10
harakati deb baholangan. Shartnomalarning ko’plab moddalari ichki va tashqi
dushmanlarning har qanday tajovuzlariga qarshi
birgalikda kurashishga
bag’ishlangan bo’lib, uning ayrim bandlari faqat bir tomon uchun taaluqli bo’lishi
mumkin edi. Shartnomada ko’zda tutilgan shartlarning to’liq bajarilishi ustidan
nazorat qilish asosan guvoh - xudolar zimmasiga yuklatilgan.
Xett mamlakatining tashqi siyosatida sulolaviy nikohlar muhim o’rin
egallagan. Xett podsholarining qizlari boshqa davlatga
uzatilgan vaqtda ularga
bosh xotin, ya’ni mamlakat malikasi maqomini kafolatlovchi shartlar ilgari
surilargan.
Xett manbalarida diplomatik elchilik vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs,
“aso odami” (gerold) haqida ma’lumotlar uchraydi. Ushbu daraja oddiy elchi yoki
vakil darajasidan
ancha yuqori hisoblangan, chunki “aso odami” unvoni ko’p
hollarda podsho urug’iga mansub kishilarga berilgan.
Hukmdorlarning diplomatik munosabatlarida mirzalar (kotiblar) muhim rol
o’ynagan. Ular o’z hukmdorining ko’rsatmalariga, xettlarning o’zida
shakllangan
mezonlarga tayanib, shartnomalar va xatlarning matnlarini tayyorlaganlar. Xett
jamiyatining talabalaridan kelib chiqib, mirzalar bir necha
tillarni bilishlari lozim
bo’lgan. Ular maxsus mirzolar maktablarida ta’lim olganlar.
Dostları ilə paylaş: