Namangan davlat universiteti xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/56
tarix21.12.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#187875
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56
Nazorat uchun savollar: 
1. Qadimgi Sharqning qaysi davlatida xalqaro munosabatlarni tartibga 
solishda sulolaviy nikohdan keng foydalangan? 
2. Qadimgi Mesopotamiya tarixida kim o’zini “To’rt iqlim” humdori deb 
e’lon qilgan edi? 
3. “Buyuk” davlatlar podsholari o’zaro yozishmalar chog’ida bir-birlariga 
qanday murojaat qilganlar? 
4. Qadimgi Misr diplomatiyasi haqida eng qimmatli ma’lumotlar qaysi 
manbada keltirilgan? 
5. Qadimgi Misr diplomatiyasida “Fir’avn maktublar uyi” nomli maxsus 
muassasaning vazifasi qanday? 
6. “Artxashastra”ga binoan, ittifoqchining asosiy xususiyati nimadan iborat? 
7. Qadimgi Xitoy diplomatyasida “Yuyshi” mansabidagi shaxsning 
vazifalari nimalardan iborat bo’lgan? 
8. “Mandala” so’zining ma’nosini ayting? 
 
QADIMGI YUNONISTONDA XALQARO MUNOSABATLAR VA 
DIPLOMATIYA 
REJA: 
1. Prokseniya va amfiktoniyalar. 
2. Elchilik tartiblari. 
3. Klassik davrda xalqaro munosabatlar.
4. Ellinizm davrida xalqaro munosabatlar. 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
Prokseniya. Aamfiktoniya. Kseniya. 
Ieremnemon. Ker’yuks. Angelos. Afina. Sparta. I Afina dengiz ittifoqi. Peleponnes 


17 
ittifoqi. Yunon–Eron urushi. Kalliy sulhi.
 
Peleponnes urushlari.
 
II Afina dengiz 
ittifoqi.
 
Prokseniya va amfiktoniyalar. 
Insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi 
o’choqlaridan biri hisoblanadigan qadimgi Yunonistonda fan-texnika, madaniyat 
va maorif bilan bir qatorda xalqaro munosabatlar, diplomatik bilimlar, siyosiy ong 
va dunyoqarash ham yuksalib bordi. Garchi qadimgi Sharq mamlakatlari – Misr, 
Akkad, Bobil, Ossuriya, Xett, Hindiston va Xitoy kabi davlatlarda diplomatik 
munosabatlar va elchilik tartiblari o’zining shakllanish jarayonini boshlab bergan 
bo’lsa, bu jarayon antik Yunonistonda yangi bosqichga qadam qo’ydi. 
Qadimgi Yunonistonda xalqaro aloqalar va xalqaro huquqning eng qadimgi 
shakli – “Prokseniya”, ya’ni mehmondo’stlik edi. Prokseniya ayrim shaxslar, 
urug’lar, qabilalar va davlatlar o’rtasida amal qilar edi. Biror mamlakatga tashrif 
buyurgan elchilar, avvalo, o’zlarining proksenlariga murojaat qilardilar va ular 
diplomatik muzokaralarda yetakchi o’rinni egallardilar. Proksenlar huquq, savdo-
sotiq, soliq va sud ishlarida, aholi bilan davlat o’rtasida asosiy vositachi 
hisoblanganlar. Ular aholining shaharga bo’lgan ahloqiy munosabatlarini ham 
tartibga solib turganlar. Shaharda istiqomat qiluvchi chet elliklar mehmondo’stlik 
ilohasi – Kseniya himoyasida deb hisoblangan. 
Xalqaro munosabatlarning yana bir qadimiy institutlaridan biri – 
amfiktoniyalardir. “Amfiktoniya” so’zi yunoncha so’z bo’lib, “atrof hududlarda 
yashovchilar” degan ma’noni anglatadi. Amfiktoniyalar ibodatxonalarda tashkil 
etilgan diniy ittifoqlar hisoblangan. O’ta muhim va ardog’da bo’lgan xudolar 
qoshida tashkil etilgan bu ittifoqlar urug’ ichidagi, urug’lararo, qabilalararo 
munosabatlarni tartibga solgan. Bayramlar arafasida har qanday urushlar 
amfiktoniyalar 
tomonidan 
qat’iyan 
ta’qiqlangan. 
Ushbu 
ta’qiqqa 
amal 
qilmaganlarga nisbatan “muqaddas urush” – iyeromimiya e’lon qilingan. Bundan 
ko’rinib turibdiki, amfiktoniyalar nafaqat diniy, shu bilan birga siyosiy xarakterga 
ham ega bo’lgan. 
Amfiktoniyalarning asosiy vazifasi ilohiy bayramlarni munosib nishonlash, 
umumiy qurbonliklar tashkil etish, aholi va turli jamoalarning ehsonlari evaziga 


18 
to’plangan xazinani himoya qilish, uni maqsadli sarflash, diniy qoidalarni 
buzganlarni jazolash kabilardan iborat edi. Amfiktoniyalardan eng yirigi Fermopil 
– Demetra ibodatxonasi bo’lib, u 12 ta qabilani o’zida birlashtirgan. Har bir qabila 
2 tadan ovozga ega bo’lgan. Tashkilotning bosh organi umumiy yig’in hisoblanib, 
yig’in raisi iyeremnemon deb atalgan. Umumiy yig’in yilda 2 marta: bahorda va 
kuzda chaqirilgan. Iyeremnemon qabila boshliqlari orasidan ovoz berish yo’li bilan 
saylangan. Amfiktoniyaning har bir a’zosi unga kirishdan oldin qasamyod qabul 
qilgan. Qasamyod matni quyidagicha edi: “Amfiktoniyaga qarashli hech bir 
shaharni vayron qilmayman. Uning suvlarini o’zboshimchalik bilan egallab 
olmayman. Qasamyodni buzganlarga qarshi hamma bilan birgalikda urush e’lon 
qilaman, uning shaharlarini vayron qilaman. Xudoning xohishiga qarshi 
borganlarni shafqatsiz jazolayman”. 
Amfiktoniyalar miloddan avvalgi V–IV asrlarda Yunoniston siyosiy 
hayotida qudratli ta’sirga ega bo’lgan. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin