Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi


Mualliflar  5  QADIMGI SHARQDA XALQARO MUNOSABATLAR VA



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Mualliflar 



QADIMGI SHARQDA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. Qadimgi Mesopotamiya diplomatiyasi. 
2. Qadimgi Misr diplomatiyasi. 
3. Qadimgi Xett diplomatiyasi. 
4. Qadimgi Ossuriya diplomatiyasi. 
5. Qadimgi Hindiston diplomatiyasi. 
6. Qadimgi Xitoy diplomatiyasi. 
 
Tayanch
 
so’z va
 
iboralar: 
Diplomatiya. Lugal. Lagash. Gir’avn maktublar 
uyi. Nikoh diplomatiyasi. Garovga olish diplomatiyasi. Xazianu. Kontragent 
shartnoma. Aso odami. Ashshurbanipal kutubxonasi. Al-Amarna arxivi. Abarakku. 
Rabshakku. Marshipri. Mandala. Artxashastra. Duta. Yuyshi. 
 
Qadimgi 
Mesopotamiya. 
Diplomatiya 
qadimgi 
davrdagi 
xalqaro 
munosabatlarda davlatlarning siyosiy hamda qulchilikka asoslangan iqtisodiy 
manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Aynan qulchilik munosabatlari qadimgi 
Misr, Akkad, Bobil, Ossuriya diplomatiyasi, Xett, Hindiston va Xitoy kabi 
davlatlarning vujudga kelishi hamda gullab-yashnashida muhim rol o’ynagan. 
Miloddan avvalgi IV–III ming yilliklarda diniy, harbiy xarakterga ega bo’lgan 
kuchli davlatlar o’z iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida qo’shni davlatlarga 
bostirib kirganlar hamda ularning boyliklarini talaganlar, aholisni esa qulga 
aylantirgan. Xalqaro masalalar faqatgina urush bilan hal qilingan. Miloddan 
avvalgi II ming yilliklarga kelib qadimgi Sharq mamlakatlari o’rtasidagi xalqaro 
munosabatlarda diplomatiyaning o’rni kuchayib borgan.
Miloddan avvalgi III–II ming yilliklarda Mesopotamiyada yigirmaga yaqin 
“en”lar, ya’ni, shahar-davlatlar mavjud bo’lib, Mesopotamiyada gegemonlikka 
da’vogarlik qiluvchi dastavval “Kish podshosi” unvoniga ega bo’lishi kerak 



bo’lgan. “Kish lugali” unvoni podsho-gegemonning an’anaviy unvoni bo’lib 
qolgan.
Mesopotamiyaning tashqi aloqalari asosan, Sharq tomonga qaratilgan edi. 
Miloddan avvalgi IV ming yillikda Mesopotamiya Eronning yassi tog’lik 
hududlari bilan jadal savdo aloqalariga ega bo’lgan. 
Miloddan 
avvalgi 
III 
ming 
yillikda 
Mesopotamiyaga 
keltirilgan 
mahsulotlarning aksariyat qismi aynan savdo karvonlari orqali ta’minlangan. Bu 
esa savdo karvonlarining yorkin qatnovini ta’minlovchi o’zaro kafolatlarni vujudga 
keltirishni talab qilgan. 
Kish hukmdori Menbaragessi (mil. avv. 2600-y.) ishtrokidagi bizga ma’lum 
bo’lgan harbiy to’qnashuvlardan eng qadimgisi Elam bilan bog’liq edi. Elam 
keyingi asrlar davomida eng xavfli dushmanga aylanib, Mesopotamiya davlatlari 
aynan shu paytda to’xtovsiz harbiy to’qnashuvlar davriga kirib borgan. Kish 
hukmdorlaridan tashqari Ur, Uruk, Lagash hukmdorlari ham o’zlarini “Kish 
podshosi” deb nomlay boshlaganlar. Akkad sulolalariga tegishli bo’lgan shohlar 
ham keyinchalik ushbu unvonni o’zlarining unvonlari qatoriga kiritganlar.
Butun Mesopotamiya hududlarini o’z ichida qamrab olgan davlatni birinchi 
bor Akkad podshosi Sargon I (mil. avv. 2316–2261) Shumerni va Mesopotamiyani 
katta barpo etgan. Akkad deb nomlangan bu davlat o’zining tuzilishi jihatidan ham 
konfederatsiya, ham markazlashgan davlatni eslatgan. Yaqin Sharqda Misr va 
Elamning asosiy raqobatchisiga aylangan Akkad davlati uchun harbiy yurishlar 
an’anaviy tus olgan. O’zini “to’rt iqlim podshosi” deb e’lon qilgan Naramsin (tah. 
mil. avv. 2237–2200) va elamliklar hukmdori Xita (mil. avv. XXIII asr) o’rtasidagi 
birinchi xalqaro shartnoma hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Shartnomaga ko’ra 
mag’lub tomon hisoblanuvchi Elam podshosi katta tovon to’lashdan tashqari 
Akkadga nisbatan samimiy va do’stona munosabatda bo’lish, uning dushmanlariga 
qarshi harakatlarda harbiy yordam ko’rsatish, dushmanlik kayfiyatidagi 
qochoqlarni tutib berish, Naramsinga dushmanlik qilganlarga panoh berishdan voz 
kechish kabi majburiyatlarni o’z zimmasiga olgan. 



Miloddan avvalgi II mingyillik birinchi yarmida Mesopotamiyada yetakchi 
davlatga aylangan Bobilning siyosiy tartibsizlik sharoitida yuksalishi harbiy 
muvaffaqiyatlar bilan birga o’ta mahorat bilan olib borilgan diplomatiyaning 
natijasi edi. Bobil hukmdorlari qo’shni davlatlar bilan diplomatik munosabatlalarni 
tartibga solishda sulolaviy nikohdan keng foydalanganliklari to’g’risida ham 
ma’lumotlar uchraydi. Bu davrda davlatlar o’rtasida ko’plab ittifoqlar (teng 
huquqli yoki tengsiz) tuzilgan. Biroq ularning barchasini umri qisqa bo’lgan. 
Chunki diplomatik munosabatlarni kafolatlovchi huquqiy normalar hali shakllanib 
ulgurmagan edi. Agar ittifoq teng huquqli bo’lmasa, unda gegemon-podsho qaram 
podsholiklarga, ularni doimo nazorat qilish maqsadida, o’zining maslahatchilarini 
(xazianuni) yuborardi. Qaram podsholar bunday ittifoqning rahbariga yuborgan 
maktublarida unga “ota” yoki “hukmdor” deb murojaat qilganlar. Ularning 
majburiyatlari bitimlarda aniq belgilangan bo’lib, eng asosiy vazifasi urushlar 
davrida harbiy yordam ko’rsatishdan iborat bo’lgan. Tuzilgan shartnomalar 
xudolar oldida qasam ichish bilan mustahkamlangan. Siyosiy maqsadlarga erishish 
yo’lida harbiy kuch, ayyorlik, pora berib sotib olish, isyonlarni keltirib 
chiqarishdan foydalanilgan. Bunday usullarni Bobil hukmdorlari muvaffaqiyatli 
tarzda qo’llaganlar. 
Mari va Bobil o’rtasidagi shartnomalardan birida siyosiy maqsadlarga 
erishish 
yo’lida 
iqtisodiy 
“yordam”dan foydalanilganligini tasdiqlovchi 
ma’lumotlar keltirilgan.
Miloddan avvaigi II ming yillikning o’rtalarida Yaqin Sharqda bir-biriga 
teng hisoblangan bir nechta “buyuk” davlatlar mavjud edi: Misr, Kassitlar Bobili, 
Shimoliy Mesopotamiyadagi Mitanni davlati va Kichik Osiyodagi Xett podsholigi, 
Suriya, Falastin, Finikiya, Shimoliy Mesopotamiya, Kichik Osiyodagi kichik va 
mayda podsholiklar yoki knyazliklar “buyuk” davlatlarga qaram bo’lib qolganlar. 
“Buyuk” davlatlar podsholari o’zaro yozishmalar chog’ida bir-birlariga 
“birodar” deb murojaat qilgan. Bir birlariga o’zaro qimmatbaho sovg’alar taqdim 
etish diplomatik munosabatlarning muhim tarkibiy qismi bo’lgan. 




Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin