13
san’at bo’yicha qimmatli ma’lumotlar mavjud bo’lib, unda “mandala” (“doira”,
“davlat doirasi”) konsepsiyasi ilgari surilgan.
Mandala – bu tashqi siyosatga oid muayyan harakatlar va chora-tadbirlar
majmuasi bo’lib, uning asosiy g’oyasi “buyuk davlat barpo etish”dan iborat edi.
Buyuk davlat (“jahon” saltanati)ning barpo etilishi siyosatning oxirgi maqsadi
hisoblangan.
Dushman va uning ittifoqchilari orasida
adovatni keltirib chiqarish, raqib
ittifoqchilari bilan separat (boshqalar bilan kelishilmagan, bir tomonlama)
shartnomalar imzolash yoki ularga to’g’ridan-to’g’ri harbiy yordam ko’rsatish,
ya’ni dushman mandalasini parchalab tashlash g’olib
chiqishning eng muhim
vositasi sifatida tan olingan.
“Artxashastra”ga binoan, ittifoqchining asosiy xususiyati foyda keltirish va
itoatkorlik hisoblangan. Siyosat sa’natini egallagan podsho,
birinchi galda
shartnomalarning murakkab tizimiga tayanib, yakka hokimlikka intilishi lozim
bo’lgan. Siyosiy maqsadlarni ro’yobga chiqarish maqsadida
turli xil tinchlik
bitimlari imzolash – siyosatning eng muhim vositasi deb ta’lim berilgan.
“Artxashastra” muallifi garovga olish amaliyotiga eng qulay usul sifatida
baho bergan. “Tinchlik” davlatlarning uzoq va doimo birga mavjud bo’lishini
anglatmagan. Vaqtinchalik tinchlikka erishish - kuchliroq dushman ustidan g’olib
chiqishning eng yaxshi vositasi sifatida tavsiya etilgan. Asarda "siyosatning to’rt
usuli" ham tilga olingan:
1. O’gitlar, pand-nasihatlardan foydalanish.
2. Sovg’a-salomlar tarqatish.
3. O’zaro nizo urug’ini sepish.
4. Kuch ishlatish..
Diplomatik
xarakterdagi
turli
xil
shartnomalarning
ta’rifiga
“Artxashastra”da katta e’tibor qaratilgan. Ular orasida teng huquqli va tengsiz,
foydali
va foydasiz, shartlari mavjud va shartlari yo’q shartnomalar alohida
belgilab ko’rsatilgan.
14
Urush barcha usullardan foydalanib bo’lgandan keyingina,
oxirgi vosita
hisoblangan. Podshoga g’alabalarga imkon qadar jangsiz erishish tavsiya qilingan,
chunki tinch yo’l bilan bo’ysundirish kamroq kuch va xarajat talab qiladi.
Miloddan avvalgi I mingyillikning birinchi choragiga oid manbalarda
“Duta” (“elchi”) tilga olinadi.
“Artxashastra” elchining vazifalariga bag’ishlangan bob mavjud bo’lib,
uchta turga ajratilgan: “muxtor”, “cheklangan vakolatlarga ega” va “choparlar”
(maktublar yetkazuvchi).
Elchining mahalliy aholi bilan aloqa qilishi podsho farmoniga ko’ra, man
etilgan yoki cheklangan. Siyosiy asarlarda elchiga ko’proq sukut qilish va eshitish
qat’iy tavsiya etilgan. Maxsus diplomatik muassasa shakllanmagan bo’lsa ham,
elchilik vazifalarini podsho nomidan oliy mansabdor shaxslar olib borgan.
Elchilardan nomalarni yetkazib berish niqobi ostida raqibni yoki uning eng qudratli
amaldorini yo’q qilish maqsadida ham foydalanilgan.
Shuningdek, elchilar dushmanning joylashuvi,
kuchlari, zaxiralari haqida
ham ma’lumotlar to’plagan. “Artxashastra” da turli xil nomalar (maktublar va
xatlar)ning, shu jumladan, diplomatik tusdagi yozishmalarning qoidalari berilgan.
Dostları ilə paylaş: