Vashington konferensiyasi.
Britaniya imperiyasidagi kelishmovchiliklar-
dan Amerika hukumati foydalandi. 1921- yil 10- iyulda AQSh davlat kotibi Yuz
bo’lajak konferensiyani e’lon qildi. Konferensiyaga AQSh, Angliya, Yaponiya,
Fransiya, Italiya, Bel’giya, Gollandiya, Portugaliya va Xitoy davlatlari taklif
etilishi rejalashtirilgan edi. Germaniya va Sovet davlati ham Vashington
konferensiyasiga taklif etilmadi. Bunga javoban Sovet davlati hukumati rasmiy
e’tiroz bildirdi. 1921- yil 19- iyuldagi Tashqi Ishlar Xalq Komissarligining
notasida Sovet hukumati uni konferensiyadan chetlashishlariga qarshi ekanligini
bayon qildi. Shuningdek, Tashqi Ishlar Xalq Komissarligi konferensiyaga
Yaponiya va RSFSR o’rtasida 1920- yilda paydo bo’lgan Uzoq Sharq Respublikasi
ham qatnashmasligiga qarshi edi.
1921- yil 11- avgustda barcha davlatlarga rasmiy taklifnomalar jo’natildi.
Amerika matbuoti barcha savollar bilan bir qatorda Yaponiyani Sibirga
intervensiyasi ko’rib chiqilishi aytib o’tildi.
Dayren konferensiyasi.
Amerika Yaponiyaning Sharqiy Sibirdagi
harakatini shubha bilan kuzatardi. 1920- yilning aprelda u yerda barcha chet el
qurolli kuchlarini evakuvatsiya qilish rejalashtirilgan edi. Biroq, Yaponiya
boshqacha qaror qildi. Amerika desantlari Vladivostokdan chiqib ketishi bilan, 5
aprel kuni kechasi Yaponiya qo’qqisdan Primoriyadagi rus garnizonlariga hujum
qilib, u yerlarni bosib oldi. 1921- yil iyulda UShR (Uzoq Sharq Respublikasi)ga
Ebbot boshchiligidagi Amerika missiyasi yo’l oldi. Tez orada Chitada ham
norasmiy Amerika diplomatik vakili paydo bo’ldi.
Yaponiya
Sharqiy
Sibirdagi
xatti-harakatlari
uchun
Vashington
konferensiyasida ochiq ayblanishdan qo’rqib, raqiblaridan o’tib ketishga qaror
155
qildi. Smitni Chitaga kelganligidan xavotirga tushib, Yaponiya kechasi UShR
vakiliga ikkala davlatlar o’rtasida yaxshi aloqalar o’rnatishni taklif etdi. Shu bilan
bu kelishuv sir bo’lib qolishi shartini qo’ydi.
1921- yil 26- avgustda Dayrenda muzokaralar boshlandi. E. N. Petrov
boshchiligidagi UShR delegatsiyasi Yaponiyadan darhol yapon askarlarini
evokuatsiya qilishni talab qildi. Uzoq muzokaralar boshlandi.
1921- yil oktabrda yapon delegatsiyasi UShR vakillariga ultimatum
ko’rinishidagi talabni qo’ydi. U 17 ta punkt va yashirin 3 ta banddan iborat edi.
Uni qabul qilish UShR Yapon davlatidan iqtisodiy va siyosiy qaramlikkka tushib
qolish degani edi. 15 ta punktda Yaponiyaga Shimoliy Saxalinni 15 yilga ijaraga
berish ham talab qilingan edi.
Yashirin punktlarda Yapon hukumati Uzoq Sharqdan o’zining qurolli
kuchlarini o’zi xohlagan paytda olishi ko’rsatilgan edi. UShR delegatlari bunday
talablarni
qabul
qilishdan
bosh
tortdi.
Biroq,
Yaponiya
Vashington
konferensiyasida UShR bilan ularning o’zlarining aybi bilan aloqalarni yaxshilay
olmayotganligini bahona qilishini xohlamasdan, UShR muzokaralarni davom
ettirdi. Vashington konferensiyasi ochilganda Dayren konferensiyasi davom
etayotgan edi.
1921- yil 12- noyabrda dengiz qurolli kuchlari masalasida Vashington
konferensiyasi ochildi. Vashington yig’ilishlari ochiq va ommaviy deb e’lon
qilindi. Delegatlarni har bir chiqishi shu zahoti gazetada chop etilardi. AQShni
delegati sifatida Yuz ishtirok etdi. AQSh konferensiyada Yuz davlat sekretarligi
tomonidan delegatsiya etib namoyish qilingan hamda konferensiya raisi etib
tanlangan.
Ingliz delegatsiyasi Balfur tomonidan boshqarildi. Dominionlar va
Hindiston mustaqil vakillikka ega bo’lgan, shuning uchun ham konferensiyada 14
davlat mavjud bo’lgan.
Fransiya delegatsiyasini primer-vazir Brian boshqargan. Anjumanning
birinchi majlisidayoq mojaro yuz berdi. Brianning joyi stol markazidan bo’lmadi,
markaziy joylar amerikaliklar va inglizlar tomonidan band etilgandi. Shuning
156
uchun stolning chetrog’ida o’tirishiga to’g’ri keldi. Majlisning oxirida ingliz
elchisini uzoqroqqa o’tqazib, o’rniga Brianni o’tqazishdi. Fransuz delegatlari
hayratda qolishdi, ular ushbu mojaroda Fransiya obro’sini pasayishini haqqoniy
ko’rishdi. Yuz birinchi orator bo’lib chiqdi. U anjumanda Amerika vakilligi
nomidan yuqori qudratli harbiy kemalar qurilishini to’xtatish, tizimdan eski
kemalarni ma’lum miqdorini chiqarib tashlash va ularning chiziqli kemalariga
ma’lum bir tonnaj tashkil qilish taklifini kiritdi.
Yuz kelishuv imzolangandan so’ng 10 yil davomida chiziqli kemalar
qurmaslikni, qurilsa ham buzilganlar o’rnigagina qurilishini, Angliyaning yirik
floti uchun 500 ming, Amerika uchun 500 ming, Yaponiya uchun 300 ming
umumiy tonnaj belgilash taklifini kiritdi. Har bir yangi linkor (kema) 35 ming
tonnajdan oshmasligi kerak. yengil kemalar tonnaji Angliya va Amerika uchun 450
mingdan, Yaponiya uchun 270 ming belgilandi. Va nihoyat suvosti kemalari uchun
tonnaj Amerika va Angliya uchun 90 mingdan, Yaponiya uchun 40 ming deb
aniqlandi. Amerikaliklarning taklifini asosiy maqsadi ravshan edi: Angliyaning
harbiy dengiz qudratidan o’zib ketish maqsadida boshqa dengiz davlatlarini flotini
tonnajini ko’tarishga kirishdi.
Yuzning talabiga ko’ra, Angliya 3 oy davomida kelishuvga binoan, chiziqli
kema qurilishini to’xtatishi, tizimda 19 tani chiqarib, 22 tasini olib qolishi kerak
edi. Amerika qurilishni to’xtatib, tizimdan 30 ta kemani chiqarib, 18 tasini
qoldirishi kerak edi, Yaponiya esa 8 ta kema qurilishini rad etib, 7 ta yangi linkorni
10 ta eski kemani yo’q qilishi va yirik kemalar sonini 10 taga yetkazishi kerak edi.
Yuzning bu chiqishi sensatsiya bo’ldi. Guvohlarning birini aytishicha, Yuz
Angliyaning “Qirol Georg V”ga o’xshagan kemalar qurilishini to’xtatishi kerak
degan paytda ingliz admirali Bitti o’zini yo’qotib qo’ydi.
15- noyabrda navbatdagi majlisda Balfur Angliya Yuz talab va takliflariga
roziligini bildirdi. Majlis yakunida Balfur Loyd Jorjning Yuzga maqtovlarini
eshittirdi. Ingliz vakilligi Amerika loyihasini qo’llab-quvvatlashga qaror qilganini
tushunish qiyin emas edi. Buyuk Britaniya jahon urushi vaqtida davlatdan ulkan
xarajat talab qilib, ulkan harbiy flot qurdi. Buyuk Britaniyani katta-katta
157
qarzdorligini bajonidil flotdagi shaxs va kemalar tarkibini qisqartirdi. Bundan
tashqari, Angliya flotini tarkibida mustahkam jangari kemalar bo’lishiga intildi.
Balfurning ortida Yaponiya vakili baron Kato chiqdi. U ham, Yaponiya
dengiz kuchini qisqartirishni, taklifga roziligini bildirdi. Fransiya vakili Brian ham
roziligini bildirdi, lekin Fransiyani ko’proq quruqlik armiyasi cheklanishi haqidagi
masalalar qiziqtirishini qo’shib qo’ydi. Vashington anjumanidagi davlatlar orasida
birdamlik bordek tuyulardi. Yapon delegatsiyasi AQSh, Angliya va Yaponiya
5:5:3 ulushi o’rniga 10:10:70 ni taklif qildi. Amerika tahdid qila boshladi, agar
Yaponiya shunga qanoat qiladigan bo’lsa, har bir yaponiyalik uchun 4 tadan kema
qurishi mumkin edi. O’shanda Yaponiya Amerika Tinch okeanida harbiy dengiz
bazasini qurmasligi sharti bilan Amerika urushiga roziligini bildirdi. Yuz kelajakda
Gavaya orollari bilan munosabatlarni mustahkamligi borasida hech qanday ishonch
bildirmasligini aytib o’tdi. Uzoq davom etgan kelishuvlar boshlandi.
Majlis ishlarini ochiq oydinligi tantanali e’lon qilinishini yopiq yig’ilishda
3 ta davlat – AQSh, Angliya, Yaponiya qaror qildi. Hattoki, Fransiya bexabar edi.
Fransiya faol ishtirokiga qaramay, 10 ta zirh tashuvchi qurish huquqi bilan qoldi,
ularni har biriga 35 ming tonna edi. Italiya ham o’ziga xuddi shunday tonna talab
qildi.
Yuz Fransiya uchun 175 ming tonna talab qildi. Bu bahslardan so’ng
Fransiya anjumanni to’xtatishni so’radi. Bunday muhokamalardan so’ng Yuzning
loyihasi quyidagicha tus oldi:
AQSh – 525 ming tonna
Angliya – 525 ming tonna
Yaponiya – 315 ming tonna
Fransiya – 175 ming tonna
Italiya – 175 ming tonna.
Savolning muhokamasi bu bilan tugamadi. U komissiyalarni yig’ilishida
ham sirli yig’ilishlarda ham davom etdi. Angliya Yuzning taklifiga ko’nganligiga
sabab Amerika Fransiya bilan kelishib olishlaridan qo’rqdi. Lekin, Yuzning
taklifini qabul qilgandan so’ng Angliyaning ahamiyati kamaydi. Buyuk Britaniya
158
AQSh bilan qurolli kuchlarini tengligini tan olishi kerak edi. Biroq, Fransiya
armiyasi kuchli edi. Shuning uchun Angliya o’zining armiyasini faqatgina Fransiya
qurolli kuchlarini qisqartirsagina, qurolsizlantirishini aytdi. Amerika Fransiyaning
armiyasi qisqarishini xohlamas edi. Chunki, bunda Angliyaning Yevropada
ahamiyati kuchayar edi. Lekin, Amerika qurolli kuchlarini qisqartirishidan maqsad,
AQSh Yaponiya armiyasini kuchsizlanishini xohlardi.
Brian shunday deydi: “Fransiya uchun bundanda ortiq sharmandalik
bo’lmaydi. Agarda tinchlik uchun kurashadigan biron-bir davlat bo’lsa ham, u ham
bo’lsa, Fransiya deydi”. U armiyani qisqartirishdan bosh tortdi. U armiya ularga
Pol’sha va G’arbiy Yevropani bol’sheviklardan himoya qilish uchun kerak dedi.
Yapon armiyasini qisqarishini Kato ham xohlamadi. Bunday pozitsiyani Bel’giya
va Italiya ham egalladi.
1921- yil 13- dekabrda Vashington konferensiyasida birinchi bitim
imzolandi. Bu 4 ta davlat kelishuvi edi. Kelishuv o’n yilga imzolandi. Kelishuv
Amerika diplomatiyasi yutug’ini bildirardi. Bitim imzolangandan so’ng 1911-
yildagi Yaponiya-Angliya bitimiga yakun yasadi.
1922- yil 6- fevralda qo’shimcha kelishuv imzolandi. Bitimda shunday
deyilgan, Karafuto, Fazmozu, Peskador orollariga Yaponiya mandat oldi. Shundan
kelib chiqib, 4 ta davlat kelishuvi SSSR va Xitoyni huquqlarini himoya qiladi.
1922- yil 4- fevralda Angliya, AQSh, Fransiya, Yaponiya, Niderlandiya va
6- fevral Portugaliyaga tantanali xabar qildi. Bunda shunday deyilgan, bu
davlatlarga 4 ta davlat tomonidan hurmat bilan qaralishi va yordam berilishi
aytilgan.
Dostları ilə paylaş: |