Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə58/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84
Modul Moliya

2.Kazus
2. O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 69-moddasida Davlat byudjeti xarajatlari tarkibi belgilangan. Unga ko’ra ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari; nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari; iqtisodiyot xarajatlari; markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari; sudlarni saqlab turish xarajatlari; fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; boshqa xarajatlar.
1.Ushbu holatda ijtimoiy soha harajatlarini tahlil qiling.
2.Iqtisodiyot xarajatlarini tahlil qiling.
3.Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari tahlil qiling.
4.Pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaga yo’naltirilgan pul mablag’lari qaysi manbadan moliyalashtiriladi?
3.Kazus
3. O’zbekiston Respublikasiga pandemiya sharoitida aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida A. Ismli jismoniy shaxs 20 mln. dollar miqdorida beg’araz yordam pullarini O’zbekiston hukumatig taqdim etdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikas pandemiya sharoitida tibbiyo buyum va texnikalarni moliyalashtirish maqsadida Jahon Bankidan 50 mln. dollar tashqi qarz oldi.
1. A. ismli jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan beg’araz yordam pullari qaysi jamg’armaga tushadi va uning shaffofligini ta’minlovchi mexanizmni tushuntiring.
2. Tashqi qarz hisobiga olingan pul mablag’lari uchun to’laniladigan kredit foizlari O’zbekiston tomonidan qaysi pul mablag’lari hisobiga sundiriladi?

O’QISH UCHUN ADABIYOTLAR
Normativ-huquqiy hujjatlar
1. O’zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. www.lex.uz
2. O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi Soliq kodeksi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2019 y., 02/19/SK/4256-son; 11.03.2020 y., 03/20/607/0279-son.
3. O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrdagi Byudjet kodeksi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020 y., 03/20/612/0326-son.
4. O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 apreldagi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019 y., 03/19/516/2484-son.
5. O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi “2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risida”gi qonuni. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019 y., 03/19/589/4126-son; 19.05.2020 y., 03/20/618/0596-son.

6.Karimov I.A BMT Sammiti Mingyillik Rivojlanish Maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqi. Xalq so‘zi / 21.09.2010.


7.Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish— ustuvor vazifamizdir. T.: O‘zbekiston. 2015. 32b.


8.Mirziyoyev SH.M., “Tanqidiy tahlil,qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kеngaytirilgan majlisidagi ma'ruza 2017 yil 14 yanvar Toshkеnt - «O’zbеkiston» - 2017


9.Mirziyoyev SH.M. “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz “ O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntlik lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi, Toshkent-“O’zbekiston”-2016


10.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizning mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.-Toshkent.:”O’zbekiston” NMIU,2017


11.Mirziyoyev SH.M. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi, 2016-yil 7-dekabr.





Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin