Namangan davlat untversiteti



Yüklə 396,23 Kb.
səhifə72/77
tarix12.09.2023
ölçüsü396,23 Kb.
#142922
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Узбекистон республикаси олий ва урта-fayllar.org

Regional marketing - 1) regionda marketing faoliyatini tashqil etish; 2) regionning mahalliy, milliy va xalqaro investorlarga ko’rsatiluvchi xizmat va tovarlar marketingi; 3) regionning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni boshqarish tizimidagi marketing.

Reklama -1) g’oya, tovar va xizmatlarni ma’lum xomiy nomidan taqdim etish va taklif qilishning Shaxsiy bo’lmagan pulli shakli; 2) tovar va xizmatlar sifatini xaridorlarning talab va ehiyojlari tiliga ugirishga intiluvchi kommunikatsiya shakli.

Reklama auditoriyasi - muayyan axborot manbalari orqali elon qilingan reklama xabarlarini eshitishi, ko’rishi va ukishi mumkin bo’lgan barcha Shaxslar.

Reklama samaradorligi - reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi yoki vositachilari manfaatlari yo’lida iste’molchilarga ta’sir ko’rsatish darajasi. Reklama murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga ko’rsatuvchi ta’sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama xarajatlarini avvalgi faoliyat natijalari bo’yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning aniqligi yuqori emas, Chunki savdo natijalariga reklamadan tashqari boshqa Ko’plab omillar ham ta’sir ko’rsatadi.

Servis (xizmat ko’rsatish) - korxona marketing faoliyatining mashinalar, asbob-uskunalar va transport vositalarini sotish va eks’luatatsiya qilishni ta’minlovchi bo’limi, quyi tizimi.

Sifat - tovarning muayyan iste’molchilar ehiyojini qondirish qobiliyatini belgilab beruvchi, quyilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari majmui. Oldi-sotdi Shartnomalarida tomonlar sifat ko’rsatkichlari, uni tekshirish tartibi, tovar sifatining belgilangan talablarga mos kelishini tasdiklovchi xujjatlarni taqdim etish tartibi kelishib olinadi, zarur hollarda tovarni sifati bo’yicha qabul qilish va to’shirish Shartlari, Shuningdek tovar sifati yoki uni saqlash muddati bo’yicha kafolatlar belgilab quyiladi.

Strategik marketing - 1) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va ehiyojlarini muntazam, sistemali tahlil qilish, Shuningdek, kompaniyaga xaridorlarning tanlab olingan guruhlariga raqobatchilarga karaganda yaxshirok xizmat ko’rsatish va Shu tarika raqobatchilik ustunligiga ega bo’lish imkonini beruvchi tovar va xizmatlar konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy Shaxslar ehiyojlarini tahlil qilish; 3) firmaning maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va muvozanatlangan tovar portfeli to’zilmasini ta’minlash; 4) strategik majmua-miks hamda muntazam o’zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini hisobga olgan holda firmaning tovar, narx, kommunikatsiya, taqsimlash va sotish sohasidagi strategik siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish jarayoni.


Yüklə 396,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin