Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"


Byudjet jarayoni bosqichlari va ishtirokchilarining vazifalari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə32/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84
Modul Moliya

3. Byudjet jarayoni bosqichlari va ishtirokchilarining vazifalari
Byudjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish) ko‘rib chiqish (muhokama qilish) qabul qilish (tasdiqlash) va tasdiqlangan byudjetni ijrosini ta’minlash, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tasdiqlash, shu bilan birga Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy munosabatlaming qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishiga vakolatli bo‘lgan davlat hokimiyati va mahalliy o‘zinni boshqarish organlari hamda byudjet jarayoni ishtirokchilarining faoliyatiga byudjet jarayoni deyiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 3- moddasida byudjet jarayoniga oid tushunchalar berilgan:

  • Byudjet jarayoni - byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ulaming ijrosini nazorat qilish, byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlami tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o‘rtasidagi o'zaro munosabatlar jarayoni;

  • Byudjet jarayoni ishtirokchilari - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy nazorat organlari, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar;

  • byudjet mablaglarini taqsimlovchi - o‘z tasarrufida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan mablag‘ oladigan tashkilotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag‘lari oluvchi;

Byudjet sohasidagi vakolatlar - byudjet jarayoni ishtirokchilarining byudjet munosabatlari sohasidagi vakolatlari;

  • Davlat byudjeti profitsiti - muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarining uning xarajatlaridan oshib ketishi;

  • Davlat byudjeti taqchilligi - muayyan davrda O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti xarajatlarining uning daromadlaridan oshib ketishi;

  • Davlat moliyaviy nazorati - byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida moliyaviy nazorat obyektlarining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlarini o‘rganish hamda taqqoslash.

Barcha darajadagi byudjetlarning o'ziga xos xususiyati shundaki. ular shakllanishining aynan bir bosqichiari doimiy ravishda yangilanib turadi va byudjet doimiy ijro etilib boriladi.
Byudjetlarni shakllantirishning asosiy qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi, «Mahalliy davlat hokimiyati idoralari to‘g‘risida»gi Qonunlarda va boshqa qonuniy hujjatlarda belgilab Respublikasi, mahalliy davlat idoralari o‘z byudjetini shakllantirish va ijro etishiga oid bo`lgan me’yoriy hujjatlami qabul qiladilar. Byudjet jarayoni qonunlar bilan tartibga solingan faoliyatdan iborat bo‘lib, bu faoliyat davlat va mahalliy byudjetlarni tarkib toptirish hamda ijro etilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet iarayonining barcha bosqichlari uch yildan ortig` davrni o‘z ichiga oladi. Tasdiqlangan byudjet esa byudjet yili deb atalib. l-yanvardan 31-dekabrgacha bo'lgan bir joriy yildan iborat bo‘ladi.
Byudjet jarayoni bulardan tashqari bu sohadagi vakolatlarni taqsimlash paytida davlat vakillik hamda ijroiya idoralari o‘rtasida hokimiyat vakolatlarining chegaralanganligi asos qilib olinadi. Shunga ko‘ra byudjetlerni tayyorlash va ijro etish ijroiya idoralar zimmasiga yuklangan bo‘lib, byudjetllarni muhokama qilish va tasdiqlash vakillik qonunchilik idoralari vakolatiga kiritiladi.
Byudjet jarayonini barcha boqichlariga xos yana bir xususiyat Byudjet ko‘rsatkichlarining ixtisoslashtirilganligi, va’ni daromadlarni o'z manbalariga ko'ra, xarajatlarni esa maqsadli yo'nalishlarga ко‘ra tizimlarga bo`linganligidir.
Byudjet jarayoni tamoyillaridan bo‘lgan Byudjet ko‘rsatkichlari ixtisoslashtirilganligi Byudjet tasnifi. ya’ni daromadlar va xarajatlarni muayyan o‘xshash belgilariga ko‘ra tizimlarga solinishida ko‘zga tashlanadi Byudjet tasnifi bu haqidagi maxsus huquqiy hujjatga ko'ra rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet qonunchiligiga ko‘ra iqtisodiy funksional, idoraviy va aralash byudjet tasniflari qo‘llaniladi.
Byudjet tasnifining amalga oshirilishi muhim tashkiliy va huquqiy ahamiyatga ega. Chunki uning vositasida byudjetni ijro etish soddalashadi va osonlashadi, byudjet jarayoni ustidan nazorat qilishda qulaylik tug‘iladi.
Byudjetlarni tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlashning asosiy qoidalari: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq markaziy va mahalliy davlat hokimiyati idoralarining barcha bo‘g‘inlari o‘z byudjetlarini tayyorlash va tashkil etishda mustaqil bo‘lsalarda, byudjet loyihasini tayyorlash, ko‘rib chiqish, tasdiqlash, qabul qilish va ijro etish masalalarini tartibga soluvchi protsessual huquqiy qoidalar, barcha byudjet bo‘g‘inlari uchun umumiy bo‘lgan tartiblar belgilab qo‘yilgan.
Bunday umumiy qoidalar O‘zbekiston Byudjet qonunchiligi bilan beleilangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
byudjetlar muayyan hudud ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbolini belgilash ko‘rsatkichlari hamda dasturlariga muvofiq ravishda amalga oshirilib, byudjet loyihasi tayyorlanguniga qadar davlat hamda ma’muriy-hududiy birliklar taraqqiyoti rejalari, tahminlari ishlab chiqilad;
Ular asosida hokimiyatning ijroiya idoralari tegishli Byudjetning daromadlari: xarajatlari, jamlama byudjet, quyi hududiy idoralarining minimal byudjet ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hokimiyatning vakillik idoralariga takliflar hamda axborotlar taqdim etadilar. Bunday axborotlaming taqdim etilishi muddatlari va tartiblari qonunchilik yo‘li bilan belgilab qo‘yiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli hokimiyatlarning ijroiya va vakillik idoralariga belgilab qo‘yilgan muddatlarda keyingi yil byudjetining o‘ziga xos xususiyatlari, byudjet loyihasi hisob-kitoblari. Ijtimoiy va moliyaviy me’yorlar haqida xabarlar yuboradi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin