Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə69/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84
Modul Moliya

Maxsus adabiyotlar
1. Axmadjanov SH. Allakuliyev A. O‘zbekistonda natijaviylikka yo‘naltirilgan Byudjetlashtirish masalalri va xorij tajribasi. “Moliya” ilmiy jurnali. 4/2014. 133-bet.
2. A.Li.O’zbekiston Respublikasi moliya xuquqi: Yuridik oliy o’quv yurtlari uchun darslik /Ma’sul muxarrir: M.H.Rustamboyev. T.: TDYI, 2004. – 398 b.
4. A.Li.Finansovoyei bankovskoye pravo Respubliki Uzbekistan: Uchebnik dlya bakalavrov. /Li A. – T.: Izdatelьstvo TGYuU. 2020. – 245 b.
5. Isayeva F. Soliq huquqi. Darslik.-Toshkent: TDYU, 2017 -270 b.
6. U.A.Umarov Moliya huquqi. Darslik.-Toshkent-2017, 5-21 b
Xorijiy adabiyotlar
1. Joanna Benjamin. Financial law.Oxford University Press. USA. 2007.
2. John Armour, Don Awrey. Principles of financial regulation. Oxford University Press. United Kingdom. 2016
7 mavzu: Sug’urta faoliyatining huquqiy asoslari
Reja:
1. Sug’urta tushunchasi va unining funktsiyasi
2. Sug’urta sohalari va turlari
3. Sug’urtani huquqiy boshqarish


1. Sug’urta tushunchasi va unining funktsiyasi
"Sug’urta" deganda keltirilishi mumkin bo’lgan zararni maxsus tashkilotga to’langan a’zolik to’lovlari orqali qoplashni ta’minlash tushuniladi.Iqtisodiy ma’noda sug’urta-jamiyat va uning a’zolarining nazarda tutilmagan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’lgan markazlashgan va markazlashmagan pul zaxiralarini va moddiy mablag’larni tashkil etish bo’yicha bo’ladigan munosabatlar tizimi hisoblanadi.Moddiy nuqtai nazardan sug’urta jarayonida-tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalar hamda ma’lum bir hodisalarning sodir bo’lishi bilan keltirilgan zararni qoplash uchun foydalaniladigan maxsuslashtirilgan muassasalarning pul (moddiy) jamg’armalari tashkil topadi.Xorij olimlari Sitseron va Tit Liviy asarlarini o’rganib chiqib, sug’urtaning Qadimgi Rimda, Yunonistonda ham qo’llanilgani to’g’risida xulosaga kelishdi. Jumladan, Qadimgi Yunonistonda Aleksandr Makedonskiy davrida nafaqat o’zaro sug’urtalar, balki shu bilan birga, aksioner sug’urta jamiyatlari ham mavjud bo’lgan. Rossiyada kadimgi rus huquqining asosiy manbalaridan biri bo’lgan "Russkaya Pravda"da (X-XI asrlar) sug’urta to’g’risida ilk marotaba gapirib o’tilgan. Unda odam o’ldirilgan vaqtda yetkazilgan zarar jamoa tomonidan qondirilishi nazarda tutilgan. Lekin sug’urtaning hozirgi ko’rinishi ilk bor XIV asrda paydo bo’ldi. Aynan shu vaqtdan boshlab sug’urta-tijorat-sug’urta tashkilotlarining faoliyati sifatida namoyon bo’ldi. Bu tashkilotlarning asosiy maqsadi "zararlarni taqsimlash" va "sug’urta operatsiyalaridan daromad olish" hisoblangan. Rossiyada bo’lib o’tgan inqilobdan so’ng 1918 yil 28 noyabrda RSFSR SovNarkomi tomonidan "Sug’urta ishini tashkil etish to’g’risidagi" dekret qabul qilindi. Ushbu dekret bilan oldingi barcha xususiy sug’urta jamiyatlari tugatildi, ularning barcha mol-mulki va pul mablag’lari davlat hisobiga o’tkazildi. Bu vaqtdan boshlab sug’urta davlat monopoliyasiga ay­lantirildi va 1990 yillarga qadar davom etdi. Sobiq SSSRda sug’urta bo’yicha ishlarni SSSR Gosstrax or­ganlari amalga oshirib kelgan.Hozirgi vaqtda davlat tomonidan sug’urtaning tartibga solinishida tub o’zgarishlar yuz berdi.Sug’urta O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi­ning mustaqil bo’g’inlaridan biri hisoblanadi va u ikki shaklda: ijtimoiy sug’urta va shaxsiy sug’urta shaklida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, turli mulk shakllariga asoslangan kor­xonalarning tashkil topishi jarayonida ijtimoiy sug’urta-davlat ijtimoiy sug’urtasiga va nodavlat ijtimoiy sug’urtasiga bo’lindi. O’zbekiston Respublikasida sug’urta munosabatlari, sug’urta tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish va huquqiy tartibga solish asoslari O’zbekiston Respublika-sining 2002 yil 5 apreldagi "Sug’urta faoliyati to’g’risida"gi qonuni qabul qilingan bo’lib, 2020-yil 3- fevralda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilingan. Qonunda birinchi marotaba sug’urtaning huquqiy mazmuni ko’rsatib berildi, ya’ni: sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi. Sug’urta faoliyati deganda esa sug’urta bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati tushuniladi. Mazkur qonunning 4 - moddasida sug’urtaning quyidagi sohalari va turlari ko’rsatib o’tilgan:

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin