Besh davlat kelishuvi.
Konferensiyaning keyingi ishlari faqatgina Angliya
va Fransiya o’rtasidagi kelishmovchiliklarni kuchaytirdi. Uzoq muzokaralardan
so’ng beshta davlat – AQSh, Angliya, Yaponiya, Fransiya va Italiya dengiz qurolli
kuchlarini qisqartirish to’g’risida kelishuv imzoladi. Kelishuvga qaraganda,
ko’rsatilgan davlatlar o’rtasida 5:5:3:1, 75:1, 75 o’lchamida flot belgilangan.
So’nggi hisob bo’yicha Angliya umumiy miqdorda 558950 t ga 20 ta
kemaga ega bo’lishi kerak. AQSh 525850 ga 18 kema, Yaponiya 301320 ga 10
kema, Fransiya 221170 ga 10 kema, Italiya 182800 ga 10 kema.
Vashington konferensiyasi kreyser va yerosti flotiga hech qanday chegara
qo’ymagan.
Kelishuvda aytilishicha, har bir davlat urush paytida kelishuvni to’xtatib
turishi mumkin. 1923- yil 17- avgustdagi AQSh tomonidan tasdiqlangan
Vashington kelishuvi faqatgina dengiz kuchlarini taqsimlash to’g’risida edi.
Kelishuv davlatlar o’rtasidagi kelishmovchiliklarga nuqta qo’ymadi.
Aksincha u davlatlar o’rtasidagi keyingi kelishmovchiliklarga sabab bo’ldi.
“To’qqiz davlat shartnomasi”ning vujudga kelishi va Xitoy.
AQSh
davlati Tinch okean va Uzoq Sharqda o’z pozitsiyalarini mustahkamlashga,
Angliya va Yaponiyaning harbiy-dengiz flotidagi vaqtincha ustunligini yo’qotish
va zo’r berib qurollanish uchun vaqtdan yutish maqsadida dengiz qurollarini
“cheklash”ga, Parij sulh konferensiyasining Uzoq Sharqqa doir qarorlarini qayta
161
ko’rib chiqishga, Parij konferensiyasidagi mag’lubiyat uchun qasos olishga
kirishdi.
1921- yil martda hokimiyat tepasiga kelgan prezident Garding boshchi-
ligidagi respublikachilar hukumati Parij konferensiya sining Uzoq Sharqqa doir
qarorlarini qayta ko’rib chiqishni o’zining asosiy vazifalaridan biri qilib qo’ydi.
AQSh Angliyaning dengizdagi hukmronligini yo’qotishga, Angliya-
Yaponiya ittifoqini tugatishga, Yaponiyaning Xitoyda kuchaygan pozitsiyasiga
putur yetkazishga hamda Xitoyda “ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar” prinsipiga
rioya qilish bahonasi bilan Xitoyning AQSh tomonidan asoratga solinishi uchun
sharoit yaratishga zo’r berib intildi.
AQSh o’zining iqtisodiy va moliyaviy quvvatiga tayanib, o’zidan boshqa
kapitalistik davlatlarning Uzoq Sharq rayonidagi ziddiyatlaridan foydalandi.
AQSHning tashabbusi bilan yangi xalqaro konferensiya – Vashington
konferensiyasi chaqirildi. Bu konferensiya 1921- yil 12- noyabrdan 1922- yil 6-
fevralgacha davom etdi. Konferensiyada 9 ta davlat: AQSh, Angliya, Fransiya,
Italiya, Belgiya, Gollandiya, Portugaliya, Yaponiya va Xitoy qatnashdi. Bu
konferensiyada ham AQSh asosiy rol o’ynadi.
Konferensiyaning asosiy hujjatlaridan biri – AQSh, Angliya, Fransiya va
Yaponiyaning 1921- yil 13- dekabrda qabul qilgan “To’rt davlat shartnomasi”dir.
Bu shartnomada mazkur davlatlarning Tinch okeandagi orollarining daxlsizligi
ko’rsatildi. Ular bu orollarga boshqa bironta davlat xavf solgan taqdirda o’zaro
maslahatlashish to’g’risida kelishib oldilar. Bu shartnomada 1902- yilda tuzilgan
Angliya-Yaponiya ittifoqi tugatildi, u o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblandi.
Natijada AQSh Angliyani Yaponiyadan ajratib, katta diplomatik yutuqqa erishdi.
Konferensiyaning asosiy yutuqlaridan yana biri – AQSh, Angliya,
Yaponiya, Fransiya va Italiyaning 1922- yil 6- fevralda qabul qilgan “dengiz
qurollarini cheklash to’g’risida shartnoma” degan “Besh davlat shartnomasi”dir.
Bu shartnomaga muvofiq, AQSh Angliya flotining o’z floti bilan teng darajada
bo’lishiga, Yaponiya flotining AQShnikidan ortiq bo’lmasligiga, Angliya bilan
162
Yaponiyaning o’zlarining Tinch okeandagi orollarida harbiy-dengiz bazalari
qurmaslik majburiyatini olishiga erishdi.
Konferensiyaning hujjatlaridan yana biri 1922- yil 6- fevralda qabul
qilingan Xitoyga nisbatan siyosat to’g’risidagi “To’qqiz davlat shartnomasi”dir.
Bu shartnomaga muvofiq, mazkur davlatlar Xitoyning suverenitetini, mustaqilligi
va territorial daxlsizligini tanish “majburiyati”ni oldilar. Ular Xitoyda “teng
imkoniyatlar” prinsipiga rioya qilib, Xitoyda alohida imtiyozlar va huquqlarga
erishish uchun urinmaslik va ta’sir doiralari vujudga keltirmaslik “majburiyati”ni
oldilar. Yaponiya Shandundan, Angliya Vey Xayveydan voz kechdi. Bu shartnoma
Xitoyda AQSh hukmron doiralarining “ochiq eshiklar” va “teng imkoniyatlar” deb
atalgan doktrinasini mustahkamladi. Amerika imperialistlarining Xitoyga suqilib
kirishlari uchun qo’shimcha imkoniyatlar vujudga keldi.
Vashington konferensiyasida qabul qilingan shartnomalar “Vashington
tizimi” deb ataldi. Vashington tizimi Versal tizimining davomi bo’ldi.
Versal-Vashington tizimi mamlakatlar o’rtasida mustahkam tinchlik
munosabatlari o’rnatmadi. Tinch okeanda kuchlar nisbatini tenglashtirish tartibi
mutlaqo beqaror edi.
Kapitalistik dunyoda Sovet Rossiyasiga nisbatan ikki xil tendensiya
vujudga kelgan edi: birinchi tendensiya Sovet Rossiyasi bilan iqtisodiy aloqa
o’rnatish tendensiyasi edi. Bu tendensiyadagi davlatlarning ko’pchiligi Sovet
rejimining aynib ketishiga va keyin uni taqsimlab olishga umid bog’lar edi. Bu
tendensiya vakillari (Angliyada Lloyd-Jorj, Fransiyada Errio, AQShda senatorlar
Bora, Uiler va Gudrich)lar edi. Ikkinchi tendensiya qulay imkoniyat topib, Sovet
Rossiyasiga qarshi yana qurolli intervensiya qilish tendensiyasi edi. Bu tendensiya
vaqti-vaqti bilan oshkora ko’rinib turdi. AQSh prezidenti Garding, davlat sekretari
Yuz, Angliyada Cherchill, Kerzon, Fransiyada Klemanso, Puankare, Germaniyada
Lyudendorf va boshqalar bu tendensiyani zo’r berib qo’llab-quvvatladilar.
Kapitalistik dunyoda birinchi tendensiya ikkinchi tendensiyaga nisbatan ustun
chiqdi.
163
Demak, shuni qayd etish mumkinki, Vashington konferensiyasi Xitoy
masalasiga katta ahamiyat berdi. Xitoy hududidagi sobiq nemis yerlarini
Yaponiyaga berilganligi sabab, Versal kelishuvini imzolashdan bosh tortdi.
Konferensiyada Xitoyga qarashli yerlarni qaytarish masalasi ko’rildi. Oxir-oqibat
Yaponiya ba’zi yerlarni (Sindao va Shandun) Xitoyga qaytarishga majbur bo’ldi.
1922- yil 6- fevralda Vashington konferensiyasi ishtirokchilari Xitoy
siyosati to’g’risida kelishuv imzolashdi. Besh davlat kelishuvida Xitoy
daxlsizligini va “Ochiq eshiklar” siyosatini saqlash aytildi.
Rasmiy ravishda Yaponiyaning Xitoyga nisbatan “21 talabi” bekor
qilinmadi. Yaponlar “hal qilingan masalalarga” qaytmaslikni talab qildi.
Buyuk davlatlar Xitoyni teng huquqliligini xohlashmasdi va uni
mustamlaka davlat sifatida qolishini istashardi. Biroq, bu davlatlar Xitoydagi xalq
ozodligi kurashini to’xtata olmadi. Vashington konferensiyasi Uzoq Sharqdagi
dunyo bo’linishiga nuqta qo’ydi. Bu ma’noda u Versalni to’ldirdi. Biroq, 1919-
yilda Fransiya va Angliya AQSh diplomatiyasini ilgarilab o’tishga muvaffaq
bo’ldi. Vashington konferensiyasida esa anchayin ustunlikka ega bo’ldi.
Vashington konferensiyasi buyuk Tinch okeani davlatlari SSSR va Xitoyni
zarariga qaratildi.
Birinchi jahon urushi tugab kelayotgan va Rossiyada Oktabr sotsialistik
revolutsiyasi g’alaba qozongan paytda ham Xitoy qoloq, yarim feodal va yarim
mustamlaka mamlakat edi. Qishloqda pomeshchik va quloqlar hukmronlik qilar,
iqtisodiy hayot, jumladan, savdo-sotiq chet el monopoliyalari nazorati va
qaramligida edi. Lekin shunga qaramay, Xitoyda milliy sanoat rivojlana boshlagan,
kapitalistik uklad shakllanayotgan edi. Milliy burjuaziya bilan chet el kapitali
o’rtasida ziddiyatlar kuchayib bordi, proletariat saflari o’sdi. To’qimachilik
sanoatidan tashqari mamlakatda yengil sanoatning boshqa tarmoqlari va oziq-ovqat
sanoati vujudga keldi, qazilma boyliklar qazib chiqarish ortdi. Milliy
burjuaziyaning iqtisodiy va siyosiy pozitsiyalari mustahkamlanib, uning ilg’or
vakillari orasida kapitalizm taraqqiyotiga g’ov bo’layotgan feodal munosabatlar va
chet el kapitali hukmronligiga qarshi kayfiyatlar o’sib bordi.
164
Oktyabr inqilobining g’alabasi tufayli Sharq mamlakatlari, jumladan,
Xitoyning xalqaro ahvoli tubdan o’zgardi. O’sha paytda imperialistik davlatlar
Xitoy ishlariga aralashishni kuchaytirib yuborgan edilar. Ayniqsa AQSh
imperializmi o’zining “ochiq eshiklar” va “teng imkoniyatlar” siyosati bilan
mamlakatning savdo-sotiq va moliya ishlariga hukmron bo’lib olishga intilar edi.
AQSh va Yaponiya Xitoyning antisovet siyosat yuritishiga erishish uchun sovet-
xitoy muzokaralari (1919- yil)ni buzish maqsadida Pekin hukumatining reaksion
doiralaridan foydalandilar. Yaponiya va AQSh imperializmi va mahalliy
reaksionerlarning ikki yoqlama zulmi hamda antisovet siyosati Xitoy xalq ommasi
keng tabaqalarini g’azablantirar edi.
1919- yil mayda boshlangan keng milliy-ozodlik harakati, avvalo, AQSh
yordamida harakat qilayotgan yapon imperializmiga qarshi qaratilgan edi. “4–5
may harakati” deb mashhur bo’lgan bu harakat Xitoy xalqi ozodlik kurashining
yangi davrini boshlab berdi. 1919- yil 4- mayda 5 ming pekinlik student Versal
konferensiyasi Germaniyaning Shandundagi konsessiya huquqlarini Yaponiyaga
berganligiga qarshi norozilik bildirdi. Studentlar va 71 ta demokratik ruhdagi
ziyolilarning “4–5- may harakati” “Xitoy-xitoyliklar uchun!” shiori ostida,
Yaponiyaning “21 talabi”ga bo’ysunmaslik ruhida ko’tarildi. Namoyishlar
politsiya va qo’shinlar tomonidan bostirildi. Hukumatning studentlardan bunday
o’ch olishi harakat ko’lamini yanada kengayishiga, butun mamlakatga yoyilishiga,
tashkiliy tus olishiga olib keldi.
1919- yil 25- iyulda Xitoy hukumatiga qarata qilgan murojaatida Sovet
hukumati o’zining Xitoy bilan do’stona aloqalar o’rnatishga tayyor ekanligini, u
bilan tuzilgan ilgarigi noteng huquqli shartnomalardan voz kechishini, Xitoyning
tengligi va suverenitetini hurmat qilishini tantanali suratda e’lon qilgan edi. Bu
murojaatni keng xitoy tabaqalari zo’r xursandchilik bilan kutib oldilar.
Oktabr rezolyusiyasi va uning bevosita ta’siri ostida 1921- yilda Xitoy
Kommunistik partiyasi tuzildi. Partiya keng xalq ommasi orasida ish olib borgan
marksistik to’garaklar negizida tashkil topgan edi. 1921- yil 1- iyulda Shanxayda
Xitoy Kompartiyasining II s’yezdi ochildi. S’yezd partiya Ustavini qabul qildi.
165
Rahbar organlarni sayladi, Xitoy Kommunistik partiyasining tashkil topishida V. I.
Lenin asos solgan Kommunistik Internatsional ham katta ta’sir ko’rsatdi.
Xitoy tarixining bu davri uchun 1921–1922- illarda bo’lib o’tgan,
talonchilik xarakteridagi Vashington konferensiyasi ham alohida o’rin tutadi.
Konferensiyadagi “9 davlat shartnomasi”da Xitoyning mustaqilligi, territorial
butunligi rasmiyat uchungina e’tirof etildi. AQShning “ochiq eshiklar” siyosati o’z
kuchini saqlab qoldi.
Xitoy Kompartiyasining II s’yezdi (1922- yil, may) partiyaning
Kominternga kirishi haqida qaror va partiyaning yaqin fursatdagi vazifalarini
belgilagan programm-manifest qabul qildi. Xitoy dehqonlar ommasining
uyg’onishi kompartiya faoliyati bilan chambarchas bog’langandir. Xitoy
Kompartiyasi mamlakatdagi progressiv kuchlarni yagona frontga birlashtirish
yo’lini tutdi, Gomindanga kirishga qaror qildi. Bunda partiyaning g’oyaviy,
tashkiliy mustaqilligini saqlash va mustahkamlash zarur edi.
SSSR bilan Xitoy o’rtasida normal diplomatik munosabatlarni o’rnatishda
Sovet-Xitoy muzokaralari katta rol o’ynadi. AQSh, Yaponiya, Fransiya
diplomatiyasi muzokaralarni buzishga bir necha bor urindi. Biroq, Xitoy
jamoatchiligi sovet-xitoy bitimi tuzishni qat’iy talab qilardi. 1924- yil 31- mayda
mamlakatning xalqaro aloqalari tarixida yangi davr ochgan sovet-xitoy bitimi
imzolandi. Xitoy tarixida birinchi marta ulug’ davlat bilan teng huquqlilik, o’zaro
manfaatdorlik va suverenitetni hurmat qilish asosida bitim tuzilgan edi.
Dostları ilə paylaş: |