Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing faoliyatining oralik va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga javob beruvchi nisbatan Ko’p turli (marketing jarayonining barcha bosqichlari bo’yicha) natija; 2) marketing faoliyatini amalga oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha xarajatlarga nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bog’liq xarajatlar kaytimi, natural yoki qiymat (narx) shaklida aks ettirilgan natija va samaraning marketing faoliyatini tashqil etish va amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha (moddiy-texnik mehnat va xokazo) resurslarga nisbati yordamida baholanadi.
Marketing xarajatlari - tovar va xizmatlarni shakllantirish va takror ishlab chiqarish bo’yicha marketing chora-tadbirlari va marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sarf va chikimlar yig’indisi. Marketing xarajatlarining asosiy tarkibiy qismlari: boshqaruv xarajatlari, marketing bo’limi xodimlari maoshi, amortizatsion ajratmalar, marketing bo’limining normal faoliyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan material va resurslar, tovar siyosati, narx siyosati, kommunikativ siyosat, savdo va distributiv siyosat uchun sarflanuvchi xarajatlar.
Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) samaradorlik ko’rsatkichi. Natural va qiymat shaklida ulchanadi.
Marketingda tarmoq yondaShuvi - marketing tizimi sub’ektlarining nafaqat ikkitomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki Ko’ptomonlama o’zaro aloqalari jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondaShuvi na sotuvchilar va na xaridorlar o’zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda erkin emas, Chunki resurslar o’zgarganda ularning bir-biriga karamligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almaShuvi bo’ziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmogi a’zolari o’rtasida resurslar ayirboshlash “karamlik” va “xoqimlik” manbai hisoblanadi. Marketing tarmogi uchta o’zaro bog’liq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondaShuvi resurslarning turli xilligi va ularni ierarxik nazorat qilishni talab qiladi.