Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni ustirish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo’yicha o’zaro aloqalar jarayonida marketing tizimi sub’ektlari xulq-atvorini ko’rsatish, sifat va sonlar jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish, tashqil etish, faoliyat ko’rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va sub’ektlarining funktsional, sabab-okibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitatsiya, regressiya, korrelyatsiya va h.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks yoki uning tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx xosil bo’lish modeli, reklama modeli va h.k.).
Marketing o’zaro aloqalari - 1) xizmat ko’rsatish tadbirkorligining tovar xayotiylik davrining har bir bosqichida barcha bozor sub’ektlari bilan aloqalarni rejalashtirish, tashqil etish va boshqarish jarayonida barcha faoliyat turlari va resurslarni qamrab olishga yunaltirilgan istikbolli konsepsiyasi. Mijoz bilan uzoq muddatli o’zaro munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi tomolar maqsadlarini qondirishga yunaltirilgan konsepsiya; 2) bajarish ma’suliyatini taqsimlash va kengaytirish tamoyillari bo’yicha marketingni tashqil etish usuli.
Marketing o’eratsiyalari tadqiqoti - 1) marketing qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish tizimida foydalaniluvchi usullar (matematik dasturlashtirish, uyinlar nazariyasi, qarorlar nazariyasi, tasvirlarni tanib olish nazariyasi va xokazo) yig’indisi; 2) “boshqa usullar yordamida bundan ham yomon javob beriladigan amaliy savollarga yomon javob berish san’ati” (T.A.Saati, o’eratsiyalar tadqiqoti sohasidagi amerikalik mutaxassis)
Marketing rejasi - belgilangan marketing maqsadlariga erishishda yordam berishi kutilayotgan chora-tadbirlarning ketma-ketlikda detalli ravishda ifodalanishi.
Marketing salohiyati (potentsiali) - 1) korxona salohiyatining ajralmas qismi; 2) tovar, narx kommunikatsiya va savdo siyosati, talabni o’rganish sohasida samarali marketing tadbirlarini rejalashtirish va o’tkazish hisobiga marketing tizimining korxonnaning doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iqtisodiy va ijtimoiy kon’yukturasini ta’minlash qobiliyatlari majmui.