilish sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug’urtalovchi umumiy sug’urta sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sug’urta sohasining O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasnodir. Umumiy sug’urta sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug’urtalovchi hayotni sug’urta qilish sohasida sug’urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Litsenziyada sug’urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug’urta turlari (klasslari) ko’rsatiladi.
O’zbekiston Respublikasi «Sug’urta faoliyati to’g’risi-da»gi qonunining 27-moddasiga binoan chet el sug’urta tashkilotlari qonun hujjatlarida belgi­langan tartibda yuridik shaxslar - sug’urta bozori professional ishtirokchilarining muassislari (ish­tirokchilari) bo’lishlari mumkin.
Chet el sug’urta tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi hududida qayta sug’urta qilishni, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan transport vositalari va boshqa o’ziyurar mashinalar hamda mexanizmlar egalarining fuqarolik javobgarligini sug’urtalashni amalga oshirishga haqlidirlar. Bunda ana shunday sug’urta shart-nomalarini tuzish sug’urtalovchilar va sug’urta vositachilari-O’zbekiston Respublikasining rezidentlari orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin