Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


Moliyaviy nazoratning tasnifi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə17/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84
Modul Moliya

2. Moliyaviy nazoratning tasnifi.
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o’tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o’tkazishning metodlariga bog’liq.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko’ra uning quyidagi turlari mavjud:

  • Umumdavlat moliyaviy nazorati;

Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo’yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo’ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi.
Xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o’tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning ob’yekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo’jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi.
Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratning ob’yekti uning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o’tkaziladi. Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo’yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan: amalga oshirilish reglamenti; o’tkazilish vaqti; nazoratning sub’yektlari; nazoratning ob’yektlari.
Amalga oshirilish reglamenti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
- majburiy (tashqi);
- tashabbuskorli (ichki).
Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning moliya-buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishiga va h.k.larga tegishli bo’lishi mumkin.
Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasada, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi.
O’tkazilish vaqti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-dastlabki;
-joriy (operativ);
-navbatdagi (kelgusi, so’nggi).
Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo’lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larning notejamli va nosamarali sarflanishining oldini olish uchun xarajatlarning moliyaviy jihatdan asoslangan bo’lishini ko’zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni va nobyudjet fondlarining moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko’rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo’limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to’g’risida shartnoma va h.k.lardan iborat bo’lishi mumkin.
Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va subsidiyalarni berish va h.k.larning sodir bo’lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larni olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining o’z vaqtida amalga oshirilishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta rol o’ynaydi.
Navbatdagi (kelgusi, so’nggi) moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo’li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy sub’yektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiya amalga oshirilganligining samaradorligini, moliyaviy xarajatlarni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishini va h.k.larni baholashga mo’ljallangan.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin