Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


Soliqqa tortish tamoyillari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə63/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84
Modul Moliya

3. Soliqqa tortish tamoyillari.
Soliq solish prinsiplari

  • Soliq solish majburiylik,

  • aniqlik va soliq organlarining soliq to’lovchilar bilan hamkorligi;

  • adolatlilik;

  • soliq tizimining yagonaligi;

  • oshkoralik

  • soliq to’lovchininghaqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.

Majburiylik prinsipi
Har bir shaxs belgilangan soliqlar va unda nazarda tutilgan yig’imlarni to’lashi shart.Hech kimga soliqlar va yig’imlarning barcha alomatlariga ega bo’lgan, biroq soliq kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va yig’imlarni to’lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
Soliq solishning aniqligi va soliq organlarining soliq to’lovchilar bilan hamkorligi prinsipi
Soliqlarni va yig’imlarni belgilovchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, agar soliq kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’lovchilarni hamda ushbu soliqlarning va yig’imlarning boshqa barcha elementlarini, shu jumladan ularni to’lash muddatlari va tartibini aniqlab berishi kerak.
Soliq organlari soliq munosabatlari doirasida soliq to’lovchilar bilan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini to’g’ri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shart. Bunda soliq organlari soliq to’lovchilarning qonuniy faoliyatiga asossiz to’siqlar yaratishga haqli emas, soliq to’lovchilar esa soliq organlari o’z vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratishi kerak.
Adolatlilik prinsipi
Soliqlar va yig’imlar kamsitish xususiyatiga ega bo’lishi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo’llanilishi mumkin emas.Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib chiqish mamlakatiga qarab farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki boshqa afzalliklarni belgilashga yo’l qo’yilmaydi.
Fuqarolarning o’z konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to’sqinlik qiladigan soliqlarni belgilashga yo’l qo’yilmaydi.
Soliq tizimining yagonaligi prinsipi
Soliq tizimi O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagonadir.
O’zbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy makonini buzuvchi, xususan, O’zbekiston Respublikasining hududi doirasida tovarlarning (xizmatlarning) yoki moliyaviy mablag’larning erkin muomalada bo’lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo’yadigan soliqlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Oshkoralik prinsipi
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari rasman e’lon qilinishi shart.
Rasman e’lon qilinmagan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari kuchga kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Soliq to’lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo’lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to’lovchining foydasiga talqin etiladi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin